Glossariy agrar (lot agrarius) – sanoatga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy o‘rinda turishini ifodalovchi so‘z. Agregat


Download 471.98 Kb.
bet16/16
Sana08.01.2023
Hajmi471.98 Kb.
#1083921
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
GLOSSARIY

TIKUV MASHINASI – kiyim-kechak tikish, buyumlarni bezash (choklar hosil qilib naqsh tushirish), ularni qavish va b. maqsadlarda ishlatiladigan mashina.
TIKUVCHILIKkasb-hunar turi; kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak va b. buyumlarni tikish kasbi.
TO‘QIMACHILIK SANOATI – turli xildagi o‘simlik tolalari, jun va sun’iy sintetik tolalardan turli gazlamalar, ip va b. mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yengil sanoat tarmog‘i.
TO‘QUVCHILIK – tabiiy (paxta, jun, ipak, zig‘ir, kanop va h.k.) va sun’iy tolalardan gazlama va b. to‘qimachilik mahsulotlari olish jarayonlari majmui; hunarmandchilikning bir turi, kasb.
TRENINGmashq qilmoq, guruhlarda muloqotni samarali tashkil etish usuli bo‘lib, shaxsni muloqotga o‘rgatish va obro‘li bo‘lishini rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi.
TUSHUNCHA–narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlarini bitta so‘z yoki so‘zlar guruhi bilan ifodalashdan iborat tafakkurning mantiqiy shakli.
TUSHUNISH – biror narsaning ma’nosi va ahamiyatini anglash qobiliyati, asosiy erishilgan natijasi.
UMUMLASHTIRISH – voqelikdagi narsa va hodisalarni umumiy va muhim belgilariga qarab fikran birlashtirishdan iborat tafakkur jarayoni.
XALQ XO‘JALIGI – muayyan mamlakatning mehnat taqsimoti orqali o‘zaro bog‘langan ishlab chiqarish tarmoqlari majmui, butun mamlakat xo‘jaligi, iqtisodiyoti.
XARAKTER – kishidagi barqaror psixik xususiyatlarining individual birligi bo‘lib, shaxsning mehnatga, narsa va hodisalarga, o‘ziga va boshqa kishilarga munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
XOLERIK – temperamentturibo‘lib,xissiyotjo‘shqinligi,kayfiyatningtezda o‘zgarishi,hissiyotningmuvozanatsizligivaumumanharakatchanligibilanajralib turishi xosdir.
XO‘JALIK – kishilar tomonidan o‘z yashash sharoitlari va manbalarini yaratish, saqlash va yaxshilashda foydalaniladigan tabiiy va inson qo‘li bilan yaratilgan vositalar majmui.
XULOSA CHIQARISH – tafakkurning mantiqiy shakllaridan bo‘lib, birqancha hukmlar asosida ma’lum xulosa chiqariladi.
XUSUSIY SEKTOR – iqtisodiyotning xususiy mulkchilik va xo‘jalik yuritishning erkin bozor usullariga, iqtisodiy alohidalashuviga asoslangan sohasi.
XUSUSIYAT – biror narsa va hodisaning boshqa narsa va hodisadan farqini yoki ularning umumiyligini ko‘rsatib turuvchi xossalari, jihatlari va belgilari.
YO‘NALISH – shaxsning xatti-hara kati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’i nazar ma’lum yo‘lga yo‘naltiruvchi barqaror motivlar yig‘indisi.
Download 471.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling