Glossariy agrar (lot agrarius) – sanoatga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy o‘rinda turishini ifodalovchi so‘z. Agregat
Download 471.98 Kb.
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- MEHNAT SUBYEKTI (EGASI)
- MEHNAT TAQSIMOTI
- METALLURGIYA
- METODOLOGIYA
MEHNAT PREDMETI – kishi mehnati sarflanadigan obyekt.
MEHNAT QOBILIYATI – xodimning soglig‘idagi holatidan kelib chiqadigan mehnat faoliyatiga bo‘lgan qobiliyati. MEHNAT QUROLLARI – odamlar moddiy boyliklar yaratishda, mehnat predmetlariga, ob’ektlariga ta’sir ko‘rsatishda qo‘llaydigan asbob-uskunalar. MEHNAT RESURSLARI – mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri. MEHNAT SUBYEKTI (EGASI) – bu faol harakat qiluvchi, anglash va o‘zgartirishga layoqatli, ong va iroda bilan ish olib boruvchi individ yoki ij timoiy guruh. MEHNAT TARBIYASI – tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri bo‘lgan pedagogik jarayon. MEHNAT TAQSIMOTI – mehnat turlarining bir-biridan ajralib mustaqil ahamiyat kasb etishi; mehnat turlarining ixtisoslashuvi. MEHNAT VOSITALARI – ishlab chiqarishda mehnat predmetiga ta’sir ko‘rsatishda inson foydalanadigan vositalar. MELANXOLIK – temperament turlaridan biri bo‘lib, psixik faollikning sust, tez ta’sirlanuvchanlik, hatto arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta’sirotga berilishi bilan xarakterlanadi. METALLURGIYA (yun. metallurgeo – yerdan qazib chiqaraman) – rudalardan yoki tarkibida metall bo‘lgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar “berish” haqidagi fan; sanoat tarmog‘i. METOD (yunoncha “metodos” – bilish yoki tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot) – voqelikni amaliy va nazariy egallash, o‘zlashtirish, o‘rganish, bilish uchun yo‘l-yo‘riqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli. METODOLOGIYA – tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi ta’limot. MEXANIZM (yunoncha mechane – qurol, inshoot) – bir yoki bir necha jismning harakatini boshqa jismlarning ma’lum harakatiga aylantirib beradigan qurilma. Ko‘pchilik mashinalarning asosini tashkil etadi,ko‘pgina asboblar, apparatlar va texnika qurilmalarida qo‘llaniladi.Vazifasiga qarab, mexanizmlar harakatni uzatuvchi; ijrochi (ishbajaruvchi); boshqaruvchi, nazorat qiluvchi va rostlovchi; ta’minlovchi, saralovchi, tashuvchi; mahsulotlarni hisoblovchi, tortuvchi va joylashuvchi mexanizmlar bo‘ladi. MOTIV (lotincha moveo – harakatlantiraman) – nson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi omil, vaj. Motiv shaxsni harakatga vafaoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo bo‘luvchi ichkiturtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va b. Motivlar jumlasiga kiradi. Download 471.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling