Glossariy [СПиТ


Aholi punktlariaro hududlar


Download 111.5 Kb.
bet2/14
Sana23.12.2022
Hajmi111.5 Kb.
#1048488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Yer resurslarini boshqarish glossariy

Aholi punktlariaro hududlar - aholi punktlari chegarasidan tashqaridagi ikki va undan ortiq aholi punkti o’rtasidagi hududlar;
Aholini joylashtirish tizimi - mavjud aholi punktlarini rivojlantirish hamda yangi aholi punktlarini barpo etish yo’li bilan aholini tegishli hududga tartibga solib boriladigan tarzda joylashtirishning Shaharsozlik xujjatlari bilan belgilanadigan asosiy yo’nalishlari;
Almashlab ekish – ekinlarni vaqt (yillar bo’yicha) va bo’shliqda (dalalarda) ma’lum muddatda amalga oshiriladigan ilmiy asoslangan navbat-navbat ekilishi tushiniladi.
Alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlar - ilmiy va o’quv poligonlari, geologik qo’riqxonalar, tabiat yodgorliklari, g’orlar hamda ilmiy, tarixiy, madaniy, estetik va o’zga ahamiyatga molik boshqa yer osti bo’shliqlari;
Ansambllar tarixan tarkib topgan hududda aniq ko’zga tashlanadigan istehkom, din, saroy, turar joyga oid, ijtimoiy, ma’muriy, savdo, ishlab chiqarish, ilmiy, ma’rifiy va boshqa ahamiyatga molik alohida turgan yoki birikkan yodgorliklar, binolar va inshootlar guruhlari hamda ular bilan bog’liq bo’lgan, tabiat manzarasi bilan umumiyligi yoki aloqadorligi tarixiy, arxeologik, me’moriy, estetik yoki ijtimoiy-madaniy qimmatga ega bo’lgan rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak san’ati, me’morchilik asarlari bilan birgalikda, shuningdek manzilgohlar tarixiy tarhlarining hamda uy-imoratlarning qoldiqlari, landshaft arxitekturasi va bog’-rog’ san’ati asarlari (bog’lar, istirohat bog’lari, xiyobonlar, sayilgohlar);
Antropogen tuz to’planishi - sho’r yerlarni me’yoridan ortiqcha sug’orish, tarmoqlaridan filtrlanayotgan suv hisobiga minerallashgan sizot suvining ko’tarilishidan hamda sho’r suv bilan ekinlarni sug’orish oqibatida to’planayotgan tuzlar.
Bino - funktsional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki bo’lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo’ljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, to’sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruktsiyalardan iborat qurilish tizimi;
Davlat mulki – aososiy mulk shakillaridan biri. Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan iqtisodiyotni demokratiyalashtirish, davlat monopoliyasini tugatishni taqozo qiladi. Davlat mulkining xukmronlik doirasi keskin qisqaradi. Davlat mulki asosan jamoa mulkiga va xususiy mulkka aylantiriladi.

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling