Glossariy [СПиТ


Meliorativ obyektlarni mukammal ta’mirlash


Download 111.5 Kb.
bet8/14
Sana23.12.2022
Hajmi111.5 Kb.
#1048488
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Yer resurslarini boshqarish glossariy

Meliorativ obyektlarni mukammal ta’mirlash - jarayon davomida obyekt yoki uning ayrim elementlarini to’liq yoki qisman tiklash, inshootlarning eskirgan konstruktsiyalari va asbob-uskunalarini almashtirish yoki ularni mustahkamroq va tejamlilari bilan yangilashga doir ishlar. Bunda foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari, ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar qiymati ta’mirlash-tiklash ishlari jami qiymatining 20 foizidan ortiqni tashkil qiladi;
Meliorativ obyektlarni rekonstruktsiya qilish va qurish - meliorativ obyektlarni to’liq yoki qisman qayta qurish va qurish. Obyekt rekonstruktsiya qilingandan keyin uning dastlabki loyiha parametrlari va inshootlar tarkibi yangi loyihaga muvofiq qisman yoki to’liq o’zgarishi mumkin;
Meliorativ obyektlarni ta’mirlash va tiklash - meliorativ obyektlarning loyihaviy parametrlarini ta’minlashga, shu jumladan, kollektor o’zanlarini cho’kindilar, o’tlar va butalardan tozalashga, ulardagi inshootlarni va yon qiyaliklaridagi ayrim yemirilishlarni ta’mirlashga, yopiq gorizontal drenajni ta’mirlash, yuvishga hamda asbob-uskunalar, inshootlar va boshqa meliorativ obyektlarni ta’mirlash hamda ularning tez eskiradigan ayrim qismlari va uzellarini almashtirishga mo’ljallangan ishlar;
Melioratsiya – lotincha so’zdan olingan bo’lib, “yaxshilash” degan ma’noni anglatadi. Uning asosiy maqsadi tuproqni noqulay sharoitlarini (suv, havo, ozuqa, issiqlik) tubdan yaxshilash, uning unmdorligini doimo oshirib, qishloq xo’jalik ekinlaridan mo’l, sifatli va arzon mahsulot yetishtirishdir.
Mineral xom ashyo - qazib chiqarilgan va birlamchi ishlov berishdan o’tkazilgan foydali qazilmalar;
Minorat – mol-mulkni oiladagi eng kichik farzandga meros qoldirish tizimi. U asosan o’rta asrlarda dexqon oilalarida qo’llanilgan.
Mintaqa – mamlakatning boshqalardan ko’pincha aholi milliy tarkibning o’ziga xos jihatlari bilan qo’shiladigan, tabiiy yoki tarixiy yuzga kelgan iqtisodiy – geografik va boshqa xususiyatlari majmui bilan ajralib turadigan viloyati, tumani, bir qismi.

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling