Qurishni tartibga solish chiziqlari - binolar va inshootlarni joylashtirishda Shaharsozlik xujjatlarida qizil chiziqlardan yoki yer uchastkasi chegaralaridan ma’lum oraliq joy tashlagan xolda belgilab qo’yiladigan qurish chegaralari;
Sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari - tarkibida erigan holatdagi foydali qazilmalar bo’lgan yer osti suvlari va yer osti tuz eritmalari;
Servitut – o’zgani yer uchastksidan cheklangan tarzda foydalanish xuquqi. Servitut quyidagi maqsakdlarda qo’llanishi mumkin: o’zgani yer uchastkasidan piyoda yoki transportda o’tish, drenaj ishlari o’tkazish, elektr uzatish, aloqa liniyalari, turbaprovdlar o’tkazish, ekinzor va mollarni sug’orish uchun suv olish, mollarini xaydab o’tish va tabiatni muxofaza qilishga taluqli ishlarda.
Shahar va posyolka chizig’i - aholi punkti yerlarining ularni yer fondining boshqa toifalaridan ajratib turadigan, Shaharsozlik xujjatlarida belgilab qo’yilgan tashqi chegarasi;
Shaharsozlik - aholi punktlarini, aholi punktlariaro hududlarni rejalashtirish hamda qurishning ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish-texnika, arxitektura-badiiy va sanitariya-gigienaga oid yechimlarining yig’indisini ta’minlovchi nazariyasi va amaliyoti;
Shaharsozlik faoliyati - davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni Shaharsozlik jixatidan rejalashtirish, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, binokorlik materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarning fuqarolar manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlari, shuningdek mazkur hududlar hamda aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlari inobatga olingan xolda loyixalashtirilishi, qurilishi va rekonstruktsiyasi soxasidagi faoliyati;
Shaharsozlik reglamenti - Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda aholi punktlari va aholi punktlariaro hududlarning yer uchastkalari va o’zga ko’chmas mulk obyektlaridan foydalanishning aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalari bilan belgilangan ko’rsatkichlari va turlari yig’indisi;
Do'stlaringiz bilan baham: |