Glossariy [СПиТ


Yer qa’rini geologik jihatdan o’rganish


Download 111.5 Kb.
bet13/14
Sana23.12.2022
Hajmi111.5 Kb.
#1048488
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Yer resurslarini boshqarish glossariy

Yer qa’rini geologik jihatdan o’rganish - O’zbekiston Respublikasi hududini mintaqaviy geologik jihatdan o’rganishni, foydali qazilma konlarini aniqlash, chamalash va qidirishni, ulardagi zaxiralarning miqdori va sifatini, ularning texnologik xossalarini va iqtisodiy ahamiyatini, shuningdek yer qa’rining boshqa xossalarini belgilashni o’z ichiga oladigan, yer qobig’i geologik tuzilishining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashga doir maxsus tadqiqot ishlari majmui;
Yer rentasi – bevosita qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan qo’shimcha mahsulotning yer egalari tomonidan o’zlao’tiriladigan qismi. Yer rentasi yerga bo’lgan mulkchilik munosabatlarining paydo bo’lishi bilan kelib chiqadi.
yer uchastkalarini o’zboshimchalik bilan egallash – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratib berilmagan yer uchastkalarini egallash;
yerdan foydalanuvchi – qonun xujjatlarda belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkalarining foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari.
yerga oid huquqbuzarlik – yer huquqi normalariga qarama-qarshi bo’lgan aybli hatti-harakat yoki harakatsizlik.
yerlardan belgilangandan boshqa maqsadda foydalanish – muayyan maqsadda ajratilgan yer uchastkasidan boshqa maqsadda foydalanish;
yerlardan xo’jasizlarcha foydalanish – berilgan yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni muhofaza qilish bo’yicha zarur bo’lgan tadbirlarni amalga oshirmasdan xo’jalik faoliyatini yuritish natijasida mazkur yer maydonlarida tuproqning buzilishi yoki yo’q bo’lib ketishiga olib keladigan suv va shamol eroziyasidan, shuningdek tuproq qatlami unumdorligining pasayishi va (yoki) muomaladan chiqishi oqibatida yerlardan belgilangan maqsadi bo’yicha foydalanish yoki samarali foydalanish imkoni bo’lmaydigan holatga keladigan usullarda foydalanish buzilgan yerlarni rekulьtivatsiya qilmaslik.
yerning bahosi – yer egasi yerdan oladigan daromadni boshqa yo’l bilan topishi uchun zarur bo’lgan pul miqdori. Yerning qiymati bo’lmasa ham bahosi bor va bu baho o’z xususiyatiga ega.

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling