Glossariy [СПиТ


Download 111.5 Kb.
bet12/14
Sana23.12.2022
Hajmi111.5 Kb.
#1048488
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Yer resurslarini boshqarish glossariy

Tomchilatib sug’orish – ekinlarga suv berishning eng ilg’or usullaridan biri bo’lib, bunda suv o’simliklarga to’g’ridan to’g’ri maxsus jixozlar va qurilmalar yordamida tomchi tarzida yetkaziladi.
tumanlararo - ikki va undan ortiq tumanlarni kesib o’tuvchi kollektorlar;
Tumanlararo kollektor - bir viloyat chegarasida bittadan ortiq tuman hududini kesib o’tadigan ochiq kollektor;
Tuproq bonitirovkasi – suv va shamol ta’sirida tuproq qatlamini yemirilishi. Eroziya 3 turga bo’linadi: suv, shamol, va irrigatsiya eroziyasi.
Unumdorlik - ma’lum bir vaqt mobaynida (soat, chorak, yil, mavsum) bajarilgan ish hajmi.
Uyni rekonstruktsiya qilish — me’morchilik-rejalashtirish yechimlarini o’zgartirish, uyning ustiga, yoniga qo’shimcha qurish, eskirgan va ma’naviy eskirgan konstruktsiyalar va muhandislik inshootlarini, shu jumladan tashqi tarmoqlarni (magistralь tarmoqdan tashqari) qismlarga ajratgan, almashtirgan holda o’zgartirish.
Uyning turar joy maydoni — kishilar yashaydigan xonalarning ichki gabaritlari bo’yicha maydonning jami;
Uyning umumiy maydoni — odamlar yashaydigan barcha xonalar, uyning yordamchi-xo’jalik imoratlari (oshxona, vannaxona, yo’lak va boshqalar) maydoni jami;
Vertikal drenaj qudug’i - yer osti bosimli va sizot suvlarni chiqarishga xizmat qiladigan, suv qabul qilgich, elektr nasos, quvurlar, shuningdek boshqarish stantsiyasi bilan jihozlangan hamda xizmat ko’rsatilayotgan maydonning meliorativ holatini yaxshilash uchun barpo etiladigan quduqdan iborat bo’lgan inshoot;
xo’jaliklararo - bir ma’muriy tuman chegarasidagi xo’jaliklar hududiga xizmat ko’rsatuvchi, suv xo’jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari va suvdan foydalanuvchilar uyushmalarining kollektorlari.
Yakka tartibdagi uy-joy — bir yer uchastkasida joylashgan, doimiy yashash, dam olish va shaxsiy xo’jalikni yuritishga mo’ljallangan yordamchi-xo’jalik imoratlari va hovlidagi inshootlar tegishli bo’lgan bir yoki bir necha turar joy imorati (keyingi o’rinlarda «uy-joy» deb yuritiladi);
Yer monitoringi – yer tarkibidagi o’zgarishlarnio’z vaqtida aniqlash, yerga baho berish, salbiy jarayonlarni oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondini holatini kuzatib borish tizimidan iborat.
Yer qa’ri - yer qobig’ining tuproq qatlamidan quyida joylashgan, tuproq qatlami bo’lmaganda esa yer yuzasidan yoki suv obyektlari tubidan quyida joylashgan, geologik jihatdan o’rganish va o’zlashtirish mumkin bo’lgan chuqurlikkacha yaslangan qismi;

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling