Glossariy [СПиТ


Magistral (viloyatlararo) kollektor


Download 111.5 Kb.
bet7/14
Sana23.12.2022
Hajmi111.5 Kb.
#1048488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Yer resurslarini boshqarish glossariy

Magistral (viloyatlararo) kollektor - bir viloyatdan ortiq hududni kesib o’tadigan ochiq kollektor;
magistral (viloyatlararo) kollektorlar - ikki va undan ortiq viloyatlar chegaralarini kesib o’tadigan, shu jumladan transchegara ahamiyatiga molik katta traktlar;
maxsus vakolatli davlat organlari - yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilinishi ustidan davlat nazoratini hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarliklar yuzasidan ish yuritish va tegishli jazo choralarini qo’llash vakolatiga ega bo’lgan davlat organlari, jumaladan:
maxsus vakolatli davlat organning rahbari – maxsus vakolatli davlat organlarining va uning hududiy bo’linmalarining rahbarlari.
Meliorativ kadastr - sug’oriladigan yerlarning meliorativ holati va meliorativ tizimlarning texnik holatini tavsiflovchi asosiy miqdoriy ko’rsatkichlarning tizimlashtirilgan ma’lumotlari to’plami;
Meliorativ nasos stantsiyasi (agregat) - drenaj-tashlama suvlarni olish va chiqarib tashlash joyiga ko’tarish yo’li bilan kollektorning loyihadagi suv o’tkazish qobiliyatini ta’minlaydigan mashinali suv ko’tarish gidrotexnik inshootlar majmui;
Meliorativ obyektlar - kollektor-drenaj va yuza tashlama suvlarni to’plash hamda ularni sug’oriladigan yerlardan tashqariga chiqarib tashlashga ko’maklashadigan, kollektorlar va kollektor-drenaj tarmog’ini (inshootlar bilan birga), vertikal drenaj quduqlarini, meliorativ nasos stantsiyalari va kuzatuv tarmog’ini o’z ichiga oladigan suv xo’jaligi obyektlari;
Meliorativ obyektlarda avariya-tiklash va ta’mirlash - avariya natijasida kelib chiqqan barcha shikastlanishlarni shoshilinch tartibda bartaraf etish ishlari;
Meliorativ obyektlarni joriy ta’mirlash - meliorativ obyektlarni ish holatida saqlashga mo’ljallangan, muntazam ravishda amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari. Bunda foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari (temir-beton, metall konstruktsiya, tsement, metall va hokazolar), ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar qiymati ta’mirlash-tiklash ishlari jami qiymatining 20 foizidan ortiq bo’lmasligi kerak;

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling