Glossariy [СПиТ


Download 111.5 Kb.
bet3/14
Sana23.12.2022
Hajmi111.5 Kb.
#1048488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Yer resurslarini boshqarish glossariy

Davlat suv kadastri - suvning miqdor va sifat ko’rsatkichlarini hisobga olish, suvlan foydalanishni qayd qilish va hisobga olish ma’lumotlarini o’z ichiga oladi.
Davlat tasarufidan chiqarish va xususiylashtirish shakillari – 1) davlat korxonasi aktsionerlik jamiyati, boshqa xo’jalik jamoasi yoki shirkatga aylantirish.
Davlat tomonidan ro’yxatga olish – davlatning xokimiyat idoralari tomonidan davlat, koperativ korxonalari, jamoat tashkilotlari korxonalarini va xususiy korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish. Maqsad- korxonalarning barpo etilishi, qayta tuzilishi va tugutilishining qonuniyligini nazorat qilishdir.
Davlat yer kadastri – yerlarni tabiiy, xo’jalik va xuquqiy rejimi, ularni tiofalari, sifat ko’rsatkichlari va bahosi, yer uchastkalarini joylashgan manzili va o’lchamlari, ularni yer egalari, yerdan foydalanuvchilarga ijarachilarga xamda mulkdorlarga taqsimlash to’g’risidagi zarur, ishonchli ma’lumotlar va xujjatlar to’plamidan iborat.
Diqqatga sazovor joylar inson va tabiat ijodining umumiy mahsuli, shuningdek tarixiy, arxeologik, shaharsozlik, estetik, etnologik yoki antropologik qimmatga ega bo’lgan hududlar, shu jumladan xalq hunarmandchiligi maskanlari, tarixiy manzilgohlarning yoki shaharlarning tarhlari va uy-imoratlari joylashgan markazlar, tarixiy (shu jumladan harbiy) voqealar, yodgorliklar, buyuk tarixiy shaxslarning hayoti bilan bog’liq xotira joylari, tabiiy landshaftlar, shuningdek ko’hna shaharlar, shahristonlar, manzilgohlar, qarorgohlarning madaniy qatlamlari, imoratlarning qoldiqlari, marosimlar bajo etiladigan joylar.
Drenaj (ochiq va yopiq) - drenaj suvlarini to’plash va ularni sug’oriladigan yer uchastkasidan tashqariga chiqarib tashlashga ko’maklashadigan suv xo’jaligi obyekti;
Eng yirik aholi punkti - aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan iborat;
Favqulodda vaziyat - muayyan hududdagi avariyaga olib kelishi mumkin bo’lgan, shuningdek gidrotexnika inshootining avariyasi natijasida vujudga kelgan bo’lib, odamlar qurbon bo’lishiga, odamlar sog’lig’iga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishiga, jiddiy moddiy talafotlarga va odamlarning xaet faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan vaziyat;

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling