Glossariy [СПиТ


Download 111.5 Kb.
bet5/14
Sana23.12.2022
Hajmi111.5 Kb.
#1048488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Yer resurslarini boshqarish glossariy

Gidrotexnika inshootlari - to’g’onlar (plotinalar), gidroelektr stantsiyalar binolari, suv tashlash, suv bo’shatish, suv o’tkazish va suv chiqarish inshootlari, tunnellar, kanallar, nasos stantsiya-lari, suv omborlari qirg’oqlarini, daryolar va kanallar o’zanlarining qirg’oqlari va tubini toshqin hamda yemirilishlardan muhofaza qilish uchun mo’ljallangan inshootlar, sanoat va qishloq xo’jaligi tashkilotlarining suyuq chiqindilar saqlanadigan joylarini o’rab turuvchi inshootlar (ko’tarmalar);
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi - gidrotexnika inshootlarining odamlar hayoti, sog’lig’i va qonuniy manfaatlarini, atrof tabiiy muhit va xo’jalik obyektlarini muhofaza qilishni ta’minlash imkonini beruvchi holati;
Ho’jaliklararo kollektor-drenaj tarmog’i - bir tuman hududida joylashgan ochiq va yopiq kollektorlar va drenaj tarmog’i;
Hovlidagi inshootlar — to’siq, darvoza, eshik, quduq, favvora va odamlarning yashashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanishga mo’ljallanmagan boshqa yassi yoki liniyali inshootlar;
Hududni rejalashtirish tarxi - hududning zonalashtirilishini, aholini joylashtirish tizimlari takomillashtirilishining, tegishli hududning aholi punktlarini, sanoati, qishloq xo’jaligini, mintaqalararo, mintaqaviy hamda aholi punktlariaro axamiyatga molik muxandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilaydigan Shaharsozlik xujjatlari;
Hududni rivojlantirishning tarmoq tarxi - tegishli hududda muxandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilaydigan Shaharsozlik xujjatlari.
Ijara – mol-mulkni yollash bo’yicha shartnoma. Unga ko’ra, bir tomon (ijaraga beruvchi) ikkinchi tomonga (ijarachi) ma’lum to’lov evaziga mol-mulkini vaqtincha foydalanish uchun beradi.
Ijtimoiy trast – bir nechta mulkdorlar egalik qiluvchi ishonch asosida boshqariladigan mulk.
Inshoot - har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo’lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o’tishga mo’ljallangan, tayanch, to’sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruktsiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
Ipoteka – 1) qarzga pul olish maqsadida mulk, yer va qurilish binolarini garovga qo’yish. Bunda garovga qo’yilgan mulk qarz oluvchining tasarrufida qoladi. 2) ssuda olish maqasdida ko’chmas mulkni (er, imorat) garovga qo’yish.

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling