Glossariy [СПиТ


Download 111.5 Kb.
bet11/14
Sana23.12.2022
Hajmi111.5 Kb.
#1048488
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Yer resurslarini boshqarish glossariy

Shaharsozlik xujjatlari - hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni Shaharsozlik jixatidan rejalashtirish to’g’risidagi hamda ularni qurish xaqidagi, belgilangan tartibda tasdiqlangan xujjatlar;
SHaxsiy mulk – fuqarolarning shaxsiy ehtiyojini qondirishga xizmat qiluvchi mulk. SHaxsiy mulk sub’ekti – ayrim fuqarolar, uning obyekti esa is’temol buyumlari, turar joy va boshqalar, umuman, shaxsiy extiyojni qondirishga xizmat qiladigan vositadir.
Soliq solish - yuridik shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi.
Suv monitoringi – suv monitoringi, jumladan, yer osti suvlari monitoringi – o’zgarishlarni o’z vaqtida aniqlash, ularga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va ularga barham berish uchun suv holati ustidan olib boriladigan kuzatuv tizimidan iboratdir.
Tajriba-sanoat yo’sinida kavlab olish - yer qa’rini geologik jihatdan o’rganish jarayonida foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish yoki takomillashtirish, foydali qazilma konlarini sanoat yo’sinida ishlatishning, shuningdek texnogen mineral hosilalardan foydalanishning oqilona usullari va uslublarini tanlash maqsadida foydali qazilmalarni kavlab olish;
Tekshirish - xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qonunlar hamda o’z faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi;
Tekshirishlarni qayd etish daftari" - o’tkazilgan tekshirishlar to’g’risidagi axborot yozib qo’yiladigan maxsus daftar"; (O’zR 15.12.2000 y. 175-II-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
Texnogen mineral hosilalar - konchilik va qayta ishlash sohasidagi ishlab chiqarishlarning foydalanish uchun yaroqli foydali komponentlar bo’lgan chiqindilari;
Tizimli loyiha - loyihalashtirilayotgan obyektning xizmat ko’rsatish zonasida joylashgan kollektor-drenaj tarmoqlari, ulardagi inshootlar va boshqa meliorativ obyektlarni meliorativ tizimlar bo’yicha rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va tiklash ishlarini o’z ichiga oladigan meliorativ obyektlarni rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va tiklash loyihasi.

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling