Go’sht va go’sht mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja


Download 169.3 Kb.
bet6/8
Sana18.12.2022
Hajmi169.3 Kb.
#1031663
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
. GO’SHT VA GO’SHT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI.

Parrandalar turi

100 go’shtning eneriya berish darajasi




kkal

kdj

Tovuq go’shti

161-205

674,6-839,9

Jo’ja go’shti

140-185

586,6-775,1

Indyuk go’shti

175-250

733,2-1047,5

O’rdak go’shti

276-540

1156,4-2262,6

oz go’shti

266-368

1114,5-1546,1




Uy parrandalarini so’yish. Uy parrandalarini so’yishdan 12-18 soat oldin ulariga don berish to’xtatiladi, lekin suv berib turiladi. Don bermasdan parrandalarni ma’lum vaqt davomida



Rasm-3 Go'sht maydalagich Axion M 32.04

saqlab turishdan asosiy maqsad parrandani so’yish va qayta ishlash jarayonida sanitariya-iiena sharoitini yaxshilashdan iboratdir.

Parrandalarni so’yishdan oldin ularni veterinariya-sanitariya ko’rigidan o’tkaziladi. Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan va kasalliklariga chalinganlikda umon qilingan parrandalar solomlaridan ajratilib, alohida so’yiladi, keyin esa ichak-chovoi to’liq olinib ichki origanlari obdon tekshiriladi.


So’yish paytida parranda harakatlanmaydigan bo’lishi kerak. Bu esa ishlovchining ishini enillashtiradi va ishlab chiqarish jarayonining sanitariya holatining yaxshilanishini ta’minlaydi. Buning uchun hoziri zamon korxonalarida so’yiladigan parranda har xil kuchlanish chastotadagi elektr toki yordamida xushsizlantiriladi. Xushsizlantirish uchun har xil apparatlardan foydalaniladi. Xushsizlantirilgandan keyini jarayonlar parrandaning oyogidan boshini pastga qilib osilgan holatda konveyer liniyalarida olib boriladi.


So’yganda tananing butunlay qonsizlanishiga erishish kerak. Solom parrandalar kasallariga qaraganda yaxshi qonsizlanadi. Tanani butunlay qonsizlantirish go’shtning saqlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Tananing yaxshi qonsizlantirilmaganligi go’shtning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Yaxshi qonsizlanmagan tanada go’sht o’ta namli bo’lib, tishni qamashtiruvchi ta’m paydo qiladi. Go’shtning kesilgan joyidan bakteriyalar qonda tez rivojlanib, qon orqali tananing hamma qismlariga tarqaladi. Natijada bunday go’shtlarda bir necha soat davomida chirish jarayonlari boshlanishi mumkin.


Parrandani qonsizlantirishning ichki va tashqi usullari mavjud. Ichki usulida parrandaning oiz bo’shligi orqali vena qon tomirlari kesiladi. Tashqi usulda esa bo’ynidagiarteriya qon tomiri kesiladi.


Parranda tanasiga ishlov berishning so’ni jarayonlari esa tanadan patini ajratish tarzida ro’y beradi. Bunda tana terisining jarohatlanmasligiga erishish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Terisi jarohatlanmagan tananing tovarlik ko’rinishi yuqori va bunday go’shtlar uzoqroq muddat saqlanadi, tanasida jarohatlari mavjud bo’lgan parranda go’shtlari past kateoriyaga o’tkaziladi.


Parranda tanasini patidan tozalash quruq va ho’l usullar yordamida olib boriladi. Dastlab qanoti va dumidagi katta patlari qo’l kuchi yoki maxsus mashinalar yordamida tozalanadi. So’ngra jo’ja, tovuq, indyuk tanalari 53-550 S, o’rdak va oz tanalari esa 68-700 S haroratdagi issiq suva 30 soniya davomida botirib qo’yiladi. Tanaa bunday ishlov berish patining tanadan yaxshiroq ajralishini ta’minlaydi.


So’ngra esa tana qolgan patlardan mashinada, keyin esa qo’l kuchi yordamida tozalanib, mayda patlaridan ham tozalash uchun azli pechkalarda ishlov berishga jo’natiladi. Ayniqsa bunday ishlov berilgan parrandalar tanasi ichak-chovoqlardan tozalanib veterinariya ekspertizasidan o’tkaziladi va yuvilib tozalanadi. Keyin esa hamma parranda tanasining oiz bo’shligiga qooz tiqinlar tiqilib, parrandaning boshi va bo’yin qismi qooz bilan o’raladi. Shuningdek, qorin bo’shligiga ham qooz tiqini qo’yiladi. So’ngra tananing yaxshi o’rab joylashishini ta’minlash uchun unga shakl beriladi. Ichak chovogidan to’liq tozalanganda iste’mola yaroqli ichki origanlari polimer materiallardan tayyorlangan maxsus paketga joylanadi. Parranda tanasi esa massasi, semizligi, sifati va texnologik ishlov berilganlik darajasi bo’yicha guruhlariga saralanadi.


4. Uy parrandasi go’shtining guruhlanishi va sifatiga talablar.





Download 169.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling