Yovvoyi parrandalar go’shti
Yovvoyi parrandalar asosan miltiq bilan otib yoki tuzoq qo’yib ovlanadi.
Yashash joylariga qarab ular o’rmon parrandalari (qur, karqur, bulduruq, oq kaklik, qirovul, qizil kaklik va hokazo), cho’l parrandalari (bedana, tuvaloq, chil kaklik), to parrandalari (to kurka,to kaklik), botqoqlik parrandalari (loyxo’rak, baliqchi, dupel-loyxo’rai, yakantovuq) va suv parrandalariga (oz, o’rdak) bo’linadi.
Bularning eng ahamiyatlisi o’rmon yovvoyi parrandalaridir. Bu go’shtlarning uy parrandasi go’shtidan farqi shundaki, uning tarkibidagi oqsillar ko’proq (23-25 %) va yo kamroq (1-3 %) bo’ladi. Go’shtning rangi oqroq, konsistenstiyasi zich, ta’mi va xushbo’yligi o’ziga xos bo’ladi. Yovvoyi parrandalar go’shtida ular qaysi ozuqalar bilan oziqlansa o’sha ozuqa hidi va ta’mi sezilib turadi. Suvda yuruvchi parrandalar go’shtida esa ko’pchilik hollarda baliq ta’mi bo’ladi.
Yovvoyi parrandalar go’shtlari ko’pincha ikkinchi ovqat tayyorlashda foydalaniladi, chunki bu go’shtlardan tayyorlangan sho’rva ta’msiz yoki bir oz achchiq ta’mli bo’ladi.
Sifati bo’yicha yovvoyi parranda go’shtlari 1-chi va 2-chi navlariga bo’linadi.
Birinchi va ikkinchi navli yovvoyi parrandalar tanasi toza, ezilmagan, patlari ham toza va mustahkam bo’lishi kerak. Tumshugi rangi ketib bo’zarigan, moor bosgan, ko’zlari ichiga tortib
ketgan, terisi ko’karigan, begona hid paydo qilib qolgan yovvoyi parrandalar sotuva ruxsat etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |