Bir oz yumshatilgan bifshteks sonning yuqori yoki ichki qismidan kesilib ikki yoqlama yuzaki paychoqlari chopiladi yoki yumshatuvchi mashinadan о‘tkaziladi.
File pushtimag‘izning о‘rta qismidan, porsiyasig‘a bir bо‘lakdan, qalinligi 4—5 sm. qilib, tо‘g‘ri burchak ostida kesilib, silindr shakli beriladi.
Langet. Pushtimag‘izning ingichka qismidan 40—45° burchak ostida, qalinligi 1,0—1,5 sm qilib oval shaklida kesiladi. Tо‘qmoqchada bir oz uriladi. Porsiyasiga 2 bо‘lakdan ishlatiladi.
Antrekot. Yо‘g‘on yoki ingichka taliq qismidan 1,5—2 sm qalinlikda kesilib, tо‘qmoqchada bir oz uriladi, paylari va pardalari' kesilib, uzunroq oval shaklida tayyorlanadi.
Tо‘qmoqlab tayyorlangan zrazi. Sonning yon va tashqi qismidan 1,0—1,5 sm qalinlikda kesilib tо‘qmoqchada uriladi, bir chetdan qiyma qо‘yib о‘ralib, mayda kolbasa shakli berilib, arqon yoki ip yordamida bog‘lanadi. Qiyma sifatida tо‘la pishirib, tozalanib mayda chopilgan tuxum yoki pishirib chopilgan qо‘ziqorin, qovurilgan piyoz, urvoq, kо‘kat, tuz, murch aralashmasi ishlatiladi.
Duxovkada pishirishga mо‘ljallangan mol gо‘shti. Sonning yon va tashqi qismidan 1,5—2,0 sm qalinlikda kesilgan, tо‘qmoqchada bir oz urilib, 1—2 dona hisobida tayyorlanadi.
Romshteks. Sonning ichki yoki yuqori qismidan, qalin yoki yupqa taliq qismidan 1,5—2 sm qalinlikda doyra shaklida kesilib tо‘qmoqchada bir oz uriladi, paylari kesiladi tuz va murch sepiladi, lyezonga botirilib,qizil urvoqqa belanadi va shakl beriladi. .
Mayda bо‘lakli yarim tayyor mahsulotlar. Befstroganov — sonning yuqori va ichki qismi, qalin va yupqa qismidan kesib olinadi. Pushtimag‘iz qirqimlaridan 1—1,5 sm qalinlikda kesilib tо‘qmoqchada 0,5 sm qalinligiga kelguncha uriladi va uzunligi 3—4 sm, og‘irligi 5—7 gramm qilib tо‘g‘raladi.
Azu. Sonning yon va tashqi qismidan 1,5—2 sm qalinlikda kesiladi. Tо‘qmoqlab 1 sm ga keltirib, uzunligi 3—4 sm, og‘irligi 10—15 g tо‘g‘ri tо‘rtburchakli uzun kesiladi.
Qovurdoq. Sonning ichki va yuqori qismidan qalin, yupqa taliq qismidan 2 sm ga yaqin qalinlikda yupqa kesilib bir oz tо‘qmoqchada uriladi, tо‘rtburchakli uzun shaklda, og‘irligi 10-15 gramm qilib tо‘g‘raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |