Grammatika


KICHRAYTIRISH VA ERKALSH SHAKLI


Download 74.29 Kb.
bet11/17
Sana05.05.2023
Hajmi74.29 Kb.
#1429258
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
10-Morfologiya. Ismlar. Ot.

KICHRAYTIRISH VA ERKALSH SHAKLI
Otlarning –-cha, -choq, -chak,-(a)loq qo`shimchalarini olgan shakli kichraytirish shakli, -gina, (-kina, -qina), -jon, -xon, -oy, -kay, -toy qo`shimchalarini olgan shakli esa erkalash shakli hisoblanadi: baliqcha, kelinchak, qo`zichoq, qizaloq, oyijon, bolaginam, Salimaxon, Rahimaoy, Salimjon, bolakay, Olimtoy
Kichraytirish shakllari otlarga, erkalash shakllari ot, sifat, ravishlarga qo’shila oladi: qizginam, shiringina qiz, tezgina bordi.

Otlarning yana quyidagi lug’aviy shakllari bor:


1) qarashlilik shakli – niki: Mashina dadamniki.
2) o’rin-joyga xoslik shakli –dagi: O’tloqdagi sigir maradi.
3) chegara shakli –gacha: uygacha ancha bor.
ISMLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI

Munosabat shakllari – ism asoslarga qo`shilib, ularni boshqa so`zlarga bog`lab keladi va gap bo`laklarini shakllantirishga xizmat qiladi. Ismlarning munosabat shakllariga egalik, kelishik va –man, -san, -dir qo`shimchalari, bo`lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq kesimlik bog`lamalari kiradi.


Egalik qo`shimchalari ot va otlashgan so’zlarga qo`shilib, asos qismida ifodalangan narsa, belgi- xusiyat, harakat-holatlarning uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan shakllar tizimi egalik qo`shimchalari deyiladi.
birlik ko`plik
I onam borishim onamiz borishimiz
II onang borishing onangiz borishingiz
III onasi borishi ona(lar)i borish(lar)i
Undosh bilan tugagan ismlarga –im, -imiz, -ing, -ingiz, -i, -(lar)i; unli bilan tugagan ismlarga himchalari qo`shiladi.
!!! Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlarida qo`llangan III shaxs shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, balki xoslik, umumdan ajralganlik ma’nolarini ifodalaydi. Shuning uchun bunday birikmalarda oldingi qism qaratqish kelishigida qo’llanilmaydi: Orol dengizi, Bobur bog`i, Amir Temur xiyoboni, Toshkent shahri, Navoiy ko`chasi, «Qutlug` qon» romani.
!!! Ravishlarda egalik qo`shimchalari ajratilmaydi, ular yaxlitlanib qolgan bo`ladi: kechasi, kunduzi, ertasiga, uzunasiga, kechalari.
!!! Egalik qo`shimchasini olgan so`zdan oldin qaratqich kelishigi shaklidagi so`z belgili va belgisiz qo`llaniladi: kitobning varag`i, cho`l havosi, mening ustozim.
!!! Sifatdosh va harakat nomi tarkibidagi egalik qo`shimchalari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi. Shuning uchun ulardan oldin qaratqich kelishigini olgan so`zning ko`pincha qo`llanilishiga ehtiyoj bo`lmaydi. Masalan: Bilganingni ayt. Kachon kelishini bilmaymiz.
!!! Ba’zan egalik qo`shimchasi belgisiz shaklda qo`llaniladi: bizning uy, sizning ko`cha.
!!! Qarashlilik ma’nosi ismlarga –niki lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchasini qo`shish orqali ham ifodalaniladi. Bu shaklni olgan so`z gapda faqat kesim vazifasida keladi, shaxs-sonda o`zgarmaydi: kitob meniki, kitob Karimniki.

Download 74.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling