Grammatikalar sintaksis bo'yicha darslik va tarjimashunoslik fanidan o'quv qo'llanmalar yaratishda material sifatida xizmat qilishi tabiiy
«I went with him and found the dugout which was very good» (fA.ch9.p34)
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz tilidagi qoshma gaplarning ozbek tilidagi qiyosiy tahlili
9. «I went with him and found the dugout which was very good» (fA.ch9.p34)
«Soldat bilan sal yurmasimizdan shinamgina bilindaj ustidan chiqdik» (A.Q.B. 9 54-b) «I» ega «went» kesim «with him» to’ldiruvchi, «and found» uyushiq kesim, «the dogout» to’ldiruvchi , «which» aniqlovchi ergash gapning aniqlovchisi, «was very good» kesim. Soldat bilan
to’ldiruvchi , «sal» ravish «yurmasimizdan» to’ldiruvchi, «shinamgina»aniqlovchi, «ustidan chiqdik» kesim. O’zbek tiliga LG’afurov sodda gap tarzida tarjima qilgan gap aslida aniqlovchi ergash gap va u quyidagicha tarjima qilinishi kerak: «Men u bilan ketayotib shunday blindajni topdimki, u juda ajoyib edi». 10. «I saw he wore gloves» (f.A.ch 10 p47) «Men u qo’lqop kiyganini payqadim». (A.Q.B. 10 726-b)
«I» bosh gap egasi «saw» kesim «he» ega «wore» kesim, «gloves» to’ldiruvchi. «Men» ega, «u qo’lqop kiyganini» murakkab to’ldiruvchi, «payqadim» kesim. Ingliz tilida to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap o’zbek tiliga murakkab to’ldiruvchili sodda gap tarzida tarjima qilingan. Aslida u quyidagicha tarjima qilinishi kerak. «Men ko’rdim, u qo’lqop kiygan edi». Bunday tarjima ikki oilaga mansub tillarni bir-biri bilan moslashtirib ham grammatik, ham mazmun jihatdan to’g’ri tarjima qilishga yordam beradi.
33
Qo’shma gaplarning o’ziga xos xususiyatlari kabi yirik muammo g’arb va ingliz tilshunoslari, turkologlar, xususan, o’zbek tilshunoslarining diqqatini tortgan va ularning tadqiq manbai bo’lgan. Qo’shma gaplarning tadqiqida, ya’ni ularning shakllanishi va farqlanishida sintaktik birliklar muhim mavqega ega. Hozirgi davrgacha deyarli hamma tadqiqotchilarda u 57 yoki bu qo’shma gapning leksik-semantik va sintaktik xususiyatlari tahlil etilgan, xolos. Aniqki, mavjud barcha sintaktik birliklar (kategoriyalar) funksional uslublar uchun umumiydir. Qo’shma gap turlarida sodda gaplarning qo’llanish doirasi va imkoniyati bir-biridan farq qiladi. Sintaktik birliklarning biri bo’lmish qo’shma gaplar nutq uslublarida keng qo’llanishi haqida olimlarimiz fikr bildirishgan. Ingliz tilshunosligida qo’shma gap stilistikasi, ya’ni uning ayrim turlari ba’zi funksional uslublarda o’rganilgan. O’zbek tilshunosligida bu masala A.Mamajonov asarlarida chuqur va keng tahlil qilingan. Publisistik nutqda qo’llanuvchi qo’shma gaplarni tadqiq etgan olim ularning, asosan, informativ xususiyatga egaligi, davrning dolzarb masalalarini qamrab olishi, xabarni tez va atroflicha yetkazish uchun qulay imkoniyat yaratishga diqqatini qaratgan. A.Mamajonovning fikricha, qo’shma gaplarning qiyoslash-zidlash munosabatini if ifodalovchi qo’shma gap tiplari publisistik nutqda eng mahsuldor stilistik qatlamni tashkil qiladi. Bitiruv malakaviy ish ob’yektimiz - ingliz tilda, xususan, Ernest Xemigueyning «Alvido qurol» asaridagi qo’shma gaplarning o’zbek tilidagi talqini va ular tarjimasidagi o’zgarishlardir. Bu masala tilshunoslik ilmida maxsus tadqiq etilmagan bo’lsada, ayrim asarlarda ma’lum darajada ko’rilgan. Ingliz va o’zbek tilidagi qo’shma gaplarni qiyoslab tadqiq etishda biz ingliz romanchiligining shoh asarlaridan biri Ernest Xemingueyning «A Farewell To Arms» va uning I.G’afurov tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan «Alvido qurol» asarini ob’yekt qilib oldik. Biz tanlagan manba ingliz tilida bir tarkibli qismi mavjud bo’lgan qo’shma gaplarning qo’llanishini tahlil qilar ekanmiz, ularning o’zbek tilidagi tarjimasiga ham imkoni boricha ahamiyat berdik. Dastavval, qo’shma gaplar tarjimasi va ulardagi farqni ko’rib chiqaylik unda tahlil quyidagicha bo’ladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling