Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi biotexnologiya


Trichoderma roseum, Verticillium alboatrum


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/115
Sana04.11.2023
Hajmi3.93 Mb.
#1746747
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   115
Bog'liq
portal.guldu.uz-BIOTEXNOLOGIYA

Trichoderma roseum, Verticillium alboatrum va boshqalardir. 
Pektinazalar pektinni parchalovchi fermentlar sintez qiladi. Pektolitik fermentlar 
kompleks xosil qiladi, uni aloxida komponentlari pektin molekulasini xar xil 
joylaridan parchalaydi. 
Pektinazalar (poligalakturonazalar) mikroorganizm-larda keng tarqalgan bo‘lib 
o‘simliklarda kam uchraydi. 
Proteinazalar. Proteinazalar yoki proteazalar - (peptid-peptid-gidrolazalar) oqsil 


28 
molekulasidagi peptid bog‘larini uzish reaksiyasini kataliz qiladi, natijada 
erkin aminokislotalar di- va polipeptidlar xosil qiladi. Bunday fermentlar juda 
ko‘p. Ulardan ayrimlari kristall xolatda olingan. Mikroorganizmlar 
proteinazasi o‘zlarining xossalari bilan tubdan farq qilishi mumkin. Ular 
neytral bo‘lishi mumkin (Bacillus subtillis, Asp.terricola), kislotali 
(Asp.foetidus) va ishqorli, ya’ni pH ning xar xil darajasida faoldirlar. Ayrim 
mikroorganizmlar bir qancha proteinazalar sintezlash qobiliyatiga egadirlar. 
Masalan: Actinomyces fradiae 6 ta proteinaza sintezlaydi. 
Amilazalar - bakteriya va zamburug‘lardan olinadigan amilazalar kraxmalni 
kichik molekulyar shakarlar: dekistrinlar, glyukozalar, maltozalargacha 
parchalaydi. Bakterial proteazalar pishloq pishirishda va teri oshlashda 
oqsillarni 
buzishda 
qo‘llaniladi. 
Bacillus 
sp
dan 
olinadigan 
glyukozoizomeraza 
fermenti 
glyukozani 
fruktozaga 
aylantirishda 
yordamlashadi. Keyingi vaqtlarda olimlar diqqat e’tiborini quyidagilar o‘ziga 
tortmoqda: 
siklodikstringlyukoziltransferaza 
(SDGT) 
ga 
moslashish, 
siklodekstrinlar birikmalarining ishlab chiqarilish: kimyoviy va farmakologik 
ishlab chiqarishda, oziq-ovqat maxsulotlari sifatini oshirishda, kosmetika va 
boshqalar ishlab chiqarishda zarurdir.
Lipazalar - (3.1.1.3-triatsil glitseroloda gidrolazalar lipid (yog‘) almashinuvida 
ishtirok etadigan, katta amaliy qiziqish uyg‘otadigan fermentlar. 
Kultura o‘sadigan muxitga ajratadigan lipazalarni ishlab chiqaruvchilarning 
ko‘pi mitseliali zamburug‘lardir. Ulardan Aspergillus, Mucor, Geotrichum, ayrim 
achitqi zamburug‘lar (Candida) va bakteriyalardir (Pseudomonas). Lipazalar 
triatsilglitserollarni parchalab yog‘ kislotalari va glitserin xosil qiladi. Sanoat 
asosida ko‘p miqdorda ishlab chiqarilayotgan va keng miqyosda xalq xo‘jaligida 
qo‘llanilayotgan fermentlardan tashqari, kam miqdorda olinadigan va kam soxada 
qo‘llaniladigan bir qancha fermentlar xam bor, lekin bularning ayrimlari o‘ta 
darajada muximdir.
Bular 
qatoriga 
restriktazalar 
(endonukleazalar), 
nuklein 
kislotalarni 
parchalovchi fermentlar va ligazalar - ularni sintezida ishtirok qiladigan fermentlar 
kiradi. Bu fermentlar gen muxandisligi ilmiy ishlarini olib borishda zarurdir. 
Bularni xam xar xil mikroorganizmlar ishlab chiqaradi.

Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling