Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

birinchidan, qo‗shilgan qiymat solig‗i dunyoda birinchi marta Evropa davlati 
bo‗lgan Frantsiyada joriy etildi; ikkinchidan, 1977 yilda qabul qilingan 
Direktivaga asosan qo‗shilgan qiymat solig‗i bir vaqtning o‗zida Evropaning bir 
necha davlatlarida joriy etildi; uchinchidan, qo‗shilgan qiymat solig‗i G‗arbiy 
Evropadagi integratsion jarayonlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim rol 
o‗ynadi. 
Hozirgi vaqtda qo‗shilgan qiymat solig‗i Evropa Ittifoqiga a‗zo bo‗lgan 
mamlakatlarning davlat byudjetlarining daromadlarini shakllantirishda muhim 
o‗rin egallaydi. Evropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya


84 
Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Evropa mamlakatlarida jami soliq 
tushumlarining hajmida egri soliqlarning salmog‗i 40 foizdan yuqori bo‗lib, 
ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko‗rsatkich 50 foizdan 
yuqori bo‗lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. 
AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko‗rsatkich 25-30 foizni 
tashkil qiladi. 
Evropa Ittifoqiga a‗zo bo‗lgan mamlakatlarda soliq tushumlarining 
tarkibida egri soliqlarni yuqori salmoqqa ega ekanligining asosiy sabablaridan 
biri, bu mamlakatlarda soliq stavkalarini umumlashtirilganligi va soliqqa tortish 
bazasini o‗zaro uyg‗unlashtirilganligi hisoblanadi. Bu masalaning O‗zbekiston 
Respublikasi uchun amaliy ahamiyatga ega ekanligi shundaki, mamlakatimiz 
tovaroborotining sezilarli qismi Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Qozog‗iston 
Respublikalariga to‗g‗ri keladi. Hozirga qadar mazkur mamlakatlar o‗rtasida 
qo‗shilgan qiymat solig‗i stavkalarini umumlashtirish va soliqqa tortish bazasini 
uyg‗unlashtirish masalasi hal qilinmagan. Bu esa, ushbu mamlakatlar o‗rtasidagi 
o‗zaro tashqi savdo munosabatlarini rivojlantirishga to‗sqinlik qiladi. 
O‗zbekiston soliq tizimida qo‗shilgan qiymat solig‗i 1992 yildan buyon 
amal qilmoqda. Ushbu soliq oborotdan olinadigan soliq va sotuvdan olinadigan 
soliqlar o‗rniga aktsiz solig‗i bilan birgalikda kiritilgan. Bu soliq oborot 
solig‗idan farqli ravishda faqat qo‗shilgan qiymatdan undiriladi. Oborot solig‗i 
esa bir marotaba umumiy oborotdan olinar edi. Qo‗shilgan qiymat solig‗i esa 
ishlab chiqarish va muomala jarayonining har bir bosqichidan olinadi. 
O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromad manbai sifatida 
qo‗shilgan qiymat solig‗i hozirga qadar o‗zining muhim o‗rnini va amaliy 
ahamiyatini 
saqlab 
kelayapdi. 
Masalan, 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2008 
yil 
29 
dekabrdagi 
PQ-1024-sonli 
―O‗zbekiston 
Respublikasining 2009 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va 
Davlat byudjeti parametrlari to‗g‗risida‖ gi qaroriga ko‗ra 2009 yilda qo‗shilgan 
qiymat solig‗ining davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi salmog‗i 29 foizni, 
egri soliqlar tarkibida esa 57 foizni tashkil etishi prognozlashtirilgan. Ushbu 
ko‗rsatkichlar qo‗shilgan qiymat solig‗ini byudjet daromadlarining asosiy 
manbai ekanligini bildiradi.  

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling