Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


- jadval. 1989-2012 yillarda Markaziy Osiyo aholi soni ko’rsatkichlari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
8- jadval. 1989-2012 yillarda Markaziy Osiyo aholi soni ko’rsatkichlari 
(mln. kishi). 
Mamlakatlar 
1989 
1994 
2012 
2012 yilda 
1989 yilga 
nisbatan 
Qozog‘iston 
16,5 
16,9 
16,6 
0,1 
Qirg‘iziston 
4,3 
4,5 
5,6 
1,3 
Tojikiston 
5,1 
5,7 
7,1 
2,0 
Turkmaniston 
3,5 
4,3 
5,2 
1,7 
O‘zbekiston 
19,9 
22,2 
29,5 
9,6 
Orol dengizining qurishi bilan bir vaqtda, daryo suvining va u bilan bog‘liq holda er 
osti suvlarining ham ifloslanishi ro‘y bermoqda. Shu tariqa, O‘zbekistondagi demografik 
jarayonlarning rivojlanishida ekologik shart-sharoitlar, ayniqsa, ekologik muammolar 
ichida suv ta‘minoti muhim o‘rin tutadi.
Olimlarning hisob kitoblariga ko‘ra, er yuzasidagi mavjud chuchuk suvlar va 
foydalanish mumkin bo‘lgan er osti suvlari 60 milliarddan ortiq aholining ehtiyojini 
qondirish uchun etadi (faqat ichish emas, sanoat va qishloq xo‘jaligi ham hisobga 
olinganda). BMT demograflarining taxminicha, Er shari aholisi 12-14 milliard kishi 
atrofida barqarorlashishi ehtimoli bor. Hozir O‘zbekistonda olinadigan chuchuk suvning 92 
foizi qishloq xo‘jaligida, 6 foizi sanoatda, 0,5 foizi komunal xo‘jalikda ishlatiladi, 1,5 foizi 
esa bug‘lanib ketadi. Shunday ekan, aholisining aksariyat qismi qishloq xo‘jaligida band 
bo‘lgan aholi manzilgohlarida chuchuk suvning ahamiyati kishilar turmush tarzini 
belgilovchi eng muhim vosita sifatida maydonga chiqadi.
Keyingi yillarda, qishloq xo‘jaligida suvdan tejamkorlik bilan foydalanishga 
e‘tibor qaratilmoqda. Biroq, bu boradagi ishlarni hamon talab darajasida deb 
bo‘lmaydi. Ayniqsa, bu bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi paydo bo‘lgan xo‘jalik 
sub‘ektlari (fermer xo‘jaliklari) oldidagi muhim muammodir. Shu bois, qishloq 
xo‘jaligida suvni tejab foydalanishni ko‘zda tutgan loyihalar va dasturlar ko‘lami va 
ularning amaliyotdagi joriy etilishiga jiddiy e‘tibor qaratishni taqozo etadi. 
Qishloq xo‘jaligi va qishloq aholi maskanlari uchun yana bir dolzarb muammo, 
bu elektr energiyasi ta‘minotidir. Biz bugungi kunda mamlakatning eng chekka 
hududlariga kichik korxonalarning kirib borishi, fermer xo‘jaliklari ixcham kichik 
uskunalar yordamida o‘zlari etishtirgan mahsulotlarni qayta ishlashlari to‘g‘risida 
ko‘pgina ilmiy ishlarimizda e‘tirof etamiz.
Ammo, elektr energiyasiz uni amalga oshirish muammoligicha qolib kelmoqda. 
Elektr quvvatiga ehtiyojni ta‘minlash muammosi bugungi kunda ko‘plab mamlakatlar 
va hatto, rivojlangan davlatlarga ham xos, biroq, ularning ko‘pchiligida energiya 
ishlab chiqarishning muqobil usullari ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Yaponiyaning 
60-70 yillardagi yutug‘i ham mamlakatda energiya inqilobini amalga oshirganligi 


52 
bilan bog‘liq bo‘lgan.
Jumladan, O‘zbekistonda «Bekobod shamoli»ning yil davomida esishi yoki 
mamlakatning janubiy mintaqasidagi quyoshli kunlarning davomiyligini e‘tiborga 
olganda, bu uzoq vaqt orzuligicha qolmasligi lozim. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan 
xorij kompaniyalarining manfaatlari doimo bizga mos kelavermaydi. 
Chunki, ular hech qachon bizga hozirgi kundagi do‘konlardagi narxi 1 mln. 
so‘mgacha yoki undan ortiq bo‘lgan uyali telefon o‘rniga quyosh batareykalarini 
taklif etmaydi. Shunday ekan, mazkur muammolarni bartaraf etish uchun jonkuyarlik 
o‘z mutaxassislarimiz va tadbirkorlarimiz zimmasida qolaveradi. Bu kabi 
muammolar avvalam bor, milliy qo‘shni davlatlarda ham mavjudligini e‘tiborga 
olganda mintaqaviy ahamiyat kasb etadi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling