Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


-jadval. Dunyodagi aholisi eng tez o’suvchi davlatlar


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

7-jadval. Dunyodagi aholisi eng tez o’suvchi davlatlar 
Mamlakatlar
Aholisi kishi, 2012 yil 
Aholi (mln.kishi, 2050 yil, 
bashorat) 
Hindiston
Xitoy
Pokiston
Indoneziya
Nigeriya
AQSh
Braziliya
Bangladesh
Meksika
1268803043 
1358500143 
181364001 
246644410 
167659089 
318177533 
190256710 
205716890 
116879841 
1529 
1478 
345 
312 
244 
349 
244 
212 
141 
Yuqorida aholining takror barpo qilinishi jarayonini asosi bilan tanishib chiqdik. 
Hozirgi paytda Er shari aholisiga har yili 80-85 mln kishi qo‘shilmoqda yoki yiliga 2 
% o‘smoqda. Dunyo aholisining bunday tez o‘sishi hech qachon kuzatilmagan. 
Hozirgi paytda dunyo aholisi yillik tabiiy o‘sishining 80 % rivojlanayotgan 
mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. 
2.4. Ekologik omilning demografik jarayonlarga ta’siri 
Agar, 20 asrda demografik jarayonlarning faollashuviga jahon urushlari va asr 
oxiridagi geosiyosiy jarayonlar o‘z ta‘sirini ko‘rsatgan bo‘lsa, 21 asrga kelib, 
dunyoning turli mintaqalarida turli ko‘rinishdagi tabiiy ofatlarning ortib borishi bilan 
bog‘liq bo‘lishi dunyo olimlari tomonidan bashorat qilinmoqda.
Rus olimlari V.L. Kotelnikov va Yu.G. Saushkinlar ta‘kidlashicha, «Aholi tabiat 
qonunlaridan foydalangan holda yashaydi, mehnat qiladi, dam oladi va davolanadi. 
Fan bu qonuniyatlarni o‘zlashtirish uchun juda ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Biroq, 
geografik muhitdagi o‘zgartirilgan va o‘zgartiriladigan tabiat qonunlarining barcha 
jihatlari to‘liq o‘rganilmagan». Olimlarning fikricha, geografik muhitning jamiyat 
tomonidan o‘zgartirilishi doimo quyidagi maqsadlardan kelib chiqadi: 
a) ehtiyoj mahsulotlarini ishlab chiqarishning kengayishi; 
b) inson hayotida bevosita ahamiyatga ega bo‘lgan aholi manzilgohlarining 
kengayishi; 
v) inson mehnati va yashash sharoitlarini yaxshilash; 
g) kasalliklarga qarshi kurash, kishilar salomatligini yaxshilash; 


50 
d) insoniyatning dam olishi va davolanishi kabi maqsadlar. 
Geografiya tarixida, ya‘ni 17 asrning boshlariga qadar Shimoliy Amerika tabiati 
mutlaqo o‘zgartirilmagan, Missisipi daryosi qirg‘oqlari bo‘ylab butun AQSh ning 
sharqi va Kanadaning janubi-sharqiy kengliklari qalin o‘rmonlar bilan qoplangan 
bo‘lgan. Aksariyat qismi Evropadan borgan kishilar (yirik er egalari) tomonidan 
o‘rmonlarning kesilishi bugunga qadar, ya‘ni 200-250 yil davom etdi. Natijada, 
ajoyib tabiat me‘yori hukm surgan bu hududda mutlaqo o‘zgacha manzara kasb etgan 
sanoat mintaqasi paydo bo‘ldi.
1908 yilda tabiiy resurslarni muhofaza qilishga bag‘ishlab o‘tkazilgan 
konferensiyada 
T.Ruzvelt 
shunday 
degan:-«Biz 
tabiiy 
resurslardan 
keng 
foydalanishimiz natijasida boyidik va o‘zimizni yutuqlarimizdan minnatdor va 
mag‘rur tutamiz. Biroq, o‘rmonlarning yo‘qolib ketishi, ko‘mir, neft, va temir 
rudalari zahiralari tugaganidan keyin, qanday holatga tushishimiz to‘g‘risida 
o‘ylashga hozir vaqt etdi!». Albatta, T.Ruzvelt o‘z e‘tirofida bugungi kundagi iqlim 
o‘zgarishlari oqibatida AQSh da bo‘layotgan tabiiy ofatlarni nazarda tutmagan. 
Demak, demografik jarayonlarning tabiatga sezilarli ta‘sir etishi to‘g‘risidagi 
tushunchalar 20 asr boshlaridayoq jamoatchilik diqqatida bo‘lgan. 
Shu bois, bugungi kundagi iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga kelayotgan tabiiy 
ofatlarning paydo bo‘lishini «bumerang» ga o‘xshatish mumkin, ya‘ni, tabiat o‘z aks 
ta‘sirini ko‘rsatmoqda. Buni «Orol muammosi» misolida ham ko‘rish mumkin. 
Oxirgi 40 yil davomida Orol dengizi sathi 20-21 metrgacha tushib ketdi va 
dengizning qurib qolgan maydoni esa, 3 mln. gektardan ko‘proqni tashkil etadi va 
uning deyarli yarmi O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri keladi. Orol tubidan ochilib qolgan 
va har yili 100 mln. tonnadan ortiq tuz qishloq xo‘jaligi erlariga yoyilib, hududdagi 
har gektar erga kelib tushadigan tuzlar miqdori 520-600 kg.ni tashkil etmoqda. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda Surxon-Sherobod vohasi, Qarshi 
dashtlari, Mirzacho‘lni o‘zlashtirish uchun minglab, oilalar o‘zlashtirilishi lozim 
bo‘lgan hududlarga ko‘chirilgan. Masalan, 1949 yil 20 iyunda 6615 xo‘jalik oilalari 
ko‘chirilgan. Jumladan, Mirzacho‘lga 3337 ta oila, Sirdaryoga 3278 oila ko‘chirilgan. 
Bu davrda yuzlab jamoa xo‘jaliklari tashkil etilib, qo‘riq erlar o‘zlashtirildi. O‘nlab 
sug‘orish inshootlari qurildi. Natijada, suv sarfi ham bir necha o‘n martaga ortdi.
Orol sathi pasaya borib, Mo‘ynoq va boshqa aholi manzilgohlarida aholi 
sezilarli darajada kamaydi. So‘nggi yillarda atrof muhitning kompleks omillari 
ta‘sirida aholi salomatligi bilan bog‘liq ba‘zi salbiy holatlarning intensiv o‘sishi 
kuzatiladi. Bular cho‘llashuv jarayonining faollashuvi chuchuk suvlar tanqisligi tabiat 
ekotizimlarining nafaqat degradatsiyasi, balki aholining tabiiy o‘sishiga ham ta‘sir 
ko‘rsatmoqda. Bu kabi holatni fojeali hududning Qozog‘istonga tegishli qismida ham 
kuzatish mumkin. Biroq, O‘zbekistonda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga
nisbatan aholisi o‘sishda davom etmoqda (8-jadval). 
Keyingi yillarda Orol ekologik inqirozi hududi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
Qozog‘iston, shundan Qizil O‘rda va Oktyubinskiy
viloyatlari) dan 75 ming kishi har 
yili ko‘chib ketishgan. Orolning qurishi natijasida Orol atrofida qish 1,5-2,5 gradusga 
sovidi, yoz kunlarining harorati esa 1,5-2,5 gradusga isidi. O‘simliklarning 
vegetatsiya davri esa 10-15 kunga qisqardi. 
Orol bo‘yidagi o‘nlab-yuzlab ko‘llar va havzalar quridi. Ushbu ko‘llar atrofida 


51 
hayvonlar boqilardi, baliq urchitilardi, ondatra, nutriya, qutb tulkilari ko‘paytirilardi. 
Amudaryo deltasida 800 ming gektar er maydonidagi to‘qayzorlar va qamishzorlarga 
putur etdi, ular yo‘q bo‘lish arafasida. 200 turga yaqin o‘simlik va hayvonlarning 
turlari yo‘q bo‘ldi. Tuproqning gumus qatlami 2-3 martaga kamayib ketdi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling