Gulshoda o‘razalieva gender va ayollar huquqiy madaniyaTI
Download 439.4 Kb.
|
Z2MLTAJYbyAEtlfOOZhS64TVkIGQZvLUhyp1EKw5
Turli yoshdagi ayollar guruhining jamiyatda zo‘ravonlikka uchrashi haqidagi
fikri (foiz hisobida)
Ko‘rinib turibdiki, barcha yoshdagi ayollar oilada oilaviy zo‘ravonlikning keng tarqalganligini ta’kidlashgan. Shahar ayollarining 54,8 foizi, 50 va undan yuqori yoshdagilarning 66,7 foizi oiladagi zo‘ravonlikning mavjudligini ta’kidlashgan. Bezorilik shaklidagi zo‘ravonlik mavjudligini yosh qizlar va 20-24 yoshdagi ayollar (31,4 foizi) e’tirof etishgan. Zo‘ravonlikning tarqalishi haqida ayollarning fikri (foiz hisobida)
Markaziy Osiyo hududida yashayotgan millat vakillari oilaviy zo‘ravonlikning mavjudligini e’tirof etishgan. Bu hodisa bizning mintaqada ayollarga nisbatan patriarxal munosabat saqlanib qolganligidan dalolat beradi. Oilada ayollar zo‘ravonligi vujudga kelishining asosiy sababi (foiz hisobida)
Ko‘rinib turibdiki, oilaviy zo‘ravonlikning asosiy sababi - oiladagi iqtisodiy qiyinchilik, ikkinchi o‘rinda erning rashki, qaynona bilan kelisha olmaslik, erning mastligi hamda er ma’lumotining pastligi va boshqalar. Qishloq ayollarining 76,9 foizi zo‘ravonlikning asosiy sababi iqtisodiy qiyinchilik ekanligini e’tirof etishgan. Shaharda yashovchi ayollarning 39,5 foizi mana shu fikrni tasdiqlashgan. Bu fikrga xizmat ko‘rsatish sohasida ishlayotganlarning 80,0 foizi, xalq ta’limida ishlayotganlarning 57,1 foizi, uy bekalarining 56,3 foizi, o‘rta ma’lumotlilarning 52,9 foizi, 20 yoshga kirmagan ayollarning 66,7 foizi va 20-24 yoshdagilarning 66,7 foizi qo‘shilishadi. Bu ayollar ham daromad manbaiga ega bo‘lmaganliklari uchun iqtisodiy jihatdan eriga qaramdirlar. O‘zbek oilasida qaynona-kelin o‘rtasidagi munosabat murakkab hisoblanadi. Bu hodisa keng tarqalgan bo‘lib, qaynona kelin oldiga yuqori talablar qo‘yadi, uni bajara olmagan, yangi oilaga moslashishi qiyin kechgan kechagi yosh qiz bu qiyinchiliklarni yengishga, turli axloqiy-ruhiy zo‘ravonliklarga chidashga majbur bo‘ladi. Shu sababdan ham 20-24 yoshli ayollarning 66,7 foizi qaynonasi tomonidan zug‘um ko‘rganligini e’tirof etishmoqda. Oiladagi zo‘ravonlikning yana bir sababi - alkogoldir. Oila a’zolarining yoki erning spirtli ichimlik ichib, janjal ko‘tarishini 21,1 foiz shahar ayollari tan olishgan. Toshkent shahrida yashagan ayollarning 36,4 foizi mana shu fikrni e’tirof etishgan. Erining ma’lumoti va madaniyati pastligi tufayli zo‘ravonlik sodir etganligini 23,5 foiz o‘rta ma’lumotga ega, 20,0 foiz oliy ma’lumotga ega ayollar bildirishgan. Sizga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etilganda qaerga murojaat qildingiz degan savolga 58,3 foiz ayollar o‘zining himoyalanishiga ishonmaganligi va milliy an’anaga qarshi chiqolmaganligi uchun hech kimga murojaat qilmagan. Qizig‘i shundaki, qishloq ayollarining 58,5 foizi himoyalanishini so‘rab mahalla qo‘mitasiga, militsionerga, qarindoshlariga murojaat qilishgan. Mana shu maqsadda 23,6 foiz shaharliklar, slavyanlarning 66,7 foizi, o‘zbek ayollarining 37,9 foizi, Markaziy Osiyolik millatlarga mansub ayollarning 25,0 foizi murojaat qilishgan. Bunda shaharliklarga nisbatan qishloq ayollarining o‘zlarini qadrlashi yuqoriligini ko‘rsak, slavyan millatiga mansub ayollarning ham o‘z qadriga yetishini aniqladik. O‘zbek va Markaziy Osiyolik ayollar esa ularga nisbatan bu sohada passivligini namoyish etishgan. Ayollar murojaat qiladigan joylar (foiz hisobida)
Yordam so‘rab murojaat qilgan ayollarning 30 foizidan ziyodiga muammolarini hal etishda yordam berishgan. Ammo 29,7 foizi yordam ololmagan, 32,4 foiz jabrlanuvchi ayol javob berishga qiynalgan. Yordam olgan ayollarning 61,5 foizi shaharlikdir. Oiladagi zo‘ravonlikning negizida (rahbar va bo‘ysunuvchi, boy va kambag‘al, kuchli va kuchsiz, kattalar va kichiklar, erkak va ayol orasida) tarixan yuzaga kelgan tengsizlik holati yotadi. Oilada ayolga nisbatan zo‘ravonlikning yana bir sababi – jamiyatda mavjud gender urf-odatlari (steriotiplari)dir. Ayni shu holatlar zo‘ravonlikning turli-tuman ko‘rinishlarining sodir bo‘lishiga olib keladi va shu tufayli “gender zo‘ravonligi” deb ataladi. Ayol faqat ayol bo‘lib tug‘ilganligi uchungina unga nisbatan zo‘ravonliklar sodir etiladi. Gender zo‘ravonligining tub negizini anglagan holatdagina uning turli-tuman ko‘rinishlariga barham berish mumkin bo‘ladi. Shunda biz ayol hayotidan zo‘ravonlik illatini mutloq yo‘qotishdek asosiy maqsadga erishishimiz mumkin. Bizningcha zo‘ravonlik holatlarining sababi quyidagicha: Jamiyatdagi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz sharoitida yashash darajasining (kambag‘allik, doimiy ravishda mablag‘ning yetishmasligi) pasayib ketishi; Giyohvandlik, ichkilikbozlik; Umumiy ma’naviyat, ziyolilik va oilaviy munosabatlardagi tarbiyaning past darajada bo‘lishi; Zo‘ravonlikning kino, televidenie, axborot vositalari, radio, video va h.k.lar orqali targ‘ibot qilinishi; Oiladagi erkak va ayol rollarining tavsifi: kimdir – “boquvchi”, kimdir – “boqimanda” bo‘lishi; Oila a’zosiga taalluqli bo‘lgan ishsizlik yoki ishni yo‘qotish xavfining tug‘ilishi; Jamiyat oilada ayolga nisbatan zo‘ravonlikni odatiy hol deb hisoblash; Oiladagi zo‘ravonlik va oila muammolari haqida gapirishning man qilinganligi, uni yashirish, jamiyatning bu muammo haqida kam ma’lumotga ega bo‘lishi; Ayol o‘zining qadr-qimmatiga o‘zi yetmasligi va o‘z bahosini past hisoblashi; Erkakning ayol ustidan hukmronlik qilish xohishi va uning xatti- harakatlarini nazorat qilib turishi; Davlatning oiladagi zo‘ravonlik muammosiga e’tiborsizligi; Jamiyatimizning nafaqat oiladagi, balki umuman zo‘ravonlikka befarq qarashi; Iqtisodiy tengsizlik va ayolning oiladagi qaram holati; Ertangi kunga umidsizlik, unga qo‘rquv bilan qarash, hozirgi zamon jamiyati tavsifiga xos umumruhiy tushkunlik holatining hukm surishi; Jamiyatning zo‘ravonlik – oilaviy turmush tarzining odatiy tavakkalchiligi deb tushunishi; Oilada hukmronlik huquqi erkakka beriladigan, umumqabul qilinadigan an’anaviy munosabatlar turi; Uy-joy sharoitlarining og‘ir va qoniqarsiz bo‘lishi. Ushbu zo‘ravonliklarga nisbatan bizning fikrimiz: Oilada ayolga nisbatan zo‘ravonlik holati gender xarakteriga ega. Ya’ni ushbu zo‘ravonlik ayolga nisbatan, u ayol bo‘lib tug‘ilganligi va jamiyatda bunday zo‘ravonlikni sodir etish odatiy hol deb qabul qilinishidadir. Oiladagi zo‘ravonlik Umumjahon Deklaratsiyasida va davlatimiz Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topgan inson – ayol huquqini kamsitadi. Jamoatchilik birgalikda oilada ayolga nisbatan zo‘ravonlik ko‘rsatishni bartaraf etishning konstruktiv yo‘llarini izlashi zarur. Oiladagi zo‘ravonlikdan jabrlangan va yordamga muhtoj bo‘lgan ayollar ko‘p hollarda yaqin odamlari va qo‘ni-qo‘shnilarning qo‘llab- quvvatlashlarisiz, davlat tizimlari vakillarining salbiy munosabatlariga yuzma-yuz kelganda, o‘z muammolariga o‘zlari qovurilib qolaveradilar; Ko‘pgina davlat tashkilotlari va xizmatlarining faoliyat tizimi oiladagi zo‘ravonlikning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmaganlari tufayli, yordamga muhtoj bo‘lgan zo‘ravonlik qurbonlarining qayta jabrlanishiga olib keladi va bu ishga aralashuv samarasini pasaytiradi; Davlatimizda mavjud bo‘lgan institutsial va huquqiy tizim oilada zo‘ravonlik sodir etish vaziyatlariga javob berish samarasini oshirish uchun alohida qaror qabul qilish kerakligini taqozo qiladi; Oiladagi zo‘ravonlik muammosi bilan shug‘ullanadigan maxsus tashkilotlarni barpo etish va shu muammo bilan ishlaydigan mutaxassislar malakasini oshirish maqsadga muvofiq bo‘lur edi; Oila zo‘ravonliklari muammosi bilan shug‘ullanadigan har bir mahalla faollarini maxsus dastur asosida o‘qitish, ularning ongida o‘rnashib qolgan, zo‘ravonlikka chorlovchi gender urf-odatlarini istisno qilish samarali natijalar berar edi; Jabrlangan ayollarga ruhiy, huquqiy, tibbiy yordam beradigan tashkilotlarni ko‘paytirish; Oila zo‘ravonligini yengishda va uning oldini olishda mahalla faollarining javobgarliklarini oshirish; Ayrim zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar va ularning farzandlari uchun ijtimoiy-ruhiy tanglik holatlaridan chiqqunlarigacha maxsus panoxgohlar tashkil qilish; Oiladagi zo‘ravonlik muammolarini yengishni ijtimoiy-huquqiy, lozim bo‘lsa, siyosiy darajaga ko‘tarish maqsadga muvofiq bo‘lur edi; “Oiladagi zo‘ravonlik” haqida maxsus qonun qabul qilish va uni hayotga tatbiq etish zarur. Bu oiladagi zo‘ravonlikka nisbatan javobgarlikni oshiradi va zo‘ravonlik sodir etishni man etadi; Qonunlarni mukammallashtirish, ayollar huquqini qonuniy himoya qilish va qonunlarni benuqson ishlashini ta’minlash zarur; “Oiladagi zo‘ravonlik” bo‘yicha hujjatlar topshirish va uning ko‘rilish jarayonlarini soddalashtirish kerak. Bu muammoga e’tiborsizlik bilan qaragan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlariga nisbatan jazo berish tizimini ishlab chiqish lozim; Militsiya xodimlari, huquqshunoslar, ijtimoiy xizmatchilar, shifokorlar, maorif va ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun oiladagi zo‘ravonlik muammolari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil qilish maqsadga muvofiq. Ushbu “Oiladagi zo‘ravonlik” kursi bo‘yicha o‘qitish, huquqni muhofaza qiluvchi idora mutaxassislarini tayyorlashda, kasb malakasini takomillashtirish zamonaviy talablarga javob berishi lozim; Sog‘liqni saqlash, huquqni muhofaza qilish va boshqa vakillar uchun tashkil qilingan o‘quv kurslari jabrlangan ayolga malakali yordam berish, uning huquqlarini himoya qilish uchun yo‘naltirilishi kerak; Barcha tibbiy xodimlar oiladagi zo‘ravonlik holatlarini ro‘yxatga olish va hisobot tayyorlashlari uchun maxsus tartibda “Bayonnomalar”ni to‘ldirish kerakligini o‘rganib uni hayotga tatbiq qilishi kerak; Oiladagi zo‘ravonlik – jinoyat ekanligini jamiyatga anglatish maqsadida maxsus media (ommaviy axborot) va ma’rifiy kompaniyalar o‘tkazish zarur. Oilada zo‘ravonlik sodir etish mumkin emasligini jamiyat azolari ongiga singdirish uchun maxsus ma’rifiy chora-tadbirlar o‘tkazish davri yetilgan; Ayollar huquqiy saviyasi, bilimini oshirish va lozim bo‘lganda o‘z huquqlarini talab qila bilishlarini o‘rgatish uchun huquqiy-ma’rifiy dasturlar asosida o‘qitishlar tashkil qilish maqsadga muvofiqdir; Yangi kasb-malakalariga o‘rgatish, ishga joylashtirish maqsadida dasturlar yaratish va ularni hayotga tatbiq etish payti kelgan; Zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga yordam ko‘rsatadigan tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash muhimdir; Zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga ruhiy, tibbiy, huquqiy yordam beradigan inqiroz markazlari, panohgohlar tashkil qilish zaruratga aylangan; Kichik shaharlar, tuman markazlari, qishloq xo‘jaliklarida jabrlangan ayollarga tibbiy, ruhiy huquqiy maslahatlar beradigan maxsus (maslahatxonalar) ochish kerak; Davlat siyosatiga muvofiq, oiladagi zo‘ravonliklarni yengish muammolariga yo‘naltirilgan yangi qonunlar yaratishda, shu muammolar bilan shug‘ullanadigan jamoat tashkilotlarini jalb qilish va ularga har tomonlama (texnik va moliyaviy) yordam berish lozim; Jamiyat a’zolarini keng ko‘lamli ma’rifiy dastur asosida oiladagi zo‘ravonlik muammolari bilan tanishtirish, muammoni ommaviy axborot vositalarida yoritishlarida qatnashish maqsadga muvofiqdir; Oiladagi zo‘ravonlik muammosi bo‘yicha, doimiy chuqur ijtimoiy (sotsiologik) tadqiqotlar o‘tkazib borish zarur; Oilada zo‘ravonlik sodir etgan erkaklar, jabrlangan ayol, ularning farzandlari va boshqa a’zolarini maxsus ma’rifiy dastur asosida ruhiyatini davolash, psixoterapevtlar maslahatlarini tashkil qilish lozim. Chunki oilada zo‘ravonlikni bartaraf etmasdan turib, ayollarning huquqiy madaniyatini shakllantirib bo‘lmaydi. Yuqoridagi fikrlardan quyidagi xulosalar chiqarish mumkin: Ayollar huquqiy madaniyatini shakllantirishga to‘sqinlik qiluvchi ayrim eskirgan milliy urf-odat va kamchiliklar mavjud. Masalan, oilada qizlarga yuklatilgan mehnat, erta nikohlilik, poligamiya, ularning kasb tanlashi, ta’lim olishi, ishda yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishiga ruxsat bermaslik, o‘zining mehnati evaziga topgan mablag‘ini o‘zi tasarruf etishga imkoniyat yo‘qligini qayd etish zarur. Bunday stereotiplar oiladagi zo‘ravonlikni yuzaga keltiradi. Oiladagi zo‘ravonlik dunyo bo‘yicha keng ildiz otgan illat hisoblanadi. Bu zo‘ravonlikni oziqlantiruvchi ildizlar erkak va ayol fe’l-atvoriga singdirilgan, konunlashtirilib qo‘yilgan. Bunday xulq-atvor asosida avvalo diniy-an’anaviy tarbiya yotadi. Erkak zo‘ravonlik sodir etishni o‘z muammosining yechimini topishdagi birdan-bir yo‘l deb qabul qiladi. Odatda, o‘g‘il bolalar qattiqqo‘l, bir so‘zli, hattoki jahldor va tajovuzkor, qizlar esa, aksincha, muloyim, gap qaytarmaydigan, indamas, sabr-toqatli, har qanday sharoitga moslasha oladigan tarzda tarbiyalanadilar. Aholida huquqiy tarbiyani takomillashtirish, gender tengligiga erishishga harakat qilish oilada yuzaga keladigan har qanday nizo, ixtilof va muammolarni tinch yo‘l bilan bartaraf qilishga imkoniyat yaratadi. Farzandlarni esa oilaviy hayot uchun zarar keltiradigan salbiy an’analarga o‘rgatmay, bevosita gender tengligiga asoslanib tarbiya berish o‘rinlidir. XotimaAyollarning teng huquqliligi masalasi bugungi kunda inson muammosi darajasiga ko‘tarildi. Endilikda xalqaro maydonda jinslar o‘rtasidagi munosabat madaniyatini yuksaltirmasdan, ayollarning tengligiga erishish mumkin emas, degan yangi g‘oya ilgari surildi. Umume’tirof etilgan hamda O‘zbekiston ham ratifikatsiya qilgan xalqaro hujjatlar xotin - qizlarga nisbatan faqat jinsiy belgisi asosida qo‘llanuvchi istisno va cheklashlarning har xil ko‘rinishlarini jamlab, ayollarning oilaviy holatidan qati nazar, barcha sohalarda: siyosatda, iqtisodda, ijtimoiy hayotda, madaniyatda, fuqarolikda xotin - qizlarning teng huquqlarini ta’minlashga chaqiradi. Oilaviy xayot masalalarida erkak va ayollar uchun bir xil huquq va burchlarni o‘rnatishga da’vat etadi. Sog‘liqni saqlash, oilani rejalashtirishda erkak va ayollarga teng fuqarolik huquqlarini berish masalalarini o‘zida ifodalaydi. Ayollarning siyosiy va ijtimoiy hayotda, ta’lim olishda va ish bilan bandlikda, mehnat haqida ayollarning huquqlarini berish masalasini o‘zida ifodalaydi. Ayollarning siyosiy va ijtimoiy hayotda, ta’lim olishda va ish bilan bandlikda, mehnati haqida yosh ayollarning huquqlarini kamsituvchi hollarni tugatishni hamda xotin - qizlarni turmushga chiqqanida va ona bo‘lgan paytida ish bilan ta’minlash kafolatini nazarda tutadi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida shakllangan siyosat va iqtisodga oid sohalarini tartibga soluvchi qonunchiligi, yaratilgan huquqiy va tashkiliy mexanizmlar jamiyatning barcha sohalarida teng gender imkoniyatlarini ta’minlash siyosatini tanlaganligidan dalolat beradi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi qonunlari xotin - qizlarni erkaklar bilan teng shartlarda: mehnat qilish huquqi, ishga yollanishda bir xil imkoniyatlarga ega bo‘lish; erkin kasb tanlash; ta’lim olish; pensiyaga chiqqan, ishsiz qolgan, kasal yoki nogiron bo‘gan paytda, ijtimoiy ta’minlanish, sog‘liqni saqlash va xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlash huquqlari bilan ta’minlaydi. Aholida huquqiy tarbiyani takomillashtirish, gender tengligiga erishishga harakat qilish oilada yuzaga keladigan har qanday nizo, ixtilof va muammolarni tinch yo‘l bilan bartaraf qilishga imkoniyat yaratadi. Farzandlarga esa odatlarga tayangan gender vazifalarini bajarishni uqtirmay, oilaviy hayot uchun zarar keltiradigan salbiy an’analarga emas, balki ularga bevosita gender tengligiga asoslanib tarbiya berish o‘rinlidir. MundarijaMuqaddima …………………………………………………….. Birinchi bob. Gender munosabatlari umuminsoniy madaniyatlar tizimida …………………………………………. Gender tengligi g‘oyasining vujudga kelishidagi ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar ……………………………. Gender nazariyasining mohiyati va ilmiy tahlili ………………………………………………………………. Ikkinchi bob. Huquqiy madaniyat va uning ijtimoiy-falsafiy moxiyati ……………………………………………………………… Huquqiy madaniyat va uning mohiyati …………………………… Ayollar huquqiy madaniyatini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari ………………………………………….. Uchinchi bob. Ayollar huquqiy madaniyatini takomillashtirish – davr talabi ……………………............ O‘zbekistonda ayollarning gender tengligini ta’minlashning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslari ………………………………………………… Ayollar huquqiy madaniyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari ………………………………………………. Xotima …………………………………………………………….. Download 439.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling