Gulshoda o‘razalieva gender va ayollar huquqiy madaniyaTI
Download 439.4 Kb.
|
Z2MLTAJYbyAEtlfOOZhS64TVkIGQZvLUhyp1EKw5
Ayollarning teng huquqqa ega emasligining asosiy sabablari (foiz xisobida)
“Bizning respublikamizda ayollar huquqiy jihatdan kamsitiladimi?” degan savolga 57,5 foiz ayollar kamsitilmaydi deb javob berishgan. Ammo 33,4 foiz ayollar tez-tez kamsitiladi degan fikrda va respondentlarning 7,7 foizi javob berishga qiynalishgan. Ayollar asosan oila va ishda turli kamsitilishlarga uchrashmoqda. Respondentlarning fikricha 62,6 foiz ayollar oilada kamsitiladi. Bu hodisa qaynonalar tomonidan amalga oshiriladi deyuvchilar 10 foizni, 9,2 foizi erlari ayollarini pul topishga majbur qiladi desa, aksincha, 9,2 foiz erkaklar ayollarning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lishiga qarshilik qiladi degan fikrdalar. “Aytingchi, Sizning shaxsiy huquqingiz kamsitilganmi?”, “Agar Siz huquqingiz kamsitilishiga duch kelgan bo‘lsangiz, bu qanday shaklda amalga oshirilgan”, degan savolga 36,3 foiz ayollar bunday kamsitilishlarga duch kelmagan, 32,4 foiz ayollar huquqi kamsitilgan, 31,3 foizi javob berishga qiynalgan. Oilada ko‘proq kamsitilishga duch keldim degan fikrdagi ayollar asosan yangi tushgan kelinlar bo‘lib, 20 yoshdagilarning 60 foizi shu fikrni bildirishgan, 24-29 yoshlilar 42,9 foizni tashkil etishgan. “Agar Sizning huquqingiz kamsitilgan bo‘lsa, o‘z huquqingizni himoya qilish uchun qanday chora qo‘lladingiz?” degan savolga quyidagi javob olindi.
Javobdan ma’lumki, har besh ayolning bittasi huquqlari kamsitilganda hech qanday chora ko‘rmagan. Javob berishga qiynalgan ayollarning ko‘pchiligi qishloqda yashaydi. Ularning birontasi huquqni himoya qiluvchi organlarga murojaat qilmagan. O‘z huquqiy savodxonlik darajasini baholashda ham o‘ziga xoslik mavjud. Masalan, ko‘pchilik respondentlar (66,2 foiz) huquqiy savodxonlik darajasini “o‘rtacha” deb baholaganlar, 7,7 foizi yuqori, 17,9 foizi past, 2,8 foizi o‘ta past darajada deb baholashgan. Download 439.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling