Glyukagon teskari jarayon uchun mavjud - uning maqsadi qon glyukoza miqdorini oshirishdan iborat. Tana va ayniqsa inson miyasi glyukoza etishmasligiga juda sezgir, chunki u asosiy energiya substrati, shuning uchun glyukagon, birinchi yordam gormoni.
Uning vazifasi jigarda saqlanadigan glyukoza saqlovchi moddalarni o'z ichiga olgan glikogenni parchalashdir. Bundan tashqari, glyukagon glyukoneogenezni rag'batlantiruvchi omil - jigarda boshqa substratdan glyukoza hosil bo'lish jarayoni.+
III. BOB .Xulosa;
Glyukokartikoidning garmonal funksiyasining buzilishi
.
Glyukokortikoidlar – uning vazifalari shundan iboratki u odam va umurtqali hayvonlar buyrak usti bezlarining poʻstlogʻidan chiqadigan gormonlar. Kimyoviy tuzilishiga koʻra steroid. Gipofiz taʼsirida xolesterindan hosil boʻladi. Adrenokortikotrop garmon Glyukokartikoid sekresiyasini oshiradi. Organizm hayot faoliyati uchun noqulay sharoitlar (qarang Stress, Adaptatsiyey sindrom) roʻy berganda Glyukokartikoid koʻp ishlab chiqariladi. Asosiy Glyukokartikoid: gidrokortizon, kortizon, kortikosteron, 11-degidrokortikosteron. Glyukokartikoid asosan uglevodlar almashinuviga taʼsir etadi, jigarda oqsillardan glikogen sintezlanishiga va glyukoza hosil ,boʻlishiga yordam beradi; yuqori molekulali yogʻ kislotalarining biosinteziga toʻsqinlik qiladi. Glyukokartikoid biriktiruvchi va limfa toʻqimalari faoliyatini susaytirib, turli yalligʻlanishlar rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydi. Glyukokartikoid va ularning sintetik analoglari(gidrokortizon-atsetat, prednizolon) tibbiyot va veterinariyada keng qoʻllaniladi. Organizmda glikokortikoidning garmonal funksiyasining buzilishi natijasida organizmda juda katta o’zgarishlar yuzaga keladi . Glukokartikoid gormonal funksiyasi buzilishi natijasida biriktiruvchi va limfa to’qimalarining faoliyati tezlashadi va turli yallig’lanishlarning ko’payishi yuzaga keladi . Bundan tashqari organizmdagi uglevod almashinuvi uchun ham salbiy tasir korsatadi va organizmdagi glukoza hosil bolish jarayoniga ham salbiy tasir ko’rsatadi . Glukokartikoid organizmdagi hayot faoliyatiga yani noqulay sharoitlarga uchraganda kam ishlab chiqarilib organizmning muhitga moslashishini sekinlashtiradi va bu organizmga salbiy tasir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |