Guruh talabasi Abdumansurova Gulchiroyning Biologik kimyo va molekulyar biologiya fanidan


Download 0.5 Mb.
bet5/10
Sana21.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1371532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Organizmda glikokortikoidning garmonal o\'zgarishi

2.1.3. Aminokislota tabiatli garmonlar.
2.Aminokislota tabiatli gormonlar.
Qalqonsimon bez tiroksin va triyodtironin gormonlarini ishlab chiqaradL Yod tutuvchi har ikkala aminokislota hujayraning umumiy metabolizmiga ta'sir ko'rsatadi. Tiroksin kristall modda, suvda yaxshi eriydi. Ishqorning kuchsiz konsentratsiyasi eritmasida ham yaxshi eriydL Kimyoviy tabiatiga ko'ra tirozinning hosilasi hisoblanadi. Undagi yod miqdori 65% ga teng. Molekulasi optik jihatdan faol, uning L-izomeri yuqori gormonal faollikka ega.

Triyodtironin hatto tiroksindan 5 marta yuqori biologik faollikka ega. Lekin uning qondagi miqdori tiroksindan ancha kam. Umumiy olganda qondagi gormonlarning 3/4 qismini tiroksin tashkil qiladi. Uning qonda bir kecha-kunduzlik ajralishi 1 mg. Bu organizmning ayni gormonga bo'lgan talabidan ancha yuqori. Shuning uchun u to'qimalarga kelib to'plangandan keyin tezda boshqa o'zgarishlarga, ya'ni dezaminlanish, dekarboksillanish va hokazo reaksiyalarga uchraydi. Hosil bo'lgan oraliq mahsulotlarining ayrimlari biologik faollikka ega bo'lishi mumkin.
Tiroksinning qondagi ma'ium miqdorini saqlab turishda jigar muhim rol o'ynaydi. Uning qalqonsimon bezda ishlab chiqarilishi, me'yorda gipofiz gormoni tireotronin bilan teskari bog'lanish orqali boshqarilib turadi. Qalqonsimon bezda tireoid gormonlar biosintezi bir necha bosqichda boradi.
Avvalo, qon bilan kelgan anorganik yodning to'planishi va elementar yodgacha oksidlanishi, so'ng tirozin qoldiqlarining yodlanishi va yodtironinlar tuzilishining hosil bo'lishi, nihoyat, yod tutuvchi oqsil - globulinning proteolizi natijasida tiroksin va triyodtironinning ajralishi bilan yakunlanadi.
Tiroksin sintezida yodning qondagi konsentratsiyasi ham alohida ahamiyatga ega. Suvda, oziq-ovqatda yod kam bo'lsa, qalqonsimon bezning hajmi kattalashib, buqoq (endemik buqoq, shu joyga xos buqoq) kasalligi kelib chiqadi. Lekin organizmga qo'shimcha yod berib, bu kasallikning oldini olish oson va davolash mumkin. Ayniqsa, radiofaol JI31 kasallikni davolashda juda qo'l keladi.
Tireoid gormonlarning asosiy biologik roli gcnlar faoliyatini tezlashtirishga asoslangan. Hayvon organizmiga yuborilgan tiroksin osonlik bilan hujayraga kirib, yadrodagi xromatin oqsillari bilan bog'lanadi. Bu esa qator ferment oqsillari sintezini tezlashtiradi. Bundan tashqari, tireoid gormonlar uchun mitoxondrial membrana hamda sitoplazmada alohida retscptorlar topilgan. Tiroksin ta'sirida 100 dan ortiq ferment tizimlarining faolligi ortganligi aniqlangan.
Qalqonsimon bezning gormon hosil qilish funksiyasi pasaysa, ya'ni gipofunksiya holati yuzaga kelsa, endemik buqoq kasalligi rivojlanadi. Bu kasallik, asosan, ovqat tarkibida yod yetishmasligi natijasida paydo bo'Iadi. Gipofunksiya natijasida miksedema kasalligi kelib chiqadi. Bu kasallik bilan kasallangan odamlaming terisi ostida suv to'planadi, semirib ketadi. Bu vaqtda asosan suv, tuzlar va lipidlar almashinuvi buziladi. Agar yoshlikdanoq bolalarda tiroksin yetishmasa {yod kam bo'lganda) yoki bez atrofiyaga uchraganda), organizm o'sishdan to'xtaydi. Boianing bo'yi past, tana tuzilishi noto'g'ri bo'Jib, jinsiy jihatdan ham, aqJiy jihatdan ham rivojlanishdan ancha orqada qoladi. Bu kretinizm deb nomlangan qalqonsimon bezning faoliyati kuchayib, qancha tiroksin ishlab chiqarish ortsa, organizmda moddalarning oksidlanishi ham kuchayadi. Bunda PIO ning nisbati ancha kamayib, ATF zamr miqdorda sintezlanmaydi. Tanada hosil bo'layotgan energiya, asosan, atrofni isitishga sarflanadi. Bunday hoI davom etaversa, organizm ozib, yurak urishi kuchayadi, tana harorati odatdagidan yuqori bo'ladi.
Odamning ko'zi chaqchayib, go'yo kosasidan chiqib turgandek bo'ladi. Bu Bazedov kasalligi deb ataladi. U o'z vaqtida davolanmasa, yomon oqibatlarga olib keladi.
Buyrak usti bezidan gormonal faollikka ega bo'igan ikkita modda (katcxolaminlar) - adrcnalin va noradrenalin ajratib olingan.


Adrcnalin va noradrenalin buyrak usti bezining mag'iz qismida hosil bo'lib, xromofin pufakchalarida to'planadi. Noradrenalin simpatik asab tolalarining uchlarida ajralib, postsinaptik hujayralarga ta'sir qiluvchi neyromediatorlardan hisoblanadi.
Adrenalin gipotalamusdagi asab uchlarida sekretsiya qilinadi. Adrenalin rangsiz kristall modda bo'lib, suyuqlanish harorati 215-216°.
Buyrak usti bezlari mag'iz qismida yuqori biologik faollikka ega bo'lgan L-adrenalin sintezlanadi.
3.Steroid gormonlar.
Steroid gormonlar molekulasi asosini siklopentanpergidrofenantren halqasi tashkil etuvchi sterollarning hosilalaridir. Ular asosan, buyrakusti bezlarining po’st qavatida va jinsiy bezlarida ishlab chiqariladi. Ularning miqdori juda ko’p bo’lib, faqat ayrimlari yuqori gormonal faollikka ega. Buyrakusti bezlarining po’st qavatidan 46 dan ortiq steroid moddalar ajratib olingan, ularni umumlashtirib kortikosteroidlar deb nom berilgan. Ularning 8 tasi gormonal faollikka ega bo’lib, eng ahamiyatlisi-kortikosteron, dezoksikortikosteron,17-oksikortikosteron (gidrokortizon), kortizon va aldosterondir. Ular pregnalin hosilalari bo’lib, tuzilishi quyida ko’rsatilgan.




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling