Guruh talabasi Abdumansurova Gulchiroyning Biologik kimyo va molekulyar biologiya fanidan
Organizmdagi gormonlar xilma-xilligi va klasfikatsiyasi
Download 0.5 Mb.
|
Organizmda glikokortikoidning garmonal o\'zgarishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1.2. Oqsil va peptid tabiatli garmonlar.
2.1. Organizmdagi gormonlar xilma-xilligi va klasfikatsiyasi.
2.1.1. Gormonlarning molekulyar tuzilishiga kora klasfikatsiya qilish Gormonlar molekulyar tuzilishiga ko’ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi: I. Oqsil va peptid tabiatli gormonlar. Bu guruhga gipotalamus gormonlari (tiroJiberin, Iyuliberin, somatostatin va boshqalar), gipofiz gormonlari (o'suv gormoni, follikulalarni quvvatlovchi gormon, lyuteinlovchi gormon, prolaktin, tireotrop gormoni, adrenokortikotrop gormoni, gonadotrop gormoni, melanotrop gormoni, vazopressin, oksitosin), oshqozon osti bezining gormonlari (insulin, gJukagon), qalqonsimon oldi bezning gormoni (paratgormon), qalqonsimon bez gormoni (kalsitosin) kiradi. 2. Aminokislotalar xarakteridagi gormonlar. Bularga buyrak usti bezining mag'iz qismi gormoniari (adrenalin va noradrenalin) va qalqonsimon bez smi, hasharotlar va jinsiy gormonlari (tiroksin va triyodtironin) kiradi. 3. Steroid gormonlar. Bularga buyrak usti bezi po'st qi Gipotalamus gormonlari butun organizm, organ va to'qimalarning biologik funksiyalari gumoral boshqarilishini amalga oshiruvchi fiziologik bez gormonlari kiradi. 4. Gormonoid moddalar. tizimda kalit vazifasini o'taydi. Hozirgi vaqtda gipotalamusda 10 ga yaqin gormonal omil aniqlangan bo'lib, toza holda quyidagi 3 ta gormon ajratib olingan va ularning tuzilishi aniqlangan. 2.1.2. Oqsil va peptid tabiatli garmonlar. 1.Oqsil va peptid tabiatli gormonlar. Tiroliberin - gipofizdan tireotrop gormoni ajralishini ta'minlovchi gormon bo’lib, tripeptid hisoblanadi. Ushbu formuladan ko'rinib turibdiki, erkin aminoguruh yo'q, glutamat kislotaning erkin aminoguruhi y-karboksil hisobiga ichki amid hosil qilib, siklik tuzilishga aylangan. Chunki karboksil guruh amid shakliga o'tgan. Lyuliberin - gipofizdan lyuteinlovchi gormonning ajraIishini ta'minlovchi omil bo'lib, tuzilishi jihatdan dekapeptid hisoblanadi. Bu peptid ham N va C tomonlarning holatiga ko'ra tiroliberinni eslatadi, ya'ni N-uchli tomonda piroglutamat kislota, S-uchki tomonda glitsinamid shaklida joylashgan: piro - glu - gis - tri - ser - tir - ley - arg - pro - gli - NH2 Somatostatin somatotropin gormoni ajralishini to'xtatib turish vazifasini bajaradL Bu gormon tuzilishi jihatidan siklik tetradekapeptid bo'lib, 3 va 14 holatdagi sistein qoldig'i hisobiga disulfid bog' hosil qilib, sikJik shaklga o'tadi. Bu gormon, avvalo, piroglutamat kislotaga ega emasligi bilan, ikkinchidan, erkin amin va karboksil guruhga ega bo'lishi, disulfid ko'prikchasi borligi bilan yuqoridagi ikkala peptiddan farq qiladi. Gipotalamusdan tashqari, somatostatin bosh miyaning boshqa qismlarida, oshqozon osti bezi va ichak hujayralarida ham topilgan. Bu gormonning ta'sir doirasi juda keng bo'lib, u Langergans orolchalari va adenogipofiz hujayra elemcntlariga bevosita ta'sir etishi aniqlangan. Gipofiz bezi organizmdagi hukmron bez hisoblanadi. Undan bir qancha oqsil tabiatli gormonlar chiqadi: O'sish gormoni, ya'ni somatotropin gipofizning oldingi qismidan ishlab chiqariladigan oqsil. Uning molekulasi odamda yakka polipeptid zanjiridan iborat. Unda 191 ta aminokislota qoldig'i joylashgan bo'lib, molekular massasi tarkibidagi aminokislotalar qoldig'i turiga qarab o'zgaradi: Masalan, maymunlarda uning molekular massasi 25400, aminokislota qoldig'i - 241 ta, qoramolda 46000 va 396 ta. Somatotropinning metabolik jarayonlarga ta'sir etish doirasi juda keng. U oqsil, nuklein kislotalar va glikogen sintezini tezlatadi, skcJet normal rivojlanishini ta'minlaydi. Buyrak faoliyatiga ta’sir etib, suv va mineral moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Shuningdek,yog’larning parchalanishini, yog’ kislotalar va glyukozaning oksidlanishini kuchaytiradi. Bularning hammasi organizmning o’sishini ta’minlaydi. Tireotropin (TTG). U ham gipofizning oldingi qismida ishlab chiqariladigan oqsil. Lekin u kimyoviy tabiatiga ko’ra glikoproteinning molekulyar massasi 28300 ga teng. Tarkibida 3.5% geksozalar, 2.55 glukoza bo’lishi aniqlangan. Ikkita nokovalent bog’langan A va B kichik birliklardan tashkil topgan. Ularning molekulyar massasi 13600 va 14700 ga teng. A kichik birlik, ya’ni TTG A 96 ta aminokislota qoldig’idan tashkil topgan, B kichik birlik, ya’ni TTG B o’zida 112 ta aminokislota qoldig’ini saqlaydi. Tireotropin qalqonsimon bez funksiyasini, ya’ni unda ishlab chiqiladigan asosiy gormon biosintezini boshqaradi. Uning miqdori kamayganda bu bezning hajmi kichiklashganligi kuzatilgan. Uning miqdori ortganda qalqonsimon bezda yod va kislorodning yutilishi kuchayadi, glukozaning oksidlanishi, DNK sintezi tezlashadi. Bu esa qondagi tiroksin miqdorining ortishiga sabab bo’ladi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, tiroksin miqdorining ortib borishi, o’z navbatida, tireotropin sintezining kamayishiga olib keladi. Umuman olganda, ularning funksiyasi teskari bog’lanish mexanizmi prinsipida boshqariladi. Vazopressin kimyoviy tarkibiga ko’ra nopeptid bo’lib, gipofizning orqa bo’lagida ishlab chiqariladi. Aslida bu -gormon gipotalamusning alohida neyronlarida sintezlanib, gipofizga o’tadi. Vazopressin buyrakning distal kanalchalarida suvning qayta so'rilishini ta'minlash orqali, asosan, suv almashinuvini boshqarib turadi, qon plazmasining osmotik bosimi bir xilda saqlanib turishiga imkon beradi. Bundan tashqari, bu gormon ham silliq muskullar qisqarishini quvvatlaydi. Lekin bu ta'sir vazopressinning asosiy vazifasi emas. Vazopressin qon bosimini oshiradi. Agar u yetishmasa, haddan tashqari ko'p miqdorda siydik ajraladi, bu kasallik qandsiz diabet deb ataladi. . Oksitotsin ham xuddi vazopressin singari gipofizning orqa bo'lagi gormoni bo'lib, kimyoviy tabiatiga ko'ra nonapeptiddir.rUning tuzilishi vazopressin bilan bir davrda, ya'ni 1953-yilda Dyu-Vino va uning xodimlari tomonidan aniqlangan. Oksitotsinda ham xuddi vazopressindagi singari 1 va 6 holatdan sistein qoldiqlari o'zaro disulfid bog' hosil qiladi. U 3-holatdagi fenilalanin o'rniga izoleysin, 8-holatdagi arginin o'rniga o'tadi. Leysin almashganligi bilan vazopressindan farq qiladi. Oksitotsinning faolligi disulfid bog'iga bog'liq. Shu sababli oksidlovchilar yoki qaytaruvchilar ta'sirida oksitosinning ta'siri susayadi yoki butunlay faolligini yo'qotadi. Oksitotsinning faolligi 4,5-9-holatdagi amid guruhlariga ham bog'Jiq. Oksitotsin bachadonning silliq muskullari qisqarishini tezlashtiradi va tug'ishni yengillashtiradi. Sut bezlari alveolalari atrofidagi muskul tolalarining qisqarishini quvvatlab, sut ajralishini ta'minlaydi. Oshqozon osti bezining gormonlari insulin. U birinchi marta sof kristall holda ajratib olinib, tuzilishi o'rganilgan va sun'iy sintez qilingan oqsll gormon hisoblanadi. Uning molekulasi 2ta polipeptid zanjiridan tashkil topgan bo'lib, A zanjirda 21 ta, B zanjirda 30 ta aminokislota qoldig'i ma'ium tartibda joylashgan. Ko'pchilik hayvonlarning oshqozon osti bezi Langergans orolchasining ~-hujayrasidan ajratib olingan. Insulin faqat ayrim aminokislotalar qoldig'i bilan farq qiladi. Molekular massasi 6000 ga tcng. Uning dimer va multimer holatdagi shakllarining molekular massasi mos ravishda 12000 va 36000 ga tcng. Insulinning asosiy biologik funksiyasi karbonsuvlar almashinuvida, xususan, qondagi glukoza miqdorining bir me'yorda saqlanib turishida ishtirok etishidir. lnsulin me'yoriy holatda bir kecha-kunduzda 2 mg ajraladi. Qonda uning miqdori kamaysa, glukoza ortib ketadi. Agar qondagi glukoza miqdori buyrakning o'tkazuvchanlik chegarasidan yuqori bo'lsa, u holda qand siydik orqali tashqariga chiqarib yuboriladi, bu kasallik qandli diabet deb nomlanadi. Kasallik davrida siydikdagi glukoza miqdori 3-5% gacha, ayrim hollarda undan ham yuqori bo'lishi mumkin. Har xii ekzogen va endogen omilJar ta'sirida oshqozon osti bezining olib tashlanishi yoki insulin sintezining yo'qotilishi, yuqorida aytganimizdek, og'ir kasallik - qandli diabetga olib keladi . Bu esa har xii moddalar almashinuvi, ayniqsa, karbonsuvlar va lipidlar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Buning natijasida qonda qand ko'payib ketadi (giperglikemiya), keton tanachalari (ketonemiya), siydikda glukoza ko'p ajratiladi (glukozuriya), keton tanachalari (ketonuriya), jigarda glikogen darajasi pasayadi. Qandli diabet bilan kasallangan kishiga insulin yuborish bilan yuqorida ko'rsatilgan kamchiliklarni mc'yorga keltirish yoki hayotni saqlab qolish uchun imkon berish mumkin. Glukogon ham pcptid gormon bo'Jib (bitta peplid zanjiri, 29 ta aminokislota qoldig'i bor), mc'da osti bezida, Langcrgans orolchalarining A-hujayralarida sintczlanadi) Glukogonning qondagi miqdori 100 mg/% (3.10-4 molll atrofida); karbonsuvsiz ovqat yeyilgandan keyin va ochlik paytida glukogcn konsentratsiyasi 1,5-2 baravar ko'payib qoladi. Glukogon glikogen bilan yog'larning safarbar etilishini jonlantiradi, shu jihatdan u adrelanin bilan noradrenalinga o'xshab kctadi. Glukogon xuddi adrenalin singari hujayra ichidagi idora etish mexanizmlariga adenilatsiklaza tizimi orqali ta'sir o'tkazadi. Bularning o'rtasidagi tafovut quyidagidan iborat: adrcnalin muskuilarga zo'r kelgan paytlarda yoki stresslar ta'siri ostida qonga ajralib chiqadi va organizmning zudlik bilan zo'r berib ish lab borishini ta'minlash uchun xizmat qiladi, qondagi glukogen konsentratsiyasi esa ovqatlanish maromiga bog'liq bo'ladi va ovqat hazmi oxiriga yetgandan kcyin asta-sekin ortib boradi. Qondagi insulin va gIukogon konsentratsiyalari bir-biriga qarama-qarshi tarzda o'zgaradi: insulin (glukogon nisbati) ovqat hazm bo'layotgan mahalda hammadan katta va ochlik paytida hammadan kichik bo'ladi. Bu gormonlar moddalar almashinuviga ham tcskari ta'sir ko'rsatishini ta'kidlab o'tamiz: jumladan insulin glikogcn va yog'lar sintezini kuchaytirsa, glukogen bularning safarbar bo'lishini kuchaytiradi. Insulin ta'siri ostida qondagi glukoza miqdori kamayadi, glukogen ta'siri natijasida esa ortadi. Gipoglukozemik holatlarga davo qilish uchun glukogonning qo'llanishi shunga asoslangan. Paratgormon qalqonsimon bcz oldida joylasbgan parateroid bezlardan ishlab chiqariladigan gormon. Uning molekulasi bitta polipcptid zanjiridan iborat bo'Jib, Unda 84 ta aminokislota ma'ium tartibda joylashgan. Molekular massasi 9510 ga teng. Polipeptid zanjirining N-uchida alanin, S-uchida glutamin joylashgan. Paratgormon kalsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi. Uning miqdori kamayganda, kalsiyning qondagi miqdori ham kamayib, fosfor ortadi. Agar ovqatda uzoq vaqtgacha kalsiy miqdori kam bo'isa yoki uning ichakda so'rilishi buzilsa, muayyan gormon ko'p ishlab chiqarilib, suyakdagi kalsiy fosfatni ancha o'tkazadi. Albatta, bu gormon qondagi kalsiy va fosfat ionlari konsentratsiyasini me'yorida saqlab turganda B vitamini bilan hamkorlikda bo'ladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling