Guruhi talabasi Bekturdiyeva Orastaning Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan Kurs ishi


Download 161.59 Kb.
bet14/22
Sana25.06.2023
Hajmi161.59 Kb.
#1654367
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Bekturdiyeva Orasta 19-10 TIM kurs ishi

Kun va Tun
O’qituvchi doskaga ikki yoki undan ortiq so’zni yozadi. O’quvchilar o’qiganlaridan so’ng “tun” deb buyruq beradilar. Bolalar ko’zlarini yumib oladilar va o’zlarini uxlaganga soladilar. O’qituvchi so’zlardagi biror harfni yoki bo’g’inlarni almashtirib qo’yadi. “Kun” degan buyruqdan keyin o’quvchilar ko’zlarini ochadilar va qanday o’zgarishlar bo’lganligini aniqlaydilar. Bu o’yin o’quvchilarning diqqatini jamlashga va so’zlarning to’g’ri yozilishiga e’tibor qaratishlariga yordam beradi. Agar o’quvchilar so’zlarni yozilishini yaxshi bilsalar imloviy xatoga yo’l qo’yishmaydi.
O‘zim tekshiraman”
Bunday o‘yinlar o‘tkazishda o‘qituvchi kichik hajmdagi diktantlarni tanlaydi. Bunday o‘yinlarni har bir boshlang‘ich sinfda darsning avvalida o‘tkazish mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarga kichik hajmdagi diktant yozdiradi. Barcha o‘quvchilar yozib bo‘lishgach o‘qituvchi xattaxtaga diktantni yozib ko‘rsatadi. Diktant oldin xattaxtaga, usti yopib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘qituvchi pardani ochadi. O‘quvchilar esa o‘qituvchi yozganiga qarab o‘zlarini diktantlarini tekshiradilar. Bunday diktantlarni hatto alifibe darsida ham qo‘llash mumkin bo‘lib, o‘qituvchi avvaliga faqat harfilardan, so‘ngra (undosh harflar bilan tanishdirilgach) bo‘g‘inlardan iborat diktant yozdirsa bo‘ladi.
1 -variant: O.o. I.i. U. u. A. a. O‘.o‘.
2 -variant: - Lo. – no. – to. – mi. – in.
3 - variant: Bola. lola. ona. zar. par.
4 - variant: Bugun havo issiq.
Noto‘g‘ri jumla”
Bu o‘yin suratlar asosida o‘tkaziladi. O‘quvchini suratni tasvirlab berishi asnosida suratlarga tegishli bo‘lmagan jumlalarni ham ishlatadi. O‘quvchilar ziyraklik bilan shu jumlalarni topishlari lozim.O‘quvchilardan bu o‘yin davomida ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlik va diqqat talab qilinadi. Ular suratni sinchkovlik bilan kuzatib turib o‘qituvchining hikoyasini ham diqqat bilan tinglab turadilar. Har bir noto‘g‘ri jumlalarni topa bilish ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini va darsga qiziqishini orttiradi. Bu o‘yin-dan faqat ona tili darslariga emas, darsdan tashqari mashg‘ulotlarga ham foydalanish mumkin. 1–variant (Manba.T.G‘afforova va b.q “Ona tili” 1-sinf uchun darslik. 2009 y. 36 - bet 62 mashq.)Hasan tuxumlarni joyiga qo‘ydi. Bir necha kun o‘tdi. Nigora koptogini yo‘qotib qo‘ydi. Qaldirg‘och bola ochdi.(Nigora matnda yo‘q.)
2 -variant: (Manba shu darslik. 52 bet 96 - mashq.)Bobomiz Amir Temur bog‘lar yaratgan.Bog‘larning ichiga saroy, hovuz, favvora qurdirgan. Gulnora kitob o‘qib o‘tirgan edi. U yerlarda mevali daraxt, chinor, gul ektirgan (javob: Gulnora haqidagi jumla matnga tegishli emas.) 3 -variant : (Manba shu darslik 60 –bet. 109-mashq.)

Harflarni top”


Bu o‘yinni og‘zaki o‘tkazish yoki rasmli testlarda tovushlarning o‘rnini topishda qo‘llaniladigan rangli to‘rtburchak qog‘ozchalar vositasida ham o‘tkazish mumkin. Bunda ikki xil rangda To‘rtburchak qog‘ozchalar olinadi. O‘qituvchi so‘zlarni o‘qiydi. O‘quvchilar esa mustaqil ravishda topish lozim bo‘lgan tovush o‘rnini bir xil rangda qolgan tovushlar o‘rnini ikkinchi xildagi qog‘ozchalar bilan ko‘rsatadilar. Masalan: "Ona" so‘zidagi “a” tovushining o‘rnini shunday ko‘rsatadilar.






-










Yoki tovushlar tuzilishini chizib ko‘rsatadilar








-







Bu o‘yindan o‘qituvchi o‘quvchilarning savodini chiqarishda samarali usil sifanida foydalanishi mumkin.


O‘quvchilarning nutqini rivojlantirish maqsadida o‘yinni og‘aki o‘tkazish ham mumkin.
1 - variant: "A" " tovushining o‘rnini topish.
Ona. maktab. kino, kitob.
"Maktab" so‘zida “a” unlisi birinchi bo‘g‘inda ikkinchi o‘rinda turibdi. Ikkinchibo‘g‘inda ham ikkinchi o‘rinda turibdi;


















--
















"Kino va "Kitob" so‘zlarida "A" tovushi qatnashmagan.


2 -variant: "T" " tovushining o‘rnini topish,
Komil. kitob. safar. xat.
3. variant: "K" tovushining o‘rnini topish.
Karim. maktab. odam. tilak,
Sirli so‘z”
O‘qituvchi o‘quvchilarga sirli katakchalarda bir xil so‘z necha marta yozilganligini topishni aytadi. Eng ko‘p topgan o‘quvchi g‘olib sanaladi. "Sirli so‘z" o‘yini o‘quvchilarga boshqotirmalarni hal etishdagi dastlabki ma‘lumotlarni beradi va ularning dunyoqarashini kengaytirishga yordamberadi.

N

О

N

О

О

О

N

О

N
"Sirli so‘z" o‘yini ona tili, o‘qish darslari samaradorligini oshirish uchun yoki turli ertaliklarning qiziqarli o‘tishi uchun juda qo‘l kelishi mumkin.


1-вариант


Download 161.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling