Guruhi talabasi Bekturdiyeva Orastaning Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan Kurs ishi


Download 161.59 Kb.
bet15/22
Sana25.06.2023
Hajmi161.59 Kb.
#1654367
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Bekturdiyeva Orasta 19-10 TIM kurs ishi

"So‘zo‘yini"
O‘quvchilar guruhlarga yoki qatorlarga ajratiladi. Har bir guruh boshidagi o‘quvchiga har xil harf yozilgan qog‘oz tarqatiladi. O‘yin boshlangunga qadar guruh ishtirokchilari qog‘ozda qanday harf yozilganligini ko‘rmasliklari lozim. O‘qituvchi buyruq berishi bilanoq boshlovchi o‘quvchilar qog‘ozni o‘ngarib unda yozilgan harfni ko‘radilar va shu harf bilan boshlanadigan so‘z topib yozadilar. So‘ng orqada turgan o‘quvchiga uzatadilar. Guruh yoki qator oxiridagi o‘quvchi o‘yin tugagach qog‘ozni o‘qituvchiga keltirib topshiradi. O‘yinni birinchi bo‘lib tugatgan va so‘zlarni to‘g‘ri yozgan o‘quvchilar guruhi g‘olib sanaladi. Bu o‘yindan dars jarayonida yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, ertaliklarda foydalanish mumkin.
Dars ishlanma №1 (4-sinf)
Darsning mavzusi: Tovush va harflar. (90-93-mashqlar)
Darsning maqsadi: ta’limiy: tovushlar, ularning so‘z ma’nolarini farqlashi, to‘g‘ri talaffuzi, belgilari, tovushlarning harflar bilan yozilishi, harflarning belgilari, grafik jihatdan to‘g‘ri shakllantirish haqidagi bilimlarini eslatish orqali mustahkamlash; FK1:unli va undosh tovushlar talaffuzi va imlosi, so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish va ko‘chirishni, so‘zlarni bo‘g‘in-tovush va tovush-harf jihatdan tahlil qilishni bilish;
FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila olish, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila olish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish; TK4:o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish; TK6:kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qiy olish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilardagi fonetik idrokni rivojlantirish;
TK2:media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish.
Darsning turi: mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analitik-sintetik metodi, ta’limiy o‘yin.

Download 161.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling