Guruhi talabasi Bekturdiyeva Orastaning Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan Kurs ishi


IV. Darsga yakun yasash va baholash


Download 161.59 Kb.
bet17/22
Sana25.06.2023
Hajmi161.59 Kb.
#1654367
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Bekturdiyeva Orasta 19-10 TIM kurs ishi

IV. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa.
93-mashq. So‘zlarni o‘qing. Ularda nechta tovush va harf borligini ayting.
Oila, radio, teatr, manfaat, kakao, mutolaa, sharbat, harf, tong, shisha, chavandoz, manfaat
Dars ishlanma №2
Darsning mavzusi: Undosh tovushlarning aytilishi va yozilishi. (97-100-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarning unli va undosh harflarning o‘ziga xos xususiyatlari, jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi va imlosi haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash; FK1:unli va undosh tovushlar talaffuzi va imlosi, so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish va ko‘chirishni, so‘zlarni bo‘g‘in-tovush va tovush-harf jihatdan tahlil qilishni bilish; FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila olish, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila olish;
tarbiyaviy: kattalarga hurmatda bo‘lish, ularni qadrlashga o‘rgatish;
TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish; TK4:o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish; TK6:kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qiy olish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ijodiy matn yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirish; FK1: o‘qituvchi nutqini va mavzuga oid tushunchalarni, o‘zaro savol-javob, topshiriqlarni, kichik matnlarni, mavzu doirasidagi video va audio (multimedia ilovalari) matnlarini tinglab tushuna olish.
Dars turi: mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analiz, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.

Download 161.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling