Guruhi talabasi Bekturdiyeva Orastaning Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan Kurs ishi


IV. Darsga yakun yasash va baholash


Download 161.59 Kb.
bet21/22
Sana25.06.2023
Hajmi161.59 Kb.
#1654367
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Bekturdiyeva Orasta 19-10 TIM kurs ishi

IV. Darsga yakun yasash va baholash.

  • Darsda nimalar ustida ishladik?

  • Mashqni bajarish jarayonida qaysi so‘z turkumi haqida fikr yuritdik.

  • Birlikdagi otlarni qanday qilib ko‘plik shakliga o‘zgartirish mumkin.

  • -lar qo‘shimchasini hamma otlarga ham qo‘shishi mumkinmi?

O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholanadi hamda rag‘batlantiriladi.
V. Uyga vazifa.Uyga 152-mashq beriladi.
XULOSA
Gap ustida ishlash o‘quvchilarining nutqini o‘stirishda muhim ahamiyatga ega. Gap ustida ishlashning asosiy vazifasi o‘quvchilarini sintaktik jihatdan to‘g‘ri va aniq gap tuzib, tugallangan fikr bildirishga o‘rgatish hisoblanadi. Gap (Grammatik jihatdan o‘zaro bog‘langan, tugallangan mazmun va tugallangan intonatsiyaga ega bo‘lgan) nutq birligi bo‘lib, aloqa maqsadiga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun muhimi, birinchidan, gap nutq birligi ekanligidir. Shunday ekan, nutqqa oid mashqlarga qo‘yilgan talablar gap ustida ishlash mashqlariga ham taalluqlidir; ikkinchidan, gap - grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan birlik, shunday ekan, gap ustida ishlash grammatika bilan chambarchas bo‘gliq bo‘lib, bu jarayonda gap qurilishi, gapda so‘zlarning bog‘lanishi va gapning turlari ustida ishlash juda muhimdir; uchinchidan, gap,nutq va til birligi bo‘lib, tugallangan mazmunni bildiradi. Binobarin, gapning mazmuniy asosi, mazmun ottenkalari ustida ishlash va ularning gap tuzilishiga bog‘liqligi ustida ishlash ham zarur; to‘rtinchidan gapning intonatsiyasi katta ahamiyatga ega, shuning uchun intonatsiya ustida ishlash, intonatsiyaning mazmun bilan bog‘liqligini tushuntirish kerak. “Ta`lim to‘g‘risida”gi Qonunda “O‘qitishni ilg‘or shakllari va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, ta`limning texnik va axborot vositalari o‘quv jarayoniga joriy etish” asosiy masalalardan biri deb ko‘rsatilgan. Ta`lim jarayonini yangi mazmun va yangi shaklda yo‘lga qo‘yish masalasi, eng avvalo, ona tili ta`limiga taalluqlidir. O‘quvchini ta`lim jarayonining sub`ektiga aylantirishda interfaol metodlar hal qiluvchi omillar sanaladi. Ona tilidan tashkil etiladigan interfaol metodlar o‘quvchini izlanishga, ijodiy faoliyat ko‘rsatishga, o‘rganilayotgan til hodisalarining mohiyatini aniqlab, hukm va xulosalar chiqarishga undaydi. Ta`limiy o‘yinlar har bir o‘quvchiga o‘zini namoyish etish, o‘z fikr – mulohazalarini himoya qilish, topshiriqni shavqu - zavq bilan bajarish imkoniyatini beradi. Har bir shaxsda tarbiyalanishi zarur bo‘lgan ijobiy sifatlar: tezkorlik, sezgirlik, topqirlik, hushyorlik, qat`iyatlik, bilimdonlik, mustaqillik, tadbirkorlik, ijodkorlik kabilar ko‘pincha ta`limiy o‘yinlar orqali tarkib toptiriladi. Ona tili bilan iftixor qilish, uni asra – avaylash, rivojlanishi, istiqboli haqida qayg‘urish iz uchun azaliy me’ros, qadimiy an’ana, ezgu qadriyatdir. Zero, bu til Navoiy va Bobur, Munis va Ogahiy, Muqimiy va Furqat, Anbar otinlar tilidir. Bu til dunyoga ilk bor turkiy ”Xamsa”ni tadbiq etgan tildir. Shuning uchun ham biz o‘quvchilarni ona tilini 1–sinfdanoq chuqur o‘rganib borishga, qadrlashga va hurmat qilishga o‘rgata borishimiz lozim. Bugungi kunda maktabda ona tilini o‘rgatish o‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish, ularning bilish faoliyatini boyitish, nutq ko‘nikmalarini hosil qilish, ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi asosiy masalalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek o‘quvchilar boshqa fanlardan beriladigan bilimlarni puxta o‘zlashtirishlari va olgan bilimlarini hayotga qiynalmay tadbiq eta olishlari uchun ham ona tilini yaxshi bilishlari, fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda erkin ifodalay olishlari kerak. Chunki ona tili boshqa fanlarni o‘rganishning kaliti hisoblanadi.


Download 161.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling