Guruhi talabasi Bekturdiyeva Orastaning Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan Kurs ishi


Download 161.59 Kb.
bet16/22
Sana25.06.2023
Hajmi161.59 Kb.
#1654367
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Bekturdiyeva Orasta 19-10 TIM kurs ishi

Darsning jihozi: tovushlar uchun katakchalar, kesma harflar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

Husnixat daqiqasi:
Hisobli do‘st ayrilmas.

O‘tilgan mavzuda berilgan uyga vazifasini tekshirish. 88-mashq qanday bajarilganini aniqlash.
Saylanma diktant.
‒ Ona tiliga oid so‘zlarni yozib oling.
Kino, gap, kesim, kulmoq, o‘yin, ayiruv, matn, ega, burchak, lug‘at, qo‘shimcha, alifbo.
III. Mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash.
90-mashq.
‒ She’rni ifodali o‘qing. Shoir she’rni nima haqida yozgan?
‒ Ajratilgan so‘zlarda nechta tovush bor?
‒ Ular nechta harf bilan yozilgan?
‒ She’rning misralari qanday harf bilan boshlangan?
‒ Gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yilgan?
‒ She’r necha misradan iborat?
‒ She’r misralaridagi qofiyadosh so‘zlarni toping.
‒ O‘zbek tilida nechta tovush bor?
‒ Tovushlarni yozuvda nima bilan ifodalaysiz?
‒ Tildagi tovushlar nechta harf bilan ifodalanadi?
Bizning nutqimiz so‘zlardan iborat. So‘zlar tovushlardan iborat. Tovushlarni biz talaffuz qilamiz va eshitamiz. Tovushlar yozuvda harflar bilan belgilanadi. Harflarni biz ko‘ramiz va yozamiz. Tovushlar orqali so‘zlar bir-biridan farqlanadi: tut, tol, til.

1-topshiriq.
O‘qing. Nuqtalar o‘rniga so‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan harflarni mosini qo‘ying.
Yuqoridagi topshiriqni bajarish uchun nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi harflarni qo‘yishlari lozim.

91-mashq. O‘quvchilar mashq sharti bilan tanishgach, so‘zlarni daftarlariga yozib oladilar. So‘z ma’nolarini farqlayotgan tovushlarning tagiga chizadilar. So‘z ma’nolarini o‘qituvchi yordamida izohlaydilar.
1.Mard — mart, yod — yot, sop — sof.
2.Shoh — shox, xush — hush, uxladi — uhladi.
3.Asr — asir, asl — asil.
‒ So‘zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang.
‒ Qaysi tovushlarning aytilishi yozilishiga mos kelmaydi? Nima uchun? O‘ylab ko‘ring.
92-mashq. O‘qing. So‘zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang.
Ko‘chiring. So‘zlarning yozilishini yodingizda tuting. So‘zlarning aytilishi va yozilishida farq bormi?
Manfaat so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toping.
Bu so‘zlarni qanday talaffuz qilish kerak?
O‘qituvchi mashqdagi so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzini tushuntiradi. So‘z boshidagi a unli tovushi o deb talaffuz etilsa-da, a tarzida yoziladi. So‘z oxirida btovushini p tarzida, d tovushini t tarzida, 2-bo‘g‘indagi u tovushini i tovushiga moyil aytish to‘g‘i talaffuz.

2-topshiriq
Berilgan so‘zlar tovush-harf tomonidan tahlil qilinadi.
Topshiriqni bajarish uchun harflar, tovushlar, bo‘g‘inlar soni so‘ralgan joyda 1-9 gacha raqamdan kerakligini tanlashlari, unlilar, undoshlar, jarangli va jarangsiz undoshlar deyilgan joydagi klaviaturadan shu so‘zga tegishli harflarni tanlashlari lozim. 1-so‘z tahlili tugagach, 2-so‘z chiqadi va keyingilari shu tartibda bo‘ladi.

So‘z tuz” ta’limiy o‘yin. Unlini o‘zgartirib yangi so‘z tuza olasizmi? Ko‘z, bol, to‘n, tosh, kit so‘zlari beriladi.
Demak, tovushlar so‘zning ma’nosini o‘zgartirib yuborar ekan. Shuning uchun so‘zlarni to‘g‘ri yozish lozim. Unli bo‘lmasa shu so‘zlarni tuzib bo‘larmidi? — savoliga javob beradilar.

Download 161.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling