H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

LK
=0 ga bo‘ladi. Kobb-Duglas ishlab 
chiqarish funksiyasi uchun (4.8-V chizma) 
L
K
MRTS
LK


=
bo‘ladi, o‘rin 
almashish darajasining izokvanta bo‘ylab harakat qilishi sayin kamayib borishi 
bilan tavsiflanadi. O‘rin almashish qayishqoqligi doimiy bo‘lgan ishlab 
chiqarish funksiyasi – CES funksiyasi uchun (4.8 G– chizma)–MRTS
LK
=–β 
bo‘ladi. 
4.8- chizma. 
 


117 
Masshtab (ko‘lam) samarasi 
Uzoq muddatli davrda firma nafaqat ishlab chiqarish omillari 
kombinatsiyasidan foydalanish,
shu bilan birga, qo‘llanilayotgan omillar 
miqdorini o‘zgartirish, ya’ni ishlab chiqarish ko‘lamini o‘zgartirish imkoniga 
ega. Ma’lum bo‘lishicha, omillarning bir xil nisbatda o‘zgartirilishi turli 
natijalarga olib kelishi mumkin ekan. Ishlab chiqarish hajmining nisbiy 
o‘zgarishi va ishlab chiqarish omillari sarfining nisbiy o‘zgarishi o‘rtasidagi 
nisbat ko‘lam samarasi, deb nomlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan nisbat 
xususiyatidan kelib chiqib: ko‘lamning ijobiy (o‘sib boruvchi) samarasini
bunda ishlab chiqarish hajmi omillar sarfiga qaraganda ko‘proq nisbatda 
ko‘payib 
boradi 
–F(aX)ni, ko‘lamning doimiy (o‘zgarmas) 
samarasini, bunda ishlab chiqarish hajmi omillar sarfi qanday nisbatda 
oshirilgan bo‘lsa shunday nisbatda o‘zgarib boradi –F(aX)=aF(X)ni va 
ko‘lamning salbiy (kamayib boruvchi) samarasini, agar ishlab chiqarish hajmi 
ishlab chiqarish omillari sarfiga nisbatan kam nisbatda ko‘payib borsa – 
F(aX)>aF(X) ni bir-biridan farqlashadi. 
Ko‘lam samarasining ta’siri haqida gapirilar ekan, uning xususiyati shartli 
ekanligini nazarda tutish kerak: 
a) kamayib boruvchi samara qonuni ta’siri bilan emas (barcha omillar 
o‘zgaruvchan hisoblanadi); 
b) biror omildan foydalanish intensivligi bilan emas (omillar nisbatining 
o‘zgarmasligini taxmin qiladi). 
Ishlab chiqarishning har qanday darajasi uchun ishlab chiqarish omillari 
nisbatining o‘zgarishsiz saqlab qolinishi izokvantalar xaritasini tahlil qilib, 
ko‘lam samarasi ta’sirini kuzatish imkonini beradi. Agarda omillar hajmining 
bir xil nisbatda ko‘paytirilishida izokvantalar yaqinlashsa, bu ko‘lamning 
samarasi ijobiy ekanligidan; agar ular bir-biridan uzoqlashsa, ko‘lamning 
samarasi salbiy ekanligidan; bir xil odim saqlanib qolsa, samarasi doimiy 
ekanligidan dalolat beradi. 
Ko‘lam samarasi ta’sirining yo‘nalishini idora qiluvchi qonunlar mavjud 
emas, ko‘lam samarasining xususiyatini empirik kuzatishlar yo‘li bilan 
aniqlash mumkin. Shu munosabat bilan ko‘lam samarasi o‘sishiga xizmat 
qiluvchi omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: 
a) o‘lcham omilining ta’sirini (100 vattli lampochkalarni ishlab chiqarish 
40 vattli lampochkalarni ishlab chiqarishga nisbatan 2,5 barobar ko‘p 
xarajatlarni talab qilmaydi); 
b) mehnat taqsimoti chuqur bo‘lgani bois unumdorlikning o‘sishini; 
v) yangi texnologiyalar va texnikani qo‘llashning keng imkoniyatlarini; 


118 
d) yuqori malakali ishlab chiqaruvchi kuchlardan foydalanish va 
boshqaruvni ixtisoslashtirishni. 
Ko‘lam ta’siridan samaradorlikning o‘sishiga qarshilik ko‘rsatuvchi 
omillar sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish lozim: 
a) ishlab chiqarishda muammolar va avariyalar mumkinligini; 
b) boshqaruv va muvofiqlashtirishning qiyinchiliklari oshib borishini; 
g) ma’muriyat uchun xarajatlarning ko‘payib borishini. 
Ko‘lam samarasi ta’sirining xususiyati va davomiyligi texnologiya 
xususiyatlariga bog‘liq ekanligi bois, har bir tarmoqda ishlab chiqarishning o‘z 
optimal ko‘lami mavjud bo‘ladi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling