5 BOB. ISTE’MOL NAZARIYASI ASOSLARI
5.1. Iste’molchi afzalliklari va foydalilik
Bozor talabini shakllantirish zamirida ayrim iste’molchilarning ma’lum
ne’matlarga talabini hal etish yotadi. Ne’mat – bu iste’mol nazariyasi bo‘yicha
iste’molchiga ma’lum (turg‘un, bashorat qilingan) qoniqish keltiradigan, ya’ni
uning moddiy farovonligi darajasini oshiradigan har qanday iste’mol
ob’ektidir. Ko‘pincha ne’matlar alohida-alohida emas, muayyan termalar
(komplektlar yoki savatlar) holida iste’mol qilinadi. Ne’matlar termasi – bu
ma’lum bir vaqtda birgalikda iste’mol qilinadigan har xil ne’matlarning
ma’lum miqdoridir.
Iste’mol ko‘pchiligi (iste’mol qilinadigan ko‘pchilik)ni tashkil etuvchi
iste’mol ne’matlarining barcha mavjud termalari ko‘pchiligini ifodalovchi
grafikni ko‘rib chiqamiz. Geometrik talqin iste’mol ko‘pchiligining
ko‘rgazmali tasviri hisoblanadi, unda iste’mol ko‘pchiligi tegishli ne’matlar
makoni ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Buning uchun iste’mol ko‘pchiligi
tarkibiga kiruvchi ne’matlarning har bir turi erkin holda tartib raqamlari bilan
belgilanadi. Terma tarkibiga kiruvchi ne’matlarning jami n turlari uchun n
miqdordagi raqam hosil bo‘ladi. Bunday raqamga tegishli nisbatda shu tarzda
n o‘lchovli makonda shakllantiriladigan koordinataning o‘qlaridan biri
qo‘yiladi. Shunda terma tarkibiga kiruvchi, ma’lum i turidagi ne’matlarning X
miqdori n o‘lchov makonining ushbu i o‘qi bo‘ylab joylashgan X
i
koordinatasining tegishli miqdori bilan ta’riflanadi. Bunday makonning barcha
n o‘qlari bo‘ylab joylashgan ne’matlar X
i
dan X
n
ga qadar bo‘lgan barcha
koordinatalar yig‘indisi holida A (X
1
, X
2
, ….., X
Do'stlaringiz bilan baham: |