H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


tanlovi nazariyasining aksiomasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

tanlovi nazariyasining aksiomasi hisoblanadi. Iste’molchining fe’l-atvorini 
izohlovchi nazariyani qurish uchun kamida ana shu fe’l-atvorning o‘zi bo‘lishi 
zarur, ya’ni muayyan iste’mol qiluvchi sub’ekt iste’mol sohasida muayyan 
qaror qabul qilishi va uni amalga oshirishi, masalan, ma’lum rangdagi va 
chizmadagi gulqog‘ozni tanlashi hamda uni sotib olishi kerak. Ammo birorta 
ham amaliy, hatto sukut saqlab qabul qilingan qarorni iste’molchi ko‘rib 
chiqilayotgan ne’matlar va ularning kombinatsiyalariga o‘z munosabatini 


122 
oldindan aniqlamay turib qabul qilmaydi. Shuning uchun xarid qilayotgan 
iste’molchi taqqoslayotgan ikki buyumlar termasidan qaysi birini yaxshi deb, 
yoxud ularni bir-biriga teng deb hisoblashini aytishi mumkin. Bu A>B yoki 
A yoki A~B ko‘rinishidagi har qanday A va B termalari uchun, «>» belgisi 
imtiyoz berish munosabatini, «~» belgisi tenglik yoki farqi yo‘qligi 
munosabatini ifodalaydi. Aslini olganda, gap muayyan iste’molchi uchun 
ne’matlar turli termalarining prinsipial qiyoslanishi haqida bormoqda. 
Iste’molchi imtiyozlarining tranzitivligi aksiomasi iste’molchi tanlovi 
nazariyasining ikkinchi zarur sharti hisoblanadi. Ma’lum qaror qabul qilish, 
so‘ngra uni amalga oshirish uchun iste’molchi izchil ravishda bir ne’matni va 
uning termalarini boshqalaridan afzal topishi: agar A>BB bo‘lsa, hamisha 
A>B bo‘ladi, agar A~B va B~A bo‘lsa, hamisha A~V bo‘ladi. Aslini olganda, 
gap iste’molchi fe’l-atvorining mantiqiyligi va izchilligi, uning turli 
ne’matlarga va ularning termalariga munosabatlari kelishilganligining 
izchilligi haqida bormoqda. Aks holda, iste’molchi tranzitiv bo‘lmagan 
imtiyozlarning berk doirasida sargardonlikka mahkum bo‘lib qoladi, hech 
qachon ne’matlarning u yoki bu turini tanlay olmaydi. 
Iste’molchi imtiyozlarining refleksliligi iste’mol tanlovi nazariyasining 
uchinchi aksiomasi hisoblanadi. Ne’matlarning har bir termasi o‘z 
o‘xshashidan yomon ham, yaxshi ham bo‘lishi kerak emas: A≥A, A
A>A~A. Bu eski formal mantiqdagi ayniyat qonunini eslatadi, bunda har bir 
tushuncha o‘ziga-o‘zi ayniyatda bo‘lishi va mulohaza jarayonida 
o‘zgarmasligi kerak. Aslini olganda, bu har qanday iste’molchining muayyan 
tanlov vaziyatidagi imtiyozlari ne’matlarning bir xil termalariga qaratilgan 
bo‘lishi va tanlov jarayonida iste’molchining munosabati o‘zgarmasligi 
zarurligini anglatadi. 
Birmuncha amaliy iste’mol nazariyasini yaratish uchun umumiy 
xarakterga ega bo‘lgan, yuqorida aytib o‘tilgan aksiomalardan tashqari juda 
ham majburiy xususiyatga ega bo‘lmagan taxminlarni ham qilish lozim. 
Shunday qilib, biz qamrab olinayotgan hodisalar doirasini birmuncha 
toraytiramiz, lekin buning evaziga mazkur nazariyaning kattaroq ishchanligiga 
erishamiz. Ayni vaqtda bizning yo‘qotishlarimiz unchalik katta emas. Shu 
o‘rinda ehtiyojlarni qondirib bo‘lmasligi haqidagi taxmin juz’iy 
hisoblanadi. Iste’molning ushbu muammolarini hal etishda har qanday 
ne’matning ko‘proq miqdori hamisha shu xildagi ne’matning kamroq, 
miqdoridan afzal topiladi (yoki «ko‘proq bo‘lgani hamisha yaxshi»). Demak, 
ne’matlari bir xil bo‘lgan termalar ichidan ne’matlari ko‘proq bo‘lganini, hech 
bo‘lmaganda ne’matlardan bir turi boshqa termadagidan ko‘proq bo‘lganini 
hamisha afzal topamiz. Shuni nazarda tutish kerakki, bu taxmin 


123 
aksilne’matlarga–salbiy naflilik xususiyatiga ega ne’matlarga, to‘g‘ri 
kelmaydi. Aksilne’matlarni iste’mol qilish iste’molchining farovonligini 
oshirmasdan uni kamaytiradi. Masalan, havoning ifloslanishi yoki shovqin 
iste’molchilar naflilik darajasining tegishli ravishda pasayishiga olib keladi. 
Ayni vaqtda shuni nazarda tutish kerakki, aksilne’matlar bir vaqtning o‘zida 
bir xil iste’molchilar uchun salbiy, boshqa iste’molchilar uchun ijobiy 
naflilikka ega bo‘lishi mumkin (masalan, bir xonadagi kashanda va 
chekmaydigan kishi uchun ta’maki tutuni). Nihoyat, imtiyozlarning 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling