Naflilikning tartibli funksiyasi faqat befarqlik sinflari yoki ushbu
iste’molchi uchun, bir xil qiymatga ega bo‘lgan nematlarning guruhlari,
termalari (bir xil naflilikka ega bo‘lgan ne’matlar) qay tartibda, ma’lum
tartibda, birin-ketin joylashganligini, masalan, afzalligi oshib boradigan
tartibda joylashganligini ifodalaydi. Uni befarqlikning shu sinflariga mos har
qanday birin-ketin keladigan ko‘p sonli raqamlari yordamida qo‘yilgan raqam
shu tarzda hosil qilish mumkinki, befarqlikning afzalroq sinfiga mos holda
qo‘yilgan raqam afzalligi kam sinfdagi raqamdan kattaroq bo‘ladi. Bunda
naflilikning shu xildagi tartibli vazifasi teng qiymatga ega bo‘lgan ne’matlar
termalari ma’lum guruhlari faqat qanday joylashganligini (bo‘yiga ko‘ra,
birin-ketin, tartib bilan) ifodalaydi: ne’matlarning har qanday A va B termalari
uchun U(A)>U(B), U(A), yoxud U(A)=U(B) bo‘ladi.
Ko‘pincha naflilikning miqdoriy vazifasi qiymatlarini aniqlash uchun bir
sonidan boshlab natural raqamlarning tartibidan foydalanishadi, masalan,
U(A)=1, U(B)=2, U(V)=3 va hokazolar. Bunda naflilik tartib vazifasining
qiymatlari o‘z-o‘zidan shu xil tartibda joylashadi: U
1
, U
2
, U
3
, ....., U
n
. Ammo
shu bilan birga, har bir iste’mol ko‘pchiligining shu xildagi tartibga solinishi
uchun naflilikning son-sanoqsiz ko‘p miqdoriy vazifalari mavjud. Har qanday
bir tekisda oshib boruvchi vazifa V=F(U) o‘sha afzalliklar tizimi uchun ham
naflilikning tartibli vazifasi hisoblanadi U=f(X) (bu holda X–shu iste’mol
ko‘pchiligi tarkibiga kiruvchi har qanday ne’matlar termasi), V=f(f(X)).
Amaliyot nuqtai nazaridan olganda, naflilikning tartibli vazifasiga ega
bo‘lgan iste’molchi hamisha nimani afzal ko‘rishini, ammo bir terma
ikkinchisidan naqadar yaxshiligini aniqlay olmayotganligini aytish mumkin.
Naflilikning miqdoriy (kardinalistik) vazifasi befarqlik sinflari qanday
joylashganligini va tartibini aniqlabgina qolmay, befarqlikning shu xildagi har
bir sinflariga muvofiq bo‘lgan farovonlik darajasidagi tafovutni biz qanday
baholashimizni ko‘rsatib o‘tadigan hollarda vujudga keladigan naflilik
vazifasidir. Ayni vaqtda naflilik vazifasi qiymatlarining o‘zinigina emas,
ularning o‘zgarishlarini ham taqqoslash mumkin, masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |