H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

uzluksizligi yana bir juz’iy taxmin bo‘ladi. Nazariy ikir-chikirlarga berilmay, 
keling, yaxshiligi ko‘rinib turgan va bu termaga nisbatan yomonligi ma’lum 
bo‘lgan ne’matlar oralig‘ida unga to‘liq yoki qisman teng terma hamisha 
topiladi, deb hisoblaylik. Mazkur taxminlarning hammasi naflilik vazifasini 
aniqlash imkonini qo‘lga kiritish uchun zarur. Har bir iste’molchi 
afzalliklarining xususiyatlari befarqlik egri chiziqlari yordamida ko‘rgazmali 
ifodalanishi mumkin. 
5.2. Naflilik funksiyasi 
Iste’molchi fe’l-atvorini to‘g‘ri tahlil qilish uchun chizmaan bo‘lsa ham 
uning maqsadi–intilishlarini, ya’ni naflilik darajasi iste’mol qilinadigan 
ne’matlar termasiga bog‘liqligini tavsiflash zarur. Bunday bog‘liqlik naflilik 
funksiyasini tashkil etadi. Naflilik funksiyasi–iste’mol qilinayotgan 
ne’matlar hajmi bilan shu jarayonda iste’molchi erishadigan naflilik darajasi 
o‘rtasidagi nisbatdir: U=f (X
1
, X
2
, ….., X
n
), bunda, U–naflilik darajasi, X
1
, X
2

....., X
n
–iste’mol qilinayotgan ne’matlar miqdori. Naflilik ne’matlarining u 
yoki bu termasini tanlayotgan iste’molchi fe’l-atvoridagi prinsipial daqiqani 
yoritib beradi: u tanlab olish mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Tanlab olinayotgan 
u yoki bu ob’ekt ana shu iqtisodiyot sub’ektiga mazkur sharoitlarda naqadar 
zarurligini ko‘rsatadi. Shu vaziyat iste’molchi nimalarga intilayotganini 
aniqlab beradi. Aslini olganda bu–tanlab olish jarayonidagi iste’molchi 
harakatlarining aniq maqsadga qaratilgan vazifasidir, u miqdoriy qiymatlarni 
maksimallashtirishga intiladi. Albatta, u yoki bu iste’molchi ne’matlarning 
ma’lum termasini qo‘lga kiritib, naflilikning qancha birligiga erishganini biz 
har doim ham bevosita o‘lchay olmaymiz. Aslini olganda, naflilik vazifasi bu 
iste’molchi afzalliklarini tartibga solib ifodalashning muayyan shaklidir. 
Iste’molchilar turli guruhlarining afzalliklarini chizmaiylashtirishning 
turli darajalari mavjud, ulardan ne’matlar foydaliligini miqdoriy qiyoslashning 
turli darajalari kelib chiqadi. Bu naflilikning tartibli va miqdoriy vazifalari 
bilan ifodalanadi. Aytish kerakki, ratsionalizmning ma’lum minimal bosqichi 


124 
ob’ektiv ravishda har qanday qonuniy fe’l-atvorda mavjud, ular bir-biridan 
o‘tib bo‘lmaydigan jarlik vositasida ajratilgan emas. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling