H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

n
) termasining geometrik 
nusxasini beradi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bu n o‘lchov makonidagi A nuqtasi 
bo‘ladi, uning barcha X
i
koordinatalari o‘z-o‘zidan A termasiga kiruvchi i 
turidagi barcha ne’matlar miqdoriga teng bo‘ladi. 
Chinakam iste’mol termalarida n–ne’matlarning turlari, miqdori 
anchagina. Ammo iste’mol jarayonlarining qonuniyatlarini o‘rganish uchun 
biz n=2 dan boshlab barcha no‘lchovli makonlarning xususiyatlari 
o‘xshashligidan foydalanib, atigi ikkitasi bilan cheklanishimiz mumkin. Bu 
ikki o‘lchovli makon uchun belgilangan barcha xususiyatlar va qaramliklar 
ularning n o‘lchovli makondagi tegishli xususiyatlari va qaramliklari uchun 
ham adolatli bo‘lishni anglatadi. 
Shu tarzda biz yassi tekislikda, ya’ni ikki koordinatali makonda bajarilgan 
grafiklardan keng foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritamiz. 


121 
Agar biz shunday grafikda A nuqtasini olsak, uning koordinatalari 
ma’lum A termasidagi ne’matlarning birinchi (X
1
) va ikkinchi (X
2
) turlari 
miqdoriga mos bo‘lgan holda, u A termasini (5.1-chizma) ifodalaydi. 
5.1-chizma. 
 
Demak, mazkur holdagi iste’molning butun ko‘pchiligi 1 - va 2 - o‘qlari 
oralig‘ida joylashgan bo‘ladi. (Chunki har qanday termadagi i–turidagi 
ne’matlar miqdori manfiy bo‘lishi mumkin emas). Ta’kidlab o‘tamizki, 
iste’molchining ko‘pchiligi yopiq va bo‘rtgan bo‘lishi, ya’ni unda uzilishlar va 
bo‘sh oraliqlar bo‘lmasligi kerak. 
Olish uchun ne’matlarni tanlash vaqtidagi iqtisodiy qarorlar 
iste’molchining eng yuqori foydaga erishish yoki mavjud imkoniyatlardan 
unumli foydalanish xohishi bilan izohlanadi. Iste’mol vaqtida farovonlik 
darajasi yoki mazkur iqtisodiy sub’ektning ehtiyojlarini qondirish darajasidan 
iborat bo‘lgan bunday foyda – naflilik deb ataladi. Ushbu mavzuda iste’mol 
nazariyasining asoslari ko‘rib chiqiladi. Ushbu nazariya iste’molchi 
ne’matlarni sotib olish vaqtida o‘z didi va imtiyozlariga asoslanishidan, uning 
didi va imtiyozlari budjet bilan cheklanganligidan va bunday sharoitda u o‘zi 
uchun iloji boricha to‘liq naflilikni ta’minlovchi termani tanlashidan kelib 
chiqadi. 
Iste’molchi imtiyozlarining to‘liq izchilligi aksiomasi imtiyozlar izchilligi 
tizimining mavjudligini ta’minlovchi birinchi majburiy shart yoki iste’mol 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling