amal qilmadi. U odamlar oldiga juda hashamatlar bilan chiqib keldi, dunyoni
istagan odamlar bizda ham shunday dunyo bo‘lsa edi deb havas qilishdi,
lekin ohiratni istagan, ilm berilgan kishilar esa sizlarga vayl bo‘lsin, iymon
keltirgan, yaxshi amallar qilgan kishilar uchun Allohni savobi afzalku
deyishdi. Shu joyda zuhd namayon bo‘lgan. Mana shu Qorun qissasidan
keyin Alloh taolo bir oyatda aytadiki “Ohirat diyori yer yuzida kattalikni,
fasodni istamaganlar uchundir”. Bu dunyoni hamma narsasini to‘plab
kelsangiz ham u Allohni oldida haqir va ohirat oldida ozginadir.
VAL AHIROTU
HOYRUL LIMANIT TAQO
- taqvodorlar uchun ohirat yaxshi deyilgan oyatda.
Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda keladi, Jobir ibn Abdulloh
roziyallohu anhu aytadilar: Rasululloh s.a.v. Madinani qirg‘og‘i-dagi
joylarni biridan Madinaga kirib kelayotganlarida bozordan o‘tib qoldilar,
sahobalar bilan birga edilar. Bir qulog‘i kesilgan, o‘lib yotgan uloqchani ko
‘rdilar, echkining bolasi qulog‘i kesilgan o‘limtik hidi chiqib yotibdi.
Rasululloh s.a.v. sahobalarga o‘z o‘rnida va jonli suratda nasihat qilganlar.
Rasululloh s.a.v. uloqchani bir qulog‘idan ushlab 1 dirhamga shuni kim oladi
dedilar, sahobalar buni tirigini bekorga bersa ham biz olmaymiz, o‘ligi kim
36
oladi deyishibdi. Shunda Rasululloh s.a.v. bu tirik bo‘lganda ham qulog‘i
kesilgan nuqsonli hisoblanardi, endi o‘lik bo‘lgani uchun ham uni keragi yo
‘qmi? Ha shunday deyishdi. Rasululloh s.a.v. aytdilar “Allohga qasamki
mana shu qulog‘i kesilgan echkini bolasi sizlar uchun qanchalar qadirsiz
bo‘lsa, Allohni nazdida dunyo shunaqa dedilar”.
Yana bir hadislarida Rasululloh s.a.v. shunday dedilar
MAD DUNYA FIL AHIRO
ILLA KAMA YAJALU AHADUKUM ASVAHU FILYAMMI FALYANZURU BIMAZAY YARJI’A-
Do'stlaringiz bilan baham: |