abadul-abad tog‘dan o ‘zini tashlab azoblanadi, kim o‘zini zaharlab o‘ldirsa,
qo‘lidagi zahari bilan do‘zahda qayta qayta zaharlab o‘zini o‘ldiraveradi,
kim o‘zini temir bilan o‘ldirsa, o‘ziga temir bilan zarar yetkazsa, do‘zahda
o‘zini azoblab shu bilan jazolanadi” dedilar. Hattoki Rasululloh s.a.v.
51
“O‘zilarga o‘lim so‘ramanglar, illo dunyodan to‘yib ketgan odam bo‘lsa
aytsinki “Parvardigor menga hayot yaxshi bo‘lsa hayot ber, o‘lim yaxshi
bo‘lsa o‘lim ber” desin Allohga tashlasin” deganlar. Lekin o ‘zicha “Ey Alloh
jonimdan to ‘ydim, jonimni ol” demasin, bu gapni o ‘ylamasin, ko ‘ngillash
ham mumkun emas. Bazi ulamolar do‘zahda abadiy qoladi degan ma’nodan
“O‘z joniga suyiqasd qilgan odam demak kofir bo‘lar ekan” degan hulosani
olsa bo‘ladi deganlar. Chunki kofirgina do‘zahda abadul-abad qoladi.
Hayotdagi arzimagan muammolarni deb inson o‘zimni o‘ldiraman desa, bu
iblisning ishi, u iblisning bandasiga aylangan bo‘ladi. Hadisning birinchi
qismida zarar ham yo‘q desak, ikkinchisida zarar yetkazish ham yo‘q, ya’ni
birovga zararni qaytarayotganda zarardan ortiq zarar yetkazish ham yo‘q.
Keyingi ma’noni birinchisida zarar ham yo‘q deganda o‘z manfaati uchun
birovga zararni ravo ko‘rish tushuniladi. Hech qanday manfaatsiz o‘ziga
ham boshqaga ham zarar yetkazish yo‘q. Ya’ni inson birovga manfaati
yo‘lida zarar yetkazadi yoki qalbining kirligidan, ko‘raolmasligidan birovga
zarar yetkazadi. Yana bir ma’noda birovga zarar berish ham yo‘q, zararni
zarar bilan daf qilish ham yo‘q. Kichik zararni katta zarar bilan daf qilish
mumkun emas. Masalan ona bilan bolani hayotini saqlab qolish kerak bo‘lsa,
onani hayoti saqlab qolinib boladan kechiladi. Katta zarar onaning hayoti,
Do'stlaringiz bilan baham: |