Hamid qurbonboyev Sintaksisni qanday o’rganamiz!


II Tarkibida ega ham qatnashgan undalmali gapni toping.-deyilgan testlar uchraydi


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/35
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1535970
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
SINTAKSIS KITOB

II Tarkibida ega ham qatnashgan undalmali gapni toping.-deyilgan testlar uchraydi. 
Quyidagi misolga yaxshilab e’tibor berib bilib oling!  
Vatan, sen bunchalar ko’rkam 
Yurak, sensan mening sozim. 
Kitob, sen mening doimiy do‘stimsan. 
Yuqoridagi gaplarda ega ham, undlama ham qatnashgan! Aslida undalma qatnashgan 
gapda ega ishtirok etmaydi.
SIzdan ega ham, undalma ham qatnashgan gapni topish talab etilsa, qo’rqmasdan –sen –
olmoshini qidiring. Gazini bosing! –degani tezlikni oshiring –deganimi?
III So’zlovchi tinglovchining diqqatini nutq jarayoniga jalb qilishni maqsad qilib olsa,u 
vaqtda undalma gap boshida keladi..
 Qaysi gapda undalma shaxsning diqqatini jalb qilish maqsadida qo'llangan? 
A) She’rim, yana o‘zing yaxshisan. 
B) Dadasi, bu yoqqa qarang. 
C) Sen bizni sotding, yaramas! 
D) Bugun, do'stim, mening vaqtim yo‘q. 
So’zlovchi tinglovchilarga murojaat etish orqali unga subyektiv munosabatini ifodalashni 
maqsad qilib olsa, u vaqtda undalma gap o’rtasi va oxirioda keladi.
Subektuv- Bir shaxsning subektning o’zigagina xos, o’zigagagina tegishli; shaxsiy
Qaysi gapda undalma orqali so‘zlovchining tinglovchiga subyektiv munosabati 
ifodalangan? 
A) Onajonim, balki bir kun Aytganingday bo’lar to‘y. 
B) Ey inson, odam degani qo‘yini qassobga bersa ham, so‘ygunicha poylab turadi. 
C) Hoy, chilim keltir.
D) Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am?! 
Qaysi javobda so‘zlovchining subyektiv munosabatini ifoda etuvchi undalmali gap 
keltirilgan? 
A) Opa, urma qalbimga tikan 
B) Onajonim, balki bir kun men ham shoir bo‘larman 
C) Sen beshik emassan, dorsan, tabiat. 
D) Hurmatli o‘rtoqlar! Hamma o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashsin 
IV Uyushgan undalma qanday bo’ladi.
Abror, o’g’lim, qo’zichog’im arqonni uzatib yubor.
Uyushgan undalma –Abror, o’g’lim, qo’zichog’im mi?
-Yo’q, bu yerda bitta shaxsga gapirilyapti.
Uyushiq undalmalarda birdaniga bir necha shaxsga yoki bir necha predmetga gapiriladi.
Masal o’g’il o’z xatini: Salom dada, oyi, aka –deb boshlar edi.
Shu uyushgan undalma!
Misollar: Xayr, yashil o’rmonlar, moviy dengizlar! 


25 
V Yoyiq undalma!

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling