Hamid qurbonboyev Sintaksisni qanday o’rganamiz!


Qanday undalmalar yoyiq undalmalar hisoblanadi?


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/35
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1535970
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
SINTAKSIS KITOB

Qanday undalmalar yoyiq undalmalar hisoblanadi? 
1) O’ziga qarashli aniqlovchisi bor undalmalar.
2) O’ziga qarashli izohlovchisi bor undalmalar
Umidxaon, tug’ilgan kuningiz bilan tabriklayman!
Muhtaram (aniqlovchi ) Umidaxon, tug’ilgan kuningiz bilan tabriklayman!
Tamom!
ANIQLOVCHI 
  Gapdagi biror bo’lakning belgisini yoki biror narsa-buyumning boshqasiga qarashli 
ekanligini bildirgan bo’lak ANIQLOVCHI deyiladi.
Aniqlovchi uch turli bo’ladi:  
1 Qaratqich aniqlovchi  
2 Sifatlovchi aniqlovchi  
3 Izohlovchi  
Qaratqich aniqlovchi = MOSLASHUV SO’Z BIRIKMASI  
Qaratqich kelishigidagi so‘z –qaratqich;  
Qaratqich kelishigidagi so‘z bog'langan so‘z – qaralmish deb ataladi 
Qaratqich aniqlovchilar qaralmish bilan munosabatga kirishganda quyida ko’rsatilgan 
shakllarda bo’lishi mumkin  
1 Qaratqich va qaralmish begili bo’ladi –daraxtning bargi
2 Qaratqich belgisiz qaralmish belgili bo’ladi –direktor xonasi
3 Qaratqich va qaralmish belgisiz bo’ladi –o’rik danak
4 Qaratqich belgili qaralmish belgisiz bo’ladi –bizning qishloq
  
Bu shakllar orasida: 3 va 4 kam uchraydi.  
Qaratqich belgili qaralmish belgisiz kelganda asosan I yoki II shaxs kishilik olmoshlari 
tobe so’z vazifasini bajaradi.  
Bizning ayvon sizning ayvon emasmi?  
-Shu misol qaysidir asardan olingan, lekin savolga javobimiz –yo’q bu –bizning ayvon, 
sizning ayvon boshqa!  
 


26 
.Bizning xonadondan lafzsizlik chiqishi menga maqbul ko’rinmaydi. (“Otkan kunlar “
-Qaratqich kelishigi belgisiz kelib, yuzaki qaraganda –bosh kelishikdagi so’zga o’xshab –
ega bo’lib ko’rinadi ko’zingizga. Bilib oling egalik qo’shimchasi bor gapda albatta 
qaratqich kelishigidagi so’z bo’ladi, belgili yoki belgisiz. Yonma yon bo’lsa –ku topish 
oson, daraxt shoxi –daraxtning shoxi –tarzida.
Yonma yon kelmaslikka ham haqlari bor!
Qaratqich aniqlovchini o’rganish murakkablik tug’dirmaydi. Sababi-MOSLASHUVLI 
BIRIKMA tamomila QARATQICH ANIQLOVCHIga xizmat qiladi.
SIFATLOVCHI ANIQLOVCHI 
SIFATLOVCHI ANIQLOVCHI = BITISHUV
Bitishuv ni bilasiz: qanday nima? yoki qanday nima qildi? –deb o’rganganmiz.
Bizga faqat qanda nima? –qolipi kerak!
Qanday nima qildi? –qolipini HOL ga beramiz!
Sifatlovchi aniqlovchi doim otga yoki otlashgan so’zga tobelanadi.
Fe’lga emas!
Bu qoidalar qo’llanma kitoblar va darsliklarda ham bor, bu ma’ruzanining ulardan farqi 
sizlarga qaysi joylariga urg’u berish o’rgatib ketiladi.
O’rgating unda! O’rganing!
-Sifatlovchi aniqlovchini top deyilganda ko’p hollarda SIFAT so’z turkumini ko’riboq 
shoshilib qolishadi. Sifat gapda istalgan gap bo’lagi bo’lib kela oladi. Shuni uchun 
yaxshilab aniqlab oling: sifatga otga bog’lanyaptimi, sifat fe’lga bog’lanyaptimi?
Shunga qarab xulosa qiling!
Keyin yana bir gap:
Sifatlovchi aniqlovchi vazifasida faqat sifat kelmaydi.
Ravish: ko’p kitob
Son: o’nta o’quvchi
Olmosh: bu kitob, shu inson, barcha o’quvchilar
Sifatdosh: O’qigan qiz elga manzur. ( maqol)
Sifatlovchi aniqlovchini odatda olmosh ( bu, shu, shunday.. ) bilan ifodalanganda, yoki 
kengaygan birikma bo’lib kelgan sifatdoshlarda topolmay qolish mumkin, shunga e’tiborli 
bo’ling!
…Inson kutilmagan xabarni eshitganida, qaytadan so’zlovchining nima deyayotganini 
so’raydi. Quloqlarimga ishonmayman –degandek.
Qizimga aytaman:
–Ertaga bozorga boramiz, sizga bir narsalar olib beraman!
-Nima dedingiz?
“Chinor ostidagi duyel “ filmida ham shu hayotiy jarayon yaxshi ko’rstailgan:
  


27 
Sovchilikka borgan Nortoy qizning otasiga:
Yiqilganimni bilasizlar! Qizlaringni menga bersalaring.. 
Yiqilganining uchunmi?
Choyxonaga borgan Nortoy xuddi shunday uslubda yana o’z nutqini boshlaydi:
-Dadamni yaxshi odamligini bilasizlar!. Dadamni uylantirmoqchiman?
-Nima deyapti?
-Otamni uylantiraman deydi
-Nima deyapti?
-Otaaamni uylaantiraaman deydi
-Muncha baqirasan.. Ha axir biz qariyalarni ham tushunadigan yoshlar bor ekan –ku!
Qanday yoshlar –qariyalarni tushunadigan

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling