Hamid qurbonboyev Sintaksisni qanday o’rganamiz!


Yuqoridagi 2 xil usuldagi testlarni ishlashni tushuntirmoqchiman


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/35
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1535970
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
SINTAKSIS KITOB

Yuqoridagi 2 xil usuldagi testlarni ishlashni tushuntirmoqchiman:  
  
Ravish hollari faqat bir xil so‘z turkumi bilan; yoki turli so‘z turkumlari bilan 
ifodalanishi qanday bo’ladi nimalarga e’tibor berishimiz kerak?  
 
Agar bizdan hol faqat bir xil so’z turkum bilan ifodalansin deyilsa javoblarning uchtasida 
hol -ikki yoki uch xil so’z turkumi bilan ifodalangan bo’ladi.  
 
Agar bizdan hol faqat bir xil so’z turkumi bilan ifodalanganini topish so’ralsa, uchta 
javobda faqat bir xil so’z turkumi bilan ifodalangan bo’ladi.  
 
Qayerdan bildik! Bildik-da!  
 
Mashina motorini faqat ustalari ochib –sochib yana qaytadan yig’a olishadi. Siz bilan biz 
shu ishni qilmoqchi bo’lsak, anchagni ehtiyot qismlar ortib qoladi. Nima demoqchimiz:  
Qachon siz misollarga qarab qoida, qoidaga qarab misollar topishni o’rgansangiz ana 
shunda SHU FANNI MUKAMMAL o’rgangan bo’lasiz.  
 
Sinab ko’ramiz: payt ravishi, payt ravishdoshi qatnashgan gap tuzing. Gapingiz talab 
darajasida status uchun tanlanadigan jumla bo’lishi shart emas!  
 
Bugun men darslarim boshlanguncha bozorga borib kelmoqchiman.  
Ushbu gapda ikkita payt holi bor:  
1 bugun –ravish  
2 boshlanguncha –ravishdosh  
Demak, ushbu gapda payt ravishi ikki xil so’z turkumi bilan ifodalanibdi.  
  
Testga qaraymiz:  
  
1 Ravish hollari faqat bir xil so‘z turkumi bilan ifodalangan gapni belgilang. 
A) G‘avvos apil-tapil o‘rnidan turdi va dod solib, arava orqasidan ergasha boshladi. 
B) Ona sekin eshikni ochib qaradi va berilib kitob o‘qiyotgan bolasini ko‘rib, xotirjam 
bo'ldi. 
C) Aravalar birin-ketin yura boshlagach, G‘avvos bir ilonni sekin Zavrakning tizzasiga 
qo‘ydi. 
D) Onasi qizchasiga mehr bilan, sekin tushuntira boshladi. 
Savolni tushundik, chalkashib ketmaslik uchun javoblarni soddalshtirib olamiz:
A) apil-tapil (ravish ) o‘rnidan turdi, dod solib (ravishdosh) ergasha boshladi. 
B) sekin (ravish ) eshikni ochib qaradi, (ravishdosh ) berilib kitob o‘qiyotgan.
C) birin-ketin (ravish ) yura boshlagach, sekin (ravish ) qo‘ydi. 
D) mehr bilan ( ot ) tushuntirdi, sekin (ravish ) tushuntira boshladi. 


36 
Savolga qarab javobni tanlayveramiz endi.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling