38
Qaratqich kelishigini QARATQICH ANIQLOVCHIGA berdik. TUSHUM kelishigini –
VOSITASIZ TO’LDIRUVCHI va HOL ga berdik.
Qolgan: o’rin payt –da: kimda? nimada?
Chiqish –dan: kimdan? nimadan?
Jo’nalish –ga: kimga? , nimaga? so’roqlarini VOSITALI TO’LDIRUVCHI ga
beramiz.
Qayerda? qayerdan? qayerga? –bu so’roqlar HOL ga tegishli.
Bu hali hammasi emas SO’Z birikmalari mavzusida
KELISHIKLI VA KO’MAKCHILI BOSHQARUV degan mavzu esingizdami?
Ko’makchili boshqaruv degani aks sadodek savolingizni o’zingizga qaytaradi:
Akam bilan –kim bilan? qalam bilan –nima bilan?
Kitob haqida –nima haqida? , shoir haqida –kim haqida?
Kitob orqali –nima orqali? ustoz orqali –kim orqali?
Lekin mavhum ( har doim
ham emas, ko’pincha mavhum ot hol bo’lib keladi ) ot
ko’makchilar bilan kelganda –bitishuv hosil bo’ladi va bu misol HOL ga olinadi.
Ishtaha bilan yedi –qanday yedi? zavq bilan gapirdi –qanday gapirdi?
Ko’makchi yordamida shakllangan vositali to’ldiruvchini aniqlang.
A) Yaxshilik yomonlik bilan, haqiqat yolg’on bilan hech
qachon kelishmagan
B) Men qo’shiqni
zavq bilan tingladim
C) Biror bir sevgan kishigina biror-bir qadr qimmatga ega bo’ladi
D) Bilmay xato qilib qo’ygan odamlar uncha g’azab sochmaslik kerak
A) yolg’on bilan chiqisha olmaydi – nima bilan? chiqisha olmaydi –VOSITALI
TO’LDIRUVCHI
B) zavq bilan tingladim –qanday tingladim
bu HOL
C) ko’makchi yo’q ekan
D) ko’makchi yo’q ekan
III NOMUSTAQIL TO’LDIRUVCHI
Nomustaqil nima bor?
Nomustaqil
kesim
Nomustaqil to’ldiruvchi
Nomustaqil hol
Nomustaqil kesim bu shart mayli. Shart mayli bu –nomustaqil kesim. Kelsa, borsa –dagi
–sa
Nomustaqil to’ldiruvchi va nomustaqil holni bilishimiz uchun biz
quyidagini bilishimiz
kerak.
Gapda gap bo’laklari kesimga –bevosita bog’lanadi, yoki bilvosita bog’lanadi.
Shunaqa gaplarni eshitar edim-da oldin. Hozir ancha kamayib qolgan.