Hamid qurbonboyev Sintaksisni qanday o’rganamiz!
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
SINTAKSIS KITOB
TAKRORLASH
Qaysi gapda vositasiz to’ldiruvchi vositali to’ldiruvcniga tobelangan? Yoki teskarisi: Qaysi gapda vositali to’ldiruvchi vositasiz to’ldiruvcniga tobelangan? Shunday savollarga javob berishda tobelangan degan atamani bilib olsangiz bo’ldi tobelangan so’z birinchi keladi –shu! Maktubni xolasiga berdi. ( nimani –kimga –vositasiz vositaliga tobelnayapti ) Xolasiga maktubni berdi. ( kimga –nimani –vositali vositasizga tobelanyapti ) -Yan sizga matn berib –to’ldiruvchilar necha o’rinda –deb savol beriladi. U holda siz vositasizni ham vositalini ham sanab ketaverasiz. KIRITMALAR Siz-u bizga hayotimiz davomida 3 ta guvohnoma beriladi. 1 Tug’ilganlik tog’risidagi guvohnoma 2 Passport 3 O’lim to’g’risidagi guvohnoma Xalq tilida –metrka-ni 17 yoshga yetganda pasportga almashtiramiz. Yoshi katta odamga qarab –metrkangiz qani, yoki yosh bolaga qarab –pasportingni olib kel –demaymiz! Chunki hamma biladi qaysi yoshda passport berilishini. Morfologiya olamida so’zlar –tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma ( buncha uzun ) bilan yuradi; Sintaksisga o’tib –barchalariga passport beriladi. Juma 1-soat. Katta xona. 12 ta so’z turkumi jamlangan. O’qituvchi salomlashish va davomatdan so’ng mavzuni e’lon qildi. Sintaksisga o’tib kim bo’lmoqchisiz? -Katta bo’lsang kim bo’lasan, OT? -EGA -Nimaga, chunki u gapning egasi, butun gap men haqimda bo’ladi. -Senchi? O’zini eng zo’ri deb o’ylab har doim birinchi gapirishga odatlangan FE’Lga yuzlandi o’qituvchi! -KESIM -to’ng’illab javob berdi, FE’L. 41 O’qituvchi beaprvo suhbatda davom etdi. Ma’lum bo’lishicha, SIFAT-ANIQLOVCHI, SON –ANIQLOVCHI, HOL, RAVISH –HOL bo’lmoqchi ekanliklarini aytishdi. O’qituvchi ularga GAP BO’LAKLARI bo’lish SO’Z TURKUMLARI bilangina ifodalanmasligini, masalan, FE’L –istasa, ega, istasa hol, istasa kesim -xullas istalgan gap bo’lib kela olishi mumkinligini aytdi. Bu misoldan keyin FE’LNI tundlik tark etdi. -YORDAMCHILAR-chi? Boyadan beri bir-biriga mo’ltillab qarab turgan BOG’LOVCHI, KO’MAKCHI, YUKLAMA ga ishora qildi, FE’L. -Xavotir olmanglar, o’sha yerda ham sizlarga yordamlashiiib yuramiz, o’qituvchidan oldin javob berdi KO’MAKCHI. ALOHIDA SO’ZLAR-chi? FE’LGA taqlidan savol berdi OT. “Shu ikkalangning raqobatlashishing juda jonga tegdi “ dedi ichida, jahlini ichiga yutishga majbur bo’lgan ziyoli o’qituvchimiz. UNDOV SO’Z –gap bo’lagi bo’la oladi. TAQLID SO’Z –gap bo’lagi bo’la oladi. MODAL SO’Z –gap bo’lagi bo’la olmaydi. Shunda kutilmagan holat yuz berdi. -Ustoz –yig’layapti –deb pichirladi birinchi partada o’tirgan SIFATOY. Birdan MODAL SO’Z –narsalarini yig’ishtirdi-da, mana ko’rasiz GAP BO’LAGI bo’la olaman –deb sinf xonasidan yugurib chiqib ketdi. -Ustoz, men olib kelaman, dedi o’zidan katta odamni yasab olgan RAVISH. Bunday holat deyarli har juma bo’ladi, qachon so’z turkumlari bir joyga yig’ilsa, nuqul talashishgan, men zo’r, sendan men zo’r qilishib bir pastda –sen –menga borib qolishadi. O’zi sinf rahbari ham –kun sanab yuribdi, qachon bitirar ekan, qutulaman deb! -Ustoz, MODAL so’z aniq –GAP BO’LAGI bo’laman, ota –onam gaplashib qo’ygan, hokim bilan deb yurovdi, deya ma’lumot berdi, UNDOV SO’Z. -Ustoz, ularni puli ko’o’p, 10 ta plansheti, 20 ta uyi bor ekan. Dubayga, Rossiyaga borgan ekan ota –onalari, deya ma’lumot berdi, YUKLAMA. FE’L o’rnidan turib o’dag’aylab ketdi, -jinnimisan 20 ta uyi bo’lsa –domda yashaydimi? - -20 ta uyini bilmayman –u, lekin uning tan qo’riqchisi bor. Qachon qarasang –VERGUL bilan birga yuradi. O’qituvchi hammaga jim o’tirishni buyurdi. Bu orada RAVISH VA MODAL so’z ham sinf xonasiga kirib kelishdi. -MODAL SO’Z –SINTAKSIS da eng muhim ishlardan biirni bajaradi. Xafa bo’lgan MODAL SO’Z ni tinchlatish uchunmi, yoki shularni rostdan ham aytmoqchi edimi, bundan buyog’I, darsning mavzusi MODAL SO’Z bo’lib ketdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling