Hamid qurbonboyev Sintaksisni qanday o’rganamiz!
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
SINTAKSIS KITOB
KIRISH GAP
Kimdir bilan suhbatlashayotganingizda beixtiyor, sizni tinglayotgan shaxs uchun notanish bo’lgan shaxs yoki narsa yoki voqea haqida gapirib yuborasiz.Tabiiyki tinglovchi yuzida 45 ajablanish, tushunmaganlik alomati paydo bo’ladi, ana shunday paytda siz –KIRISH GAPlardan foydalanasiz. Qizim: Dada Petkani ko’rmadizmi? Men: Yo’q Shu suhabadan nimani tushundingiz. Tushunmayroq turibsizmi? Unda kiritmadan foydalanamiz: Qizim: Dada Petkani ( u tovuqlariga shunday nom qo’yib olgan, Petkadan tashqari, Oppoqoy, Muana, Juana, Safiya, Sasha, Qoraxon –deganlari ham bor. ) ko’rmadizmi? Men: Yo’q Boshlang’ich ustozlarga besh ketadigan joylari juda ko’p. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun –ustozidam –aqlli va qattiqqo’l, mehribon –inson yo’q! Ba’zan ota- onalarning rashki ham keladi, bunga. Misol uchun siz ming aytib bajartira olmayotgan ishni o’qituvchisi aytsa bittada bajaradi. Sizdan qo’rqmas lekin –o’qituvchining yuzta ko’zi bor! 100 ta qulog’i –bor! -Keling, ilmoqchalarni yozishib yuboraman –dedim bir kun qizimga, uning qiynalayotganini ko’rib. Ilmoqchalarni yozishga qiziqib ketib – bir qator ortiqcha yozib yuboribman. Yig’i boshlandi. Qani endi yupata olsak Aybdor men. Bir qator ortiqcha yozib yuboribman. -Hech narsa qilmaydi –degan gapni tushuntira olmadik. O’qituvchimga nima deyman, ustozim 4 qator degan. Yangi daftar tutib versiyasi –rad etildi. Sal turib o’zi yupandi, chorasini topdi, shekilli. Nima qildingiz –deyman qo’rqa – pisa? Qavusga oldim, ustozimiz aytgan, xato qilsalaring qavusga olinglar –deb. Ha, ustoziga rahmat, qavusga rahmat. Shundan keyin uning vazifalaria aralashmaydigan bo’ldim! 46 Lekin og’zaki nutqda har kuni foydalanganimiz KIRISH GAPLARdan ko’pchilik yozma nutqida, insholarda unchalik foydalanmaydi. Chunki ular –QAVS –deganda, faqat xatolarni berkitadigan qafasni tushunishadi.. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling