Hamid qurbonboyev Sintaksisni qanday o’rganamiz!
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
SINTAKSIS KITOB
MODAL SO’ZLAR. So’zlovchining o’z fikriga munosabatini bildiruvchi so’zlarga modal so’zlar deyiladi.Bilib oling! Modal so’zlar gapda doim vergul bilan ajratiladi. Yomg’ir yog’di …gapini olayllik Yomg’ir yog’ishni kutgan dehqon: Xayriyat, yomg’ir yog’yapti. Qulupnayni qimmatroq pulga sotaman deb, xaridorga bermagan dehqon: Afsuski, yomg’ir yog’yapti. Ertalab uyqudan uyg’ongan, qulog’iga gazning varillashi boshqacha eshitilgan inson: Yomg’ir yog’yapti, shekilli. Zo’r anana bor-da odatda, o’z sevgisiga erisholmagan, bunga ota –onasini aybdor qilgan qiz yoki yigit ( aslida unday bo’lmaydi, agar o’zi xohlamasa ota-ona majbur qilsa ko’nadigan Zebilar, 1 foiz ), so’nggi uchrashuvda shunday deydi: “To’yimga borasizmi? “ Bu bilan qiz, to’yi kuni, kelinlik libosida o’zini ko’rsatib –yana ham yigitning qalbini o’rtamoqchi bo’ladi. Kim kimni aldayapti bilmayman, lekin hamma aldasa ham faqat o’zini aldaydi. 43 To’yga borasizmi? – Boraman, Boring-a to’yga, vaqtim bor, shekilli. Nimaga vaqt toping- to’yga boring –albatta, boraman. Mana shu, albatta so’zidan keyin boshqa taklif qilinmaysiz, sababi siz o’z fikringizga –ishonchni qo’shib gapirdingiz. Ishonchni bildiradigan modal so’zlar: albatta, shaksiz, shubhasiz O’ziga ishonmaydiga, juda ehtiyotkor insonlar –gumon modal so’zidan ko’p foydalanishadi. Ular har gapga, shekilli –qo’shib gapiradi. ( -Unaqa demayman, shekilli. --Seni aytganimiz yo’q, --Hammalaring menga qarayabsizlar-ku. ) Chunki ular aytgan ma’lumot noto’g’ri chiqib qolsa –shekilli –ularni qutqaradi. Men aniq aytmaganman, shunaqa shekilli –deganman –deydi –qo’yadi. Gumonni bildiruvchi modal so’zlar: shekilli, balki, ehtimol, chamasi.. Biz tomonlarda bundan uch-to’rt yil oldin (bu so’zni toshkentliklar umuman ishlatmasa kerak ) ko’p ishlatiladigan kirish so’z qatnashgana gap: Svet yondi, shekilli. Kirish so’zbo’lgandan keyin albatta vergul bilan kelishi kerak. Quyidagi misolga qarang: To’g’ri yo’llarda ham mashaqqat bor. ( Aniqlovchi) To’g’ri, yo’llarda ham mashaqqat bor ( Kirish so’z ) KIRITMALAR haqida gaplashamiz: 1 KIRISH SO’Z 2 KIRISH BIRIKMA 3 KIRISH GAP KIRISH SO’Z –MODAL SO’ZLARNI SAL KENGAYTIRILGAN VERSIYASI. Lekn o’rganish, kirish so’zlarni topishda aynan modal so’zni qanday topsak, xuddi shunday yo’l tutamiz. Bizning eng katta yordamchimiz bu –VERGUL. SINTAKSIS da MODAL so’zlarning hurmati juda zo’r. Gap bo’laklari bilan tanishib chiqqan o’quvchi, GAP BO’LAKLARI BILAN ALOQGA KIRISHMAYDIGAN BO’LAKLARI ( UNDALMA, KIRITMALAR ) bilan, albatta tanishib chiqishi kerak! Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling