Hamid qurbonboyev Sintaksisni qanday o’rganamiz!


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/35
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1535970
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
SINTAKSIS KITOB

So’roq gap 
So’roq gapda so’zlovchi o’zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshini fikr bildirishga 
undaydi:shu fikrni tasdiqlash yoki inkor etishni talab qiladi. 
-Ibrohimovamisiz? 
-Ha, Ibrohimovaman 
-Charchab qolmadingizmi? 
-Yo’q charchamadim. 
So’roq gaplarning hosil qilinishi: 
1.So’roq olmoshlari-kim?,qaysi? 
Kim g’olib chiqdi? 
2.So’roq yuklamalari –mi,-chi,-a,-ya 
Men ham boramanmi?  
3 So’roq ohangi- 


49 
Masalan: Soat besh bo’ldi-Besh? 
( Kutilmagan xabarni eshitib, butun gapni yoki uning bir qismini qaytarish orqali) 
Masalan: Oltin sirg’amni yo’qotdim. 
Sirg’amni? 
! Bundan tashqari nahotki, shekilli yuklamalari orqali ham. 
Masalan: Nahotki, bugun yomg’ir yog’sa? Sen ham maktabni bitirding shekilli? 
! Ayrim so’roq gaplar buyruq ma’nosini ham ifodalashi mumkin. 
Masalan: Tez- tez qimirlamaysanmi? 
  
So’roq gaplar-2  
So’roq gap hosil qilmoqchimiz, So’roq –so’zi bilan bog’liq nimangiz bor?  
So’roq olmoshi; So’roq yuklamasi 
-juda yaxshi, hammasini olamiz; So’roq gapni ana shulardan yasaymiz.  
Darak gapga so’roq olmoshi qo’shamiz –so’roq gap-da!  
Maktab boshlandi. (darak gap )  
Maktab qachon boshlandi? (so’roq gap )  
Darak gap oxiriga so’roq yuklamasini qo’shamiz, so’roq –gap-da!  
Maktab boshlandi? ( darak gap )  
Maktab boshlandimi? (so’roq gap )  
Endi bularning farqi bordir? Bor, albatta. So’roq olmoshi bilan tuzilgan gaplargan, javob 
berish kerak? Biror bir gap yoki so’z bilan.  
Katta bo’lsang kim bo’lasan?  
-Deputat  
So’roq yuklamasi bilan tuzilgan bo’lsa ko’pincha HA yoki YO’Q deb javob beriladi.  
Katta bo’lsang deputat bo’lsanmi?  
-Ha ( yoki, yo’q ) 
 
-Hech ham eskirmaydigan o’yin bor! “Ha yoki yo’q “ –Shartini bilsangiz kerak savol 
beruvchining savollariga –ha yoki yo’q deb yubormaslik kerak.
O’sha o’yinda ham yutishda mana shu o’zimizning –so’roq yuklamalari yoki ohang 
yordamida tuzilgan so’roq gaplar qo’l keladi.
O’sha o’yinda yutish uchun oldin tinglovchining eng qiziqqan sohasini topasiz, keyin unga 
u qiziqtirgan savollarni bera boshlaysiz, boshida o’yin sharti yodida bo’lganligi uchun –ha 
yoki yo’q demay turadi. Keyinroq u yoqtirmagan yoki eng yoqtirgan ishlardan birini savol 
bersangiz. Yutasiz!


50 
Yaqinda bir kitobda o’qigan edim, bizning bolalar bilan, chet el bolalari o’rtasida 
savol berishda ham farq bor ekan. Biz bolalarimizni U kim? Bu nima? deyishga 
o’rgatamiz ekan. Ular esa WHY? Nega? deyishga..
Chet ellik bola: Dada bu nima? Poezd. Nega u katta? Nega u tez yuradi?
Otasi erinmasdan tushuntiradi.
O’zbeksitonlik bola: Dada bu nima? Poezd. Nega u katta? Nega u tez yuradi?
Ota: Poezd … 
Nega u katta? degan savolga –o’shnaga degan javob. Nega u tez yuradi degan savolga?
Katta xolangnikiga degan javob!
Inglizlardan o’rgangan hindistonliklar ham bolalarini shu ruhda tarbiyalab 
yutuqlarga erishdi. Ko’rib turganimizdek hozirgi kunda IT (kompyuter ) va tibbiyot va 
yana bir nechta sohalarda ularning oldiga tushadigani yo’q! Bizga ham endi endi bolani 
fikrlashga o’rgatadigan TANQIDIY FIKRLASH atamalari kirib kelyapti.
Vodiyda biror marosim bo’lsa, tashqarida turnaqator bo’lib turib olinadi. Nega?
Qancha ko’p turnaqator bo’lsa shuncha hurmati baland –degani menimcha.
Ana shunaqa turnaqtorda ilgari birga ishlagan sobiq kasbdoshimni ko’rib qoldim. Birdek 
xotirasi pastligidan nolidi
-Kecha yegan ovqatimni aytib bera olmayman. Qalaysan Ahmad. Kecha nima qilib 
yuroding Rustam bilan.
-Ha qaridik, xotira past. -Iye Ilhom qalaysan, akangga salom ayt.
Birdek xotiram past, sog’ligim unda deydi, o’tgan odamga ismni aytib murojaat qiladi.
Kim o’tsa taniyabdi. O’tgan odamning qarindosh urug’igacha. Yana u so’rashib bo’lgach- 
Kim? -deb so’rayman.
Palonchining o’g’li. Yaxshi bola. …da ishlaydi.. Palon joydan uylangan. palon 
qarindoshingiz bor –ku ana o’shani qo’shnisi. Palon sinfdoshingiz bor –ku ana o’shani 
tog’asini o’g’li. Agar shunda ham eslay olmasam, yana arxivlarni titadi-da baribir 
eslattiradi..
Ana xotira. Bu super! Agar odam tanish bo’yicha chemoionat o’tkazilsa, vodiyliklardan 
chepmionlar chiqadi..
Hojiboy Tojiboyev aytganidek, bizda shunaqa miyalar bor, agar ular ishlab ketib qolsa 
bormi?
Agar o’sha tanishimdek, ona tilini bilsangiz bormi, testlarni titvorasiz. Sizda ham bor 
faqat ikkita o’qituvchi uchrashib qolsa o’z fanidan gaplashmaydi.
Dialog:
-Aniqlovchi uch xil bo’larkan-a? Men izohlovchini qo’shmas ekanman
-Ha, u ham aniqlovchi-da
-Kecha, ajratilgan bo’laklarni ko’rodim, uyushiq bo’lakkka o’xshar ekan
-Uyushiq bo’lakka emas, kirish gapga o’xsharkan.


51 
Bizda suhbatlar boshqacha. Odatda savol berishdan maqsad o’ziga qiziq va kerakli 
ma’lumotni bilib olish. Ingliz tiliga qayta tayyorlovda o’qiganimda SPEAKING darslari 
bo’lar edi. Doskaga bir ustoz chiqadi hamma ingliz tilida unga savol beradi, u ham ingliz 
tilida javob qaytaradi, Sinfdagi o’rgatuvchi ustoz bilmay qolgan joylarini o’rgatib, 
to’g’rilab turadi.
Bir kursdosh qizimizning, har doim beradigan savoli bore di.
Turmush o’rtog’ingiz ( eringiz ) nima ish qiladi?
O’qituvchi ham, biz ham, javob berishga chiqqan ustoz ham bilar edi. Shu savolga javob 
tayyorlab olish kerak, chunki o’sha qiz yana so’raydi.
Hattoki bir biri bilan gaplashib qolgan ikki ayolning ham 3 yoki 4 savoli shu:
Eringiz nima ish qiladi? Eringiz ham yaxshimi?
Yaxshi hamki erlar bir biridan so’ramaydi?
-Xotiningni ishlari yaxshmi? Xotining nima qilyapti?
Ayollar bu savollarga o’rganib ketgan. Erkaklarga bu savol adashib berilsa
bormi?
Aniq janjal, boshqa narsa emas!
Biz maktablarda –U kim? Bu nima? –deb yuraveramiz. Chunki sabablarni bilishga 
qiziqsak aqlli bo’lib qolamiz.
Bizda –nega? degan savol yo’q emas. Bor faqat keraksiz joyda ishlatiladi. Biz uni 
mahalla xotinlariga berganmiz. Rejissor bo’lganimda MAHALLA AYOLLARI degan 
film olar edim. Kuzatuv kameralari, Arxiv, tarixchi, bashoratchi, tahlilchi –mana bizning 
daho ayollar.. Erkaklar bo’lsa, choyxonada..


52 
So’roq shaklidagi buyruq gap!
Har ikki holatda ham so’zlovchi o’ziga ma’lum narsani so’roq gap shaklida tasdiqlab 
oladi. Farzandingizni bozorga olib borishga kelishgansiz. Boradigan vaqt bo’ldi. U esa 
shoshilmayapti. Unga qarab so’raysiz:
-Bozorga borasanmi?
Aslida bu buyruq gap bo’lishi kerak edi. –Bozorga boradigan bo’lsang tezroq tayyorlan..
lekin bu uzunlik qiladi shuning uchun, buyruq ma’nosini so’roq gap shaklida ifodalab 
qisqagina qilib –borasanmi? –deyishning o’zi kifoya..
So’roq shaklidagi darak gap!
--Siz kimdir bilan turibsiz. Yoningizga Ravshan kelyapti. Siz unga kecha bozorga 
borganingizni aytmoqchisiz, sherigingiz esa aytma deb uqtirdi.
-Kecha bozorga borganimizni aytmayin –a, Ravshanga?
Bo’ldi. Ravshan bilib bo’ldi.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling