Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


XIV asrga oid turkiy yozma manbalarning til xususiyatlari yoritilgan


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

3. XIV asrga oid turkiy yozma manbalarning til xususiyatlari yoritilgan 
tadqiqotlar. Eski turkiy tilning so‘z boyligini atroflicha tahlil qilishda A.Borovkov, 
G‘.Abdurahmonov, A.Najib, E.Fozilov, Q.Mahmudov, Q.Karimov, H.Ne’matov, H.Dadaboyev, 
Q.Sodiqov, S.Ashirboyev kabi turkolog olimlarning roli katta bo‘lgani e’tirof etilgan.
Bu davr manbalarining o‘rganilishi, to‘plam holida chop qilinishida E.Fozilov, N.Davron 
kabi olimlarning xizmatlari beqiyosdir. Akademik Ergash Fozilov o‘z tadqiqotida XIV asr 
yodnomalari sifatida “Gulistoni bit-turkiy”, “Muhabbatnoma”, “Nahj ul-farodis”, “Xusrav va 
Shirin” asarlarini sanab o‘tadi. Tadqiqotda Xorazm yodnomalarining leksik tarkibi o‘rganilgan, 
o‘z va o‘zlashgan qatlamga ajratilgan holda izohlangan, morfologik jihatdan turkumlarga 
ajratilgan holda har bir turkumning kategorial shakllari yoritib berilgan, asarlarning leksik tarkibi 
lug‘at sifatida ilova qilingan, shuningdek, “Gulistoni bit-turkiy” va “Xusrav va Shirin” asarlari 
transkripsiyasi ham berib o‘tilgan.
XIV asrning ikkinchi yarmiga oid yodgorliklarni til jihatidan o‘rgangan yana bir 
tadqiqotchi Amir Najibdir. Olim Qutbning “Xusrav va Shirin” dostoni leksikasini tarixiy-qiyosiy 
aspektda o‘rgangan bo‘lsa, Sayfi Saroyining “Gulistoni bit-turkiy” asaridagi morfologik va 
sintaktik xususiyatlar yuzasidan izlanishlar olib borgan.
H.Dadaboyevning “Eski o‘zbek tilida harbiy leksika” deb nomlangan dissertatsiyasida eski 
o‘zbek tilidagi harbiy atamalarning semantik funksional tahlili haqida fikr yuritilgan va 
manbalardan yig‘ilgan harbiy leksika mansab va lavozimni anglatuvchi harbiy terminlar, qo‘shin 
bilan bog‘liq tushunchalarni bildiruvchi harbiy terminlar, qurol-yarog‘ va harbiy aslahalarni 
bildiruvchi terminlar, harbiy-injenerlik istehkomlarini bildiruvchi terminlar kabi mazmuniy 
guruhlarga ajratilib tahlil qilingan. 
Tadqiqotda harbiy atamalar etimologik jihatdan asosiy ikki guruhga ajratilgan: o‘z qatlam 
va o‘zlashgan qatlam. H.Dadaboyev XI–XVIII asr yozma manbalarida qo‘llangan harbiy, siyosiy 
iqtisodiy-ijtimoiy terminlar tadqiqi mahsuli sifatida yuzaga kelgan lug‘atlar tilshunoslik uchun 
katta xazina hisoblanadi.
S.Ashirboyev o‘z risolasida “Xusrav va Shirin” dostoni tilining boshqa manbalar tilidan 
farqli tomonlari haqida to‘xtaladi va uch mezon orqali: asar tilidagi leksik, fonetik va morfologik 
o‘ziga xosliklarni misollar asosida ochib bergan. 
B.Abdushukurov dissertatsiyasida eski turkiy til va eski o‘zbek tili davrida qo‘llangan 
zoonimlar tadqiqot obyekti sifatida tanlangan, jumladan shu davr manbalari sifatida “Gulistoni 
bit-turkiy”da qo‘llangan 30 dan oshiq, “Muhabbatnoma”da qo‘llangan o‘nga yaqin hayvon 
nomlari ham tahlil ostiga olingan. Ayni muallifning “Qisasi Rabg‘uziy” leksikasi” nomli 
tadqiqoti Rabg‘uziy asarida qo‘llangan so‘zlarning lingvostatistik, mavzuviy, tarixiy-etimologik, 
leksik-semantik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan va o‘rni bilan ayrim 
so‘zlar Sayfi Saroyi, Xorazmiy asarlari leksikasi bilan qiyoslangan. 
O.T.Sayimbetov “Muhabbatnoma” asarining tili va unda qoraqalpoq tilining o‘rni haqida 
izlanish olib boradi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, XIV asr manbalari tilshunos olimlar tomonidan 
quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganilgan: a) asar leksikasining umumiy jihatdan tahlil qilinishi 
(E.Fozilov, B.Abdushukurov, O.Sayimbetov); b) asar leksikasidagi ma’lum mazmuniy 
guruhlarning tahlili (H.Dadaboyev, Q.Sodiqov, Q.Omonov, B.Abdushukurov); c) asar tilidagi 
grammatik xususiyatlar tahlili (A.Najib, E.Fozilov). 
Yuqoridagi guruhlash shartli ravishga qabul qilinmog‘i lozim, zotan har bir olimning 
izlanishi,tahlillarga yondashuv uslubi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.


396 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling