Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

roziyevqahramon585@gmail.com
 


397 
pazandaligi va u bilan bog'liq bo'lgan soha terminologiyasi ham nihoyatda keng taraqqiy etish 
imkoniyatiga ega boʻldi. 
Oziq-ovqat nomlari – til leksikasini boyituvchi manbalardan biridir. Bu nomlarni 
etimologik va tarixiy nuqtayi nazardan tahlil qilish shundan dalolat beradiki, uning tarkibida sof 
oʻzbekcha atamalar bilan bir qatorda, arab, fors-tojik, rus va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar 
ham anchagina. Bular xalqimizning boshqa xalqlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari 
natijasidir. Taom nomlari ham ba’zi ishlarning oʻrganilish obyekti boʻlgan. Shunday ekan, 
oʻzbek shevalaridagi kundalik iste’mol uchun tayyorlanadigan, toʻy, bayram va boshqa xalq 
marosimlar uchun maxsus tayyorlanadigan, mavsumiy, ya’ni yilning ma’lum fasllaridagina 
tayyorlanadigan, tayyorlash usuli unutilayotgan yoki masalligʻi noyob, ba’zi- ba’zidagina 
tayyorlanadigan, betob boʻlganda yoki ishtahasi qirqilganda shifo boʻladigan taom nomlarini, 
shuningdek, shirinlik, qandolat va ichimlik nomlarini tadqiq etish oʻzbek tili lugʻat tarkibining 
esdan chiqayotgan til elementlarini, oʻzbek shevalari bisotidagi lugʻat boyliklarini, shuningdek, 
til tarixidagi noaniq leksik-grammatik hodisalarni oʻrganish uchun imkon yaratadi.
Taom nomlari muayyan mamlakatning madaniyati va oziq-ovqatlari o‘rtasidagi 
munosabatlarni o‘rganish jarayonida taomlarning tayyorlanish jarayoni, paydo bo‘lish tarixini 
bilan ham qiziqadi. Mahmud Qoshg‘ariyning umumjahon madaniyatiga qo‘shgan qimmatli 
tuhfasi “Devonu lug‘otit turk” asari tilshunoslikka doir o‘lmas asar bo‘lishi bilan bir vaqtda, 
tarix, etnografiya, folklorshunoslik, geografiya bo‘yicha o‘quvchilarga atroflicha ma’lumot 
beradigan mukammal qomusiy asar hisoblanadi. Asar taomlarning qadimiy nomlarini aniqlashda 
ham qimmatli manba hisoblanadi. Chunonchi, uyg‘ur olimi Xo‘ja Ahmad Yunus 
ta’kidlaganidek: “X asrdan XII asrgacha bo‘lgan oraliqda o‘tgan Qoraxoniylar sulolasining 
gullagan iqtisodiy va yuksak madaniy hayotini mahsuli bo‘lgan bu asar (turkiy xalqlarning) shu 
vaqtdagi va undan ilgarigi yeyish-ichish madaniyatini tadqiq qilishga asoslanadigan muhim 
manba sanaladi”. [4,9] “Devonu lug‘otit turk” da oziq – ovqatlar va taomlarning manbasi, taom 
turlari, oziq-ovaqat xomashyosining hozirlash jarayoni, taom tayyorlash va iste’mol qilishga 
keraklik oshxona qurollariga doir juda muhim ma’lumot o‘z ifodasini topgan. Mahmud 
Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, turkiy 
xalqlarning taomlari rang-barang bo‘lishi bilan birga ulardagi taomlarning umumiy, o‘xshash 
jihatlari mavjud bo‘lib, ular taomlar tayyorlanadigan mahsulotlardagina emas, balki taom 
tayyorlash usullarida ham o‘z ifodasini topgan. “Devonu lug‘otit turk” kitobida keltirilgan 
ma’lumotlar ajdodlarimizning turmush madaniyati, ayniqsa, X-XII asrlarda diyorimizda yashab 
o‘tgan ulug‘ allomalar yashagan davrni o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Shu sababdan 
mazkur asar bizni nafaqat Qoraxoniylar davri, balki undan keyingi paytlardagi Movarounnahr 
aholisining turmush tarzi bilan bog‘liq ijtimoiy-iqisodiy, axloqiy, diniy e’tiqod hamda urf-odatlar 
haqida ham muhim tushunchaga ega bo‘lishimizda katta yordam beradi. Shuningdek, “Devonu 
lug‘otit turk” asari turkiy tillarning fonetikasi, grammatikasi va leksikasiga oid noyob 
tadqiqotlari va xulosalari bilan ham qimmatlidir.
[3,24] 
“Devonu lug‘otit turk”, birinchi navbatda, turkiy urug‘ va qabilalar tillarining 
xususiyatlarini, urf-odatlarini, lingvistik xususiyatlarni, tarixi va lug‘at boyligini o‘rganishga 
bag‘ishlangan asar. Shuning uchun ham asar mundarijasida qator lingvistik ma’lumotlarga keng 
o‘rin ajratilgan. Bular sirasiga tillararo fonetik farqlar, so‘z yasalishi, yozuv va boshqa qaydlarni 
kiritish mumkin. Asarning lug‘at qismida esa juda ko‘p jihatdan ahamiyatga molik bo‘lgan uning 
qomusiylik darajasini ta’minlagan materiallarga o‘rin berilgan. Ular turli xalqlarning tarixi, urf-
odati, adabiyoti va boshqa sohalarini o‘rganishimizda ishonchli manba sifatida xarakterlanadi. 
Bu xususiyat taom nomlariga ham dahldordir. Taom nomlari va ushbu jarayon bilan bogʻliq 
nomlarni quyidagicha mavzuiy guruhlarga ajratadi:
a) kundalik turmushda odatiy tarzda tayyorlanadigan taom nomlari;
b) biror maxsus marosim bilan bog‘liq taom nomlari
c) taom tayyorlashda ishlatiladigan narsa-predmet nomlari; 
d) taom tayyorlovchi kasb-koriga aloqador nomlar. 


398 
M.Koshg‘ariyning taomlar yuzasidan keltirgan ma’lumotlarida o‘troqlashgan turkiy 
xalqlarning an’anaviy taomlari, asosan, dehqonchilik mahsulotlaridan, don mahsulotlari, 
sabzavot va mevalardan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ko‘chmanchilik turmush tarzi bilan hayot 
kechiruvchi turkiy xalqlar taomlarida ko‘proq sut va go‘sht mahsulotlaridan foydalanganliklarini 
anglash mumkin bo‘ladi. 
Koʻpgina istorizm va arxaizmlar esa bizga XV asrdagi oziq-ovqat leksikasi haqida 
ma’lumot beradi. Jumladan, Navoiy asarlarida taom nomlari leksikasining tarixiy shakllanish va 
rivojlanish jarayonini aniqlash uchun muhim manba sifatida foydalanish mumkin. Buyuk ijodkor 
asarlaridagi taom nomlariga oid leksik birliklarning qaysi til qatlamiga tegishli ekanligiga, 
ularning leksiksemantik mazmuniga diqqatni qaratamiz. Alisher Navoiy asarlarida oʻz qatlam 
taom nomlari ustunlik qiladi. Ayni paytda fors-tojik, arab va boshqa tillardan oʻzlashgan taom 
nomlari ham talaygina. Negaki, Navoiy asarlari tilida ma’lum tarixiy sabablar natijasida arab va 
fors-tojik tillaridan olingan soʻz va iboralar koʻp. Shoir poetik, nasriy va ilmiy asarlari tilidagi 
soʻz boyligining taxminan 30–33 foizini arab tilidan kirgan soʻzlar tashkil qiladi, fors-tojik leksik 
unsurlari ham 18–20 foizgacha boradi. Toʻlqin Mamanazarovich Togʻayev “Alisher Navoiy 
asarlari tilidagi taom nomlari” maqolasida Navoiy asarlari tilida taomga doir aniqlagan 60 
leksema qoʻllangan. Shundan 31tasini turkiy soʻzlar, 17 tasini forsiy, 9 tasini arabiy, 1 tasini 
xitoycha 2 tasini hindcha oʻzlashmalar tashkil etadi. Demak, taomga oid aniqlangan leksik 
birliklarning yarmidan koʻpi turkiy soʻzlardan iborat.
Turkiy taom nomlar: oʻtmak / ekmak, chalpak, koʻmoch / kumoch, kuloch, umoch, qatlama, 
quymogʻ, tutmoch, ushoq osh, bulamogʻ, bugʻro, jijigʻligʻ osh, qovurmoch, tolgʻon/tolqon, sut, 
qaymogʻ, jugʻrot, qatiq, suzma, panir, qurut, qimiz, yogʻ, sarigʻ yogʻ, qoʻy uchasi, uloba, 
urkamoch, soʻkboch, et, qazi, shilon / shulon. 
Forsiy taom nomlari. Bu tildan oʻzlashgan soʻzlar miqdori turkiy tildagi taom nomlaridan 
soʻng ikkinchi oʻrinni egallaydi: non, osh, shir, kabob, jigar kabob, bat kabob, shakar, nabot, 
poludai dushob, maviz, mavizob, bodom, shirai bodom, shoʻrva, harisa, pushti dumba, gazak.
Arabcha taom nomlari: halim, qurs, qursi qiyr, asal, shahd, fatir, halvo, taranjabin, 
sikanjabin.
Xitoycha taom nomlari: manti (xit. myan – xamir + ti – goʻsht). Goʻsht va piyoz 
qiymasini xamirga tugib, qasqonda pishiriladigan ovqat.
Hindcha taom nomlari: amna / umna (mango), tanbul — Hindistonda xushboʻy 
yaproqlardan tayorlanadigan maxsus ovqat.
Yuqoridagilardan ma’lum boʻladiki, taom nomlarining asosiy qismini umumturkiy, 
oʻzbek tilidagi oziq-ovqat nomlari tashkil qiladi. Fors tilidan oʻzlashgan oziq-ovqat nomlari ham 
Navoiy asarlarida faol qoʻllangan. Ular miqdor jihatdan turkiy taom nomlaridan keyingi oʻrinni 
egallaydi. Arab tilidan oʻzlashgan taom nomlari asosan shirinlik va qandolat mahsulotlarini 
ifodalagan. Taom nomlarining leksik-semantik guruhlari oʻz ichida xilma-xil turlarga va kichik 
guruhlarga boʻlinib, ular oʻsha taom nomlarining qanday mahsulotdan tayyorlanishi va biror 
marosimga moʻljallanishi kabi xususiyatlaridan kelib chiqqan. Alisher Navoiy asarlaridagi oziq-
ovqat, taom nomlari bilan hozirgi oʻzbek adabiy tili, ba’zi oʻzbek shevalarida qoʻllanadigan 
shunday nomlarni qiyoslar ekanmiz, koʻp yillik davr ichida taom nomlari takomillashib 
borganini kuzatamiz. Bu takomillashish tilning ichki taraqqiyot qonuniyatlari asosida va boshqa 
tillarning ta’siri ostida roʻyobga chiqqan. Ayniqsa, arab, fors-tojik va boshqa tillardan oʻzlashgan 
taom nomlari oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Taom nomlari morfologik (chalpak, koʻmoch, 
kuloch, qatlama, tutmoch) sintaktik (jigar kabob, jijigʻligʻ osh) va semantik (osh) usulda 
yasalgan. 
Alisher Navoiy asarlaridagi taom nomlarini dastlab ikki leksik-semantik guruhga boʻlish 
mumkin:
I. 
Qanday mahsulotlardan tayyorlanishiga koʻra atalgan taom nomlari.
II. Shirinlik va qandolat mahsulotlari nomlari. Birinchi guruh taom nomlarini ovqatlar 
qanday mahsulotdan tayyorlanishi va biror marosimga moʻljallanishiga asoslanib yana besh 
guruhga ajratildi:


399 
1. Un yoki xamirdan tayyorlanadigan taom nomlari.
2. Don mahsulotlaridan tayyorlanadigan taom nomlari.
3. Goʻsht va yogʻdan tayyorlanadigan taom nomlari.
4. Sut mahsulotlari va ulardan tayyorlanadigan taom nomlari.
5. Aralash masalliqlardan tayyorlanadigan taom nomlari. 
O‘zbek tilshunosligida oziq-ovqat, taom nomlari ham ba'zi ishlarning o‘rganish obyekti 
bo‘lgan. Tadqiqotchi olim M. Xudayarovaning “O‘zbek tilidagi taom nomlarining lingvistik 
tahlili (Qoraqalpog‘iston hududi materiallari asosida) nomzodlik dissertatsiyasida 
Qoraqalpog‘iston o‘zbek shevalaridagi taom nomlarining leksik xususiyatlari o‘rganilgan. 
Ishda muayyan hudud xalq an'anaviy taom nomlari, shuningdek, shirinlik, qandolat nomlari 
lisoniy tadqiq etilgan, shuningdek, taom nomlarining tarixiy ildizlari haqida ham fikr 
yuritilgan. 
O‘zbek tili lug‘at tarkibida ba'zi esdan chiqayotgan til elementlari, mavzuga doir til 
tarixidagi leksik-grammatik hodisalarga ham e'tibor qaratilgan. 
O‘zbek tilshunosligida oshpazliklik leksikasini N.Ikromova o‘rgangan. U asosan 
Toshkent shevasidagi taom nomlarini tadqiq etgan. Oʻzbek tili eng koʻp shevaga ega til 
boʻlganligi uchun milliy taomlar nomlari uchun boy ma’lumot bera oladi va ularni oʻrganish 
lozim. 
Fayzullayeva Mavludaning “Surxon vohasi aholisining taomlar bilan bogʻliq an’ana va 
marosimlari. XX asr birinchi yarmi (Surxon vohasi misolida)” dissertatsiyasida Surxon vohasi 
aholisi taomlari, ushbu taomlar bilan bogʻliq an’ana va marosimlari haqida ilmiy izlanishlari 
bayon qilingan. 
Qurbonova M. “Buxoro vohasi o‘zbek va tojiklarining an'anaviy taomlari” nomli 
dissertatsiyasida oʻzbek va tojik xalqlariga xos taomlar qiyosiy tahlil asosida oʻrganilgan. 
Taomlar etimologiyasi boʻyicha ilmiy ma’lumotlar berilib, lugʻatlar keltirilgan. [6, 32]
Oʻzbek oshpazlik sohasining rivojiga munosib hissa qoʻshib, oʻz oʻriga ega boʻlgan K. 
Mahmudov bu soha terminologiyasi uchun keng manba bo'la oladigan “O'zbek tansiq taomlari”, 
“Qiziqarli pazandachilik”, “Choynoma” singari qator kitoblarni yozgan.[8,34] Ushbu manbalar 
soha rivojining oldingi qadamga chiqishida turtki boʻldi.
O‘zbek xalq shevalari o‘rganilgan ishlarida ham ayrim oziq-ovqat, taom nomlari haqida 
ma'lumotlar berilgan.[8, 45] 
Professor H.Dadaboyevning o‘tgan yili chop etilgan “Devonu lug‘atit turk”ning til 
xususiyatlari” nomli monografiyasida eski turkiy tilning fonetik, leksik-semantik xususiyatlari 
tahlil qilingan. Kitobda lug‘at so‘z boyligidagi oziq-ovqat mahsulotlari, taom va ichimlik 
nomlarini ifodalovchi leksemalar ham tahlil qilingan. [3, 78] 
Taom nomlari nafaqat tilshunoslarni, balki boshqa soha mutaxassislarini ham qiziqtira 
boshladi. Jumladan, tarixchilar ham o‘zbek xalqining urf- odatlari, turmush tarzi, madaniyatining 
o‘ziga xosligini o‘rganish maqsadida taom nomlarini etnografik leksikaning bir qismi sifatida 
o‘rganishgan. Shunday ishlardan K.Shoniyozov va taom nomlarini tarixiy-etnografik jihatdan 
o‘rgangan M.Qurbonovalarning tadqiqotini aytib o‘tish mumkin.[8,56] 
O‘zbek taomlarining turlari va ularning tayyorlash usullari bo‘yicha ommabop kitoblar 
ham nashr qilingan.[9, 56] 
Xulosa qilib aytganda, butun insoniyatning yashashi, unib-oʻsishi va rivojlanihi bilan 
bogʻliq boʻlgan soha oshpazlik asrlar davomida rivojlanib, mukammallashib, yangilanib 
kelmoqda. Bu soha leksikasi inson rivoji bilan oʻzgarib boradi. Hozirgi shiddatli zamonda 
insonlar tez pishar taomlar iste’mol qilishga oʻrganib qolishdi. Tilimizga esa shu tez pishar 
taomlar bilan boʻgʻliq leksikalar ham kirib kelmoqda. Bundan shu ma’lum boʻladiki, barcha 
davrlarda taomlar bilan bogʻliq leksikalar qayta va qayta tadqiq qilinaveradi. Yangi taom nomlari 
paydo boʻlaveradi, eskilari esa chiqib ketaveradi. Xalqning madaniyatiga dahldor taom nomlari 
xalq bilan birga yashashda davom etadi.

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling