Hammaga omad) Moddalar almashinuvi bosqichlari
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Bu siklning asosiy vazifasi
34. Glyukoliz va glikoneogenezning kalit fermentlari va ularning boshqarilishi. (юқорида келтирилган) 35.Glukoza oksidlanishining pentozfosfat yo’li, ahamiyati. Glyukozaning pentozofosfat hosil qilish yo‘li bilan parchalanishi hujayra sitoplazmasida yuz beradi. Pentozofosfat sikli yoki apotomik parchalanish yo‘lining ochilishi Varburg, Linman, Dikkens va V.A. Engelgardtlarning nomi bilan bog‘liédir. Ular hayvon hujayrasida (masalan, eritrotsitlarda) geksozafosfatning ikki fosfotriozaga parchalanmasdan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri oksidlanishini ko‘rsatib berganlar. Bu yo‘l bilan glyukozaning parchalanishi asosiy – aerob parchalanishdan glyukoza-6-fosfat hosil bo‘lishi bosqichidanoq farqlana boshlaydi. Agar aerob parchalanishda glyukoza-6-fosfat fruktoza- 6fosfatga, bu esa fosforlanib, fruktoza-1,6-difosfatga aylansa, pentozofosfat siklida glyukoza-6- fosfat to‘g‘ridan-to‘g‘ri oksidlanib, ÑO2 ajratib chiqaradi va pentozofosfatga aylanadi. Shuning uchun, «pentozofosfat sikli»ni «uglevodlarnig to‘g‘ridan-to‘g‘ri oksidlanishi» ham deyiladi. Uglevodlarning pentozofosfat sikli bo‘yicha parchalanishda birdaniga 6 molekula glyukoza-6- fosfat glyukoza-6-fosfat degidrogenaza fermenti (kofermenti NADF+) ta’sirida oksidlanib (6 mol NAD·H2 hosil qilib) 6 molekula 6-fosfoglyukonolaktonga aylanadi. Bu esa fosfoglyukonolaktonaza fermenti ta’sirida 6 molekula H2O biriktirib, 6 molekula fosfoglyukonat hosil qiladi. Fosfoglyukonatdegidrogenaza (kofermenti NADF+) fermenti ta’sirida esa 6 molekula CO2 va 6 molekula NAD·H2 ajralishi natijasida 5 fosfoglyukonat 6 molekula ribuloza-5-fosfatga aylanadi. Bu esa oraliq 3 «C», 4 «C», 7 «C» li metabolitlar (triozalar, tetrozalar, sedageptulozalar) paydo qilib bir molekula H2O biriktirilishi bilan, 2 molekula fosfat kislota va 1 mol pentoza (riboza) hamda 5 molekula glyukoza-6-fosfat bunyod qiladi. Pentoza-6-fosfat siklida uglevodlarning parchalanishi quyidagi tartibda boradi (62-rasm). Pentoza fosfat siklini yana glyukozaning «apotomik parchalanishi» «geksozomonofosfat shunti», « fosfoglyukonatli yo‘l» deb ham nomlanadi. Uglevodlarni pentozofosfat siklida parchalanishi jarayonining yigindi tenglamasi quyidagicha: 25 Uglevodlarni pentozofosfat siklida parchalanishi modda almashinuv tez boradigan to‘qimalarda (masalan: eritrotsitlar, jigar, sut bezlari, buyrak usti bezi, limfa bezlari, yog‘ to‘qimalari) roy beradi. Bu siklning asosiy vazifasi: 1. Organizmda qaytarilish yoli bilan boradigan sintetik reaksiyalarni NADF·H2 bilan ta’minlash. 2 . Kofermentlar (NAD, FAD), nuklein kislotalar sintezida qatnashadigan kerakli pentoza bilan ta’minlash. 3. Fotosintez reaksiyasida ishtirok etadi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling