Hammaga omad) Moddalar almashinuvi bosqichlari
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «mokki» mexanizmlar
- («halokatdan saqlanish mexanizmi»
natriy esa glikogenoliz reaksiyalarining borishiga ta’sir qiladi. Jigar to‘qimasida kaliyning
miqdori qon plazmasidagiga qaraganda 10 marotaba ko‘p bo’lsa, natriyning miqdori esa 2 marotaba kamdir. 31. Vodorodni sitozolning mitoxondriyaga o’tkazilishining moki mexanizmlari. Glyukozaning aerob oksidlanishida degidrogenaza fermentlari ta’sirida ajralib chiqqan vodorodni (NAD-H, ni) to'qima nafas olish zanjirida oksidlanishi uchun u awalo sitoplazmadan mitoxondriyaga o'tish lozim. Bu 2 xil «mokki» mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi: 1) Glitserofosfat «mokki» mexanizmi. 2) Malat «mokki» mexanizmi. Glitserofosfat «mokki» mexanizmida sitoplazmatik NAD H2 ning vodorodi sitoplazmadagi dioksiatsetonofosfat bilan birikib, glitserofosfat hosil qiladi: u esa mitoxondriya membranasidan oson o'tadigan xususiyatga ega. Bu reaksiya NAD.H2 sitoplazmatik glitserofosfatdegidrogenaza ta’sirida kechadi. Glitserofosfat (mitoxondriyaning ichida) mitoxondrial FAD tutuvchi degidrogenaza (DG) fermenti ta’sirida oksidlanadi va qaytadan dioksiatsetonfosfat hamda FAD.H, hosil bo'ladi. Dioksiatsetonfosfat oson mitoxondriyadan sitoplazmaga o'tadi, FAD.H, esa mitoxondriyada to'qima nafas olish zanjiri da oksidlanadi. Malat «mokki» mexanizmida esa elektronlami sitoplazmadan mitoxondriyaga o'tish uchun NAD-H2 sitoplazmadagi SHUK (oksaloatsetat) bilan birikib oksidlanadi. Malat mitoxondriya membranasidan osongina o'tib, mitoxondriyaning ichida MDG (malatdegidrogenaza) fermenti ta’sirida oksidlanadi va qaytadan SHUK hamda NAD-H, ga parchalanadi; SHUK sitoplazmaga o'tadi, NAD-H, esa mitoxondriyadan to'qima nafas olish zanjirida oksidlanadi. 32. Anaerob glikoliz, tarqalishi va ahamiyati. Spirtli achish. Uglevodlarning anaerob (kislorodsiz) parchalanishi glyukozadan yoki glikogendan boshlanishi mumkin. Glyukozaning anaerob parchalanishi - glikoliz , glikogenniki esa - glikogenoliz deyiladi. Har ikki holda ham oxirgi mahsulot sut kislotasi (laktat)dir. Glikogenolizda 1-bosqich, ya’ni glikogendan glyukoza-1- fosfat hosil bo'lishi ortiqdir: qolgan bosqichlari glikoliz bilan bir xil boradi. Anaerob parchalanishni glyukoza-6-fosfatdan toki piruvat hosil bo’lguncha davom etadigan hamma 21 bosqichlari glyukozaning aerob parchalanishi (ya’ni glikolitik bosqich) bilan bir xildir. Uglevodlarning anaerob parchalanishi quyidagi bosqichlarda kechadi: Glikoliz uchun ikki hodisa xarakterlidir: 1) substratli fosforlanish; 2) glikolitik oksidoreduksiya. Substratli fosforlanishni oksidlanish yo'li bilan fosforlanishdan farqi - bunda membrana va elektronlar o'tkazish zanjiri (EO'Z) qatnashmaydi. Glikolizning ma’lum metabolitida (substratida) to'plangan energiya ADF ga uzadlib, uning fosforlanishi natijasida ATF sintezlanadi. Bunday metabolitlarga 1,3- difosfoglitserat va fosfenolpiruvatlar kiradi. Glikolitik oksidoreduksiya - bu fosfoglitserin aldegidi va piruvat orasidagi oksidoreduksiya bo'lib, bunda piruvat qaytariladi va sut kislotasi (laktat) hosil bo'ladi. Bu hodisa kislorodsiz sharoitda yuz beradi va kislorod to'qimalarda yetarli boiishi bilan laktat oksidlanib, piruvatga aylanadi; elektronlar va vodorod ionlari esa to'qima nafas olish zanjiri (EO'Z) orqali kislorodga birikadilar hamda energiya (3x2=6 mol ATF) va 2 mol H ,0 hosil boiadi: Glyukoza + 2 ADF + 2Pn--------------> 2L-laktat + 2ATF + 2 H20 Glikoliz hamma tirik organizm uchun xosdir. Glikoliz anaerob organizmlar uchun yagona energetik manba bo’lib, hujayralarni kislorod tanqisligi holatida minimal energiya bilan ta’minlaydi (2ATF): aerob organizmlar (hayvonlar, insonlar) uchun esa glikoliz glyukozani aerob oksidlanishining shartli (tayyorlov) birinchi glikolitik bosqichdir. Glikoliz jarayonida hosil bo'ladigan metabolitlar - laktat, piruvat, glitserat va triozalar organizmda yuz beradigan turli katabolitik va anabolitik jarayonlar uchun kerakli mahsulotdir. Glikoliz sitoplazmada borib, aerob oksidlanish uchun shart bo’lgan membrana, mitoxondriya butunligini -tahrtrqHmaydi. Shuning uchun ba’zi «mitoxondrial kasalliklar» vaqtida glikoliz asosiy energiya bilan ta’minlovchi manba vazifasini o‘taydi («halokatdan saqlanish mexanizmi»): shu bilan birga sitoplazmada boradigan biosintetik jarayonlar, asosan glikoliz davomida hosil boiadigan ATF hisobiga boradi. 22 декарбоксилланади, кейин сирка альдегида қайтарилиб, этил спиртга айланади. Ҳайвонлар ва одамда гликолиз кўпгина типдаги ҳужайраларда бўлиб туриши мумкин, лекин унинг аҳамияти турли органлар учуй турличадир. Зўр бериб ишлаб турган скелет мускулларида митохондрияларга кислород етказиб берувчи механизм қуввати билан митохондриядаги АТФ синтезловчи аппарат қуввати энергияга бўлган бутун эҳтиёжни қондириш учуй етарли бўлмайди; ана шундай шароитларда АТФ синтезининг анаэроб йўли кескин кучаяди ва мускулларда сут кислота тўпланиб олади: тунги уйқудан кейин қондаги лактат концентрацияси 1—2 ммоль/л ни ташкил этса, оғир мускул ишидан кейин 20 ммоль/л га етиши мумкин. Қисқа муддатли зўр иш маҳалида анаэроб гликолиз айниқса катта аҳамиятга эга бўлади. Чунончи, тахминан 30 секунд давомида югуриш (200 м 23 атрофидаги масофага) анаэроб гликолиз билан тўла-тўкис таъминлаб берилади. Айни вақтда анаэроб гликолиз тезлиги анча жадаллик билан камайиб борса, аэроб парчаланиш тезлиги ортиб боради. Одам 4 — 5 минут югурганидан кейин (1,5 км атрофидаги масофага энергиянинг ярмини аэроб, ярмини анаэроб процесс етказиб турадиган бўлса, 30 минутдан кейин (10 км атрофидаги масофада) деярли бутунлай аэроб процесс етказиб бериб турадиган бўлади. Ишнинг биринчи минути давомида анаэроб процесс туфайли ишнинг кейинги давридагига қараганда анча катта қувватга етишиш мумкин бўлади. Узоқ иш маҳалида аэроб процессда глюкозадан эмас, балки ёғ кислоталаридан тобора кўпроқ миқдорда фойдаланиб борилишини айтиб ўтамиз (X бобга қаралсин). Эритроцитларда митохондрийлар умуман бўлмайди ва уларнинг АТФ га эҳтиёжи бутунлай анаэроб гликолиз ҳисобига қондириб борилади. Хавфли ўсмалар ҳужайралари учун ҳам жадал гликолиз характерлидир. Юрак мускули, мия, буйрак учун бу процесс камроқ аҳамиятга эга. Тирик тўқималарда анаэроб шароитлар бўлмаслигини айтиб ўтамиз. «Анаэроб парчаланиш» терминидаги «анаэроб» деган суз бу процессда кислороддан фойдаланилмаслигини кўрсатади, холос. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling